BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday
qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi.
Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta –
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita
ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket
munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga
kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita
shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita
ishtirokchilar deyiladi.
Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida
olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa
ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir
konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish
xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va
ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi;
o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;
BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan
kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: |