TОSHKЕNT – 2015
Fanning ishchi o‘quv dasturi, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Muhаmеdоvа Sаоdаt - Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti prоfеssоri, filоlоgiya fаnlаri dоktоri.
O`lmаs Shаripоvа – “Umumiy tilshunоslik” kаfеdrаsi dоtsеnti,
filоlоgiya fаnlаri nоmzоdi.
Tаqrizchilаr:
Sаpаrniyozоvа Muyassаr - Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti dоtsеnti, filоlоgiya fаnlаri nоmzоdi.
Shayxova Karima – Toshkent Bank kolleji “Tillar” kafedrasi mudiri
Ushbu ishchi o`quv dasturi O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidan (“O`zstandart” Agentligi) ________-yilda _____ raqam bilan ro`yxatdan o`tgan 5111400 – Xorijiy tillar va adabiyoti ta’lim yo`nalishining DTS hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 20__-yil ______ dagi _____-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va _______________ raqam bilan ro`yxatga olingan Umumiy tilshunоslik o`quv fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Umumiy tilshunoslik” kafedrasining 2015- yil “__” _______ dagi __ -son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:______________Muhamedova S.X.
Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2015- yil “__” ___ dagi __ -sonli bayyonnoma).
Fakultet kengashi raisi: ______________Azimov I.M.
Kelishildi: O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i
_____________ Рiroxunova F.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2015 - yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni
Kirish
Etuk mutaxassislarni, ayniqsa, yosh avlod tarbiyachilarini tayyorlashda
til ilmi muhim ahamiyat kasb etadi, zero til o’qituvchining eng asosiy
quroli sanaladi. Ushbu dastur “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda tuzilgan bo’lib, o’quv rejada mavjud “Tilshunoslikka kirish” va “Umumiy tilshunoslik” kurslarini o’z ichiga oladi.
1.1.O`quv fanining maqsad va vazifalari
Til nazariyasi fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo’limlari, o’rganish ob’ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo’llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarni hal etishni taqozo qiladi.
Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo’lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.
1.2. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakasiga
qo`yiladigan talablar
Til nazariyasi o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-
tilning paydo bo`lishi haqidagi farazlar;
-
til sathlari va tilshunoslik bo`limlari;
-
dunyo tillari va ularning tasnifi;
-
tilshunoslik tarixi va tilshunos olimlar;
-
tilshunoslik metodlari;
-
til nazariyasi va tilshunoslik tarixi to`g’risida keng bilimni egallay olish;
-
O`zbekiston va xorijiy davlatlarda nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash;
-
o`rganilayotgan chet tilidan ona tilisi xususiyatlarini ajrata olish;
-
tilshunos olimlar ta’limotlarini tahlil qila olish;
-
turli tillarni oila va guruhlarga tasniflay olish;
-
zamonaviy tilshunoslik masalalarini tushuna olish malakasiga ega bo`lishi;
-
chet tili o`rganish amaliyotida nazariy bilimlarni qo`llash;
-
tilshunoslik bo`yicha ilmiy izlanishlarga kasbiy nuqtai nazardan qarash;
-
dunyo tilshunosligida ro`y berayotgan jarayonlarni o`zaro bog’liqlik nuqtai-nazaridan tahlil qilish;
-
tillardagi umumiy va xususiy belgilar haqidagi tushunchalarni amaliyotda qo`llash ko`nikmasiga ega bo`lishi zarur.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Til nazariyasi fani ikki qismdan iborat bo’lib, “Tilshunoslikka kirish” kursi quyi bosqichlarda, “Umumiy tilshunoslik” kursi esa barcha filologik fanlarning yakunlovchi qismi sifatida bitiruvchi bosqich talabalariga o’tiladi. Dastur bo’yicha o’tiladigan “Tilshunoslikka kirish” kursida talabalar o’z mutaxassisligi bo’yicha boshlang’ich bilim olish bilan birga kelgusida o’tiladigan nazariy va amaliy fanlar bilan bog’liq tushuncha va terminlar bilan tanishadilar. Ushbu fanni o’zlashtirish o’quv rejasidagi fonetika, grammatika, leksikologiya, stilistika va tipologiya fanlarini o’rganishga talabani bevosita tayyorlaydi.
“Umumiy tilshunoslik” kursi esa bitiruvchi talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash barobarida bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlovchi maktab vazifasini o’taydi.
Fanni o’qitishdagi zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Til nazariyasi fanini o’qitishda quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi:
-
fan bo’yicha (namunaviy) mavzular yechimi o’quv dasturidagi reja asosida Power Point programmasiga o’tkaziladi;
-
har bir talaba mavzuning elektron HTML variantini qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi;
-
ma’ruza matnlari, asosiy va qo’shimcha adabiyotlarning elektron variantlaridan mustaqil foydalanish imkoniyati yaratiladi;
-
dasturdagi mavzular zamonaviy texnologiya asosida “SLIDE” ko’rinishida jihozlanadi;
-
informatsiyani avtomatik tarzda tahlil qilish, o’zgartirish va to’ldirish metodi joriy qilinadi;
-
ta’lim jarayoni oldindan loyihalanadi va auditoriyada talabalar bilan qayta ishlab chiqiladi;
-
tizimli yondashuv asosida talabalarning o’qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta’lim jarayonining loyihasi tuzib chiqiladi;
-
ta’lim maqsadi real, aniq diagnostik bo’lishiga erishiladi va talabaning bilim, o’zlashtirish sifati ob’ektiv baholanadi;
-
ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o’zaro bog’liq va o’zaro munosabatda bo’lishiga erishiladi;
-
til nazariyasi fanining barcha qismlari, tushunchalar apparati bazaviy tamoyillarini o’qitishda ta’lim shakllarini optimallashtirishga erishiladi;
-
ta’lim jarayonida texnik vositalar (kompyuter, internet) va inson salohiyatining o’zaro ta’siri hisobga olinadi.
Fanning ta’limdagi o`rni
Til nazariyasi fani bo`lajak chet tili va adabiyoti o`qituvchilarini tilshunoslikning umumiy nazariy asoslari bilan tanishtiradi, talabalarga tilshunoslikning bo`limlari bo`yicha keyingi bosqichlarda o`rganiladigan ixtisoslik fanlari bo`yicha dastlabki ma’lumotlarni beradi. Bo`lajak chet tili va adabiyoti o`qituvchilarini tayyorlashda bu fanning ahamiyati katta.
1.4. Fanning hajmi
№
|
Mаshg‘ulоt turi
|
Аjrаtilgаn sоаt
|
Sеmеstr
|
1
|
7
|
1
|
Nаzаriy (ma’ruza)
|
38
|
38
|
|
2
|
Аmаliy mаshg‘ulоtlаr
|
-
|
|
-
|
3
|
Lаbоrаtоriya mаshg‘ulоti
|
-
|
-
|
-
|
4
|
Sеminаr
|
38
|
|
|
5
|
Kurs ishi
|
-
|
-
|
-
|
6
|
Mustаqil ta’lim
|
52
|
32
|
|
7
|
Jаmi
|
128
|
128
|
|
II. Asosiy qism
2.1. Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan
soatlar
|
Mavzular mazmuni
|
Mashg‘ulotlar maqsadi
|
Ajr. soat
|
1.
|
Tilshunoslikning fan sistemasida tutgan o`rni
|
Tilshunoslik fan sifatida. Nazariy tilshunoslik. Amaliy tilshunoslik. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
|
2
|
2.
|
Til – asosiy aloqa vositasi
|
Verbal va noverbal muloqot. Til tabiati. Til mohiyati. Til vazifasi. Til va nutq.
|
2
|
3.
|
Til va tafakkur
|
Til va tafakkur munosabati. Til va tafakkur lingvistik muammo sifatida. Til tafakkur quroli va vositasi. Psixolingvistika.
|
2
|
4.
|
Til va jamiyat
|
Til va ijtimoiy tafakkur. Til va madaniyat. V. fon Gumbolьdt va lingvomadaniyatshunoslik. Sepir-Uorfning lingvistik nisbiylik nazariyasi. Tilning ijtimoiy tabaqalanishi. Sotsiolingvistika. Bilingvizm va diglossiya.
|
2
|
5.
|
Tilning kelib chiqishi
|
Tilning kelib chiqishi haqidagi farazlar. Kishilik jamiyati va til haqidagi nazariyalar.
|
2
|
6.
|
Fonetika
|
Nutq tovushlari tilning tabiiy materiali sifatida. Nutq tovushlarining akustikasi va artikulyatsiyasi. Nutq tovushlarining tasnifi. Vokalizm va konsonantizm.Unli tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik bo’linishi: jumla (fraza), takt, bug’in, tovush. Enklitika va enkliza hodisasi. Proklitika va prokliza hodisasi. Bo’g’in va uning turlari. Intonatsiyaning vazifasi. Urg’u va uning turlari. Nutq tovushlarining o’zgarishi. Reduktsiya. Nutq tovushlarining pozitsion va kombinator o’zgarishlari. Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi.
|
2
|
7.
|
Leksikologiya
|
So`z leksikologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida. So`z va leksema. Leksik ma’no va uning turlari. Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. So`zlarning ma’no munosabatiga ko`ra turlari. Ko`p ma’nolilik. Metafora. Metonimiya. Sinekdoxa. Omonimiya. Sinonimlar. Antonimlar. Tabu va evfemizmlar. Etimologiya va “xalq” etimologiyasi. So`z yasash. Terminologiya. Idiomalar. Frazeologiya. Tilning lug’at tarkibi..
|
2
|
8.
|
Grammatika
|
Grammatika. Morfologiya. Morfema va uning turlari. Tilning grammatik usullari. Affiksatsiya. Agglyutinatsiya va fuziya. So`zning morfologik va etimologik tarkibi. Tovush almashishlari va ichki fleksiya. Takror (reduplikatsiya). So`z qo`shilishi. Gapda so`z tartibi. Urg’u ko`chirish. Yordamchi so`zlar. Ohang. Suppletivizm. Tillarning sintetik va analitik qurilishi. Grammatik kategoriyalar. So`z turkumlari. Sintaksis. Tilning sintaktik birliklari. Sodda gap tarkibida sintagmalar. Gap. Gap turlari. Gap bo`laklari. So`z birikmalari va ularning bog’lanish usullari. Gapning aktual bo`linishi.
|
2
|
9.
|
Yozuv
|
Yozuv haqida umumiy tushuncha. Yozuvning rivojlanish bosqichlari. Alfavit. Grafika. Orfografiya. Yozuvning maxsus turlari.
|
2
|
10.
|
Tillarning o’zaro hamkorligi va rivojlanish qonuniyatlari
|
Lisoniy tabaqalanish va qarindosh tillarning tashkil topishi. Elatlar tili. Milliy tillarning rivojlanishi. Tilning ichki va tashqi qonuniyatlari.
|
2
|
11.
|
Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan munosabati
|
Til va jamiyat til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari haqida tushuncha.
|
2
|
12.
|
Til va nutq
|
Til va nutqni farqlash,uning nazariy asoslari bilan tanishtirish.Til va nutqning ham ijtimoiy,ham individual xarakteri.Nutq faoliyati.
|
2
|
13.
|
Til – belgilar sistemasi
|
Belgi va belgilar sistemasi tushunchasi. Semiotika. Tilda “sistema” va “struktura” tushunchalari. Belgilar sistemasining turlari.
|
2
|
14.
|
Til sathlari va uning birliklari
|
Til sathlari. Fonologik sath. Morfemik sath. So’z yasalishi. Leksik sath. Morfologik sath. Sintaktik sath. Gap.
|
2
|
15.
|
Lingvistik tadqiqot metodlari
|
Tasviriy metod. Qiyosiy-tarixiy metod. Chog’ishtirish metodi. Distributiv tahlil metodi. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi. Transformatsion tahlil metodi. Oppozitsiya metodi. Komponent tahlil metodi. Stilistik tahlil metodi. Statistik metod. Avtomatik tahlil metodi. Tipologik tahlil metodi.
|
2
|
16.
|
Tilshunoslik tarixi
|
Qadimgi Hind tilshunosligi. Qadimgi Gretsiya va Rim tilshunosligi. Platon. Arastu grammatikasi. Stoiklar ta’limoti (eramizdan oldingi III-I asrlar). Falsafiy va grammatik davrlar. Qadimgi Rim tilshunosligi. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligi (476-1492). Arab tilshunosligi. Yevropada uyg’onish davri tilshunosligi (XV-XVIII asrlar). Umumiy ratsional grammatika (Por-Royal). Slavyan mamlakatlarida tilshunoslik. XIX asr rus tilshunosligi F.I. Buslaev, A.A. Potebnya.
|
2
|
17.
|
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Strukturalizm.
|
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik. Komparativistika davrlari. V. fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy kontseptsiyasi. Til antinomiyalari. Til faoliyat sifatida. Til – xalq ruhi. Tillarning rivojlanish bosqichlari. “Yosh grammatikachilar” maktabi. Leypsig to’garagi. Moskva maktabi. Qozon maktabi. F. de Sossyur lingvistik nazariyasi. Strukturalizm. Praga lingvistik maktabi. Daniya strukturalizmi (glossematika). Amerika struktaralizmi (deskriptiv lingvistika). Sho’ro davri tilshunosligi. Hozirgi zamon tilshunosligi. XX asr tilshunosligining yetakchi yo’nalishlari.
|
2
|
18.
|
Tillar tasnifi
|
Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi. Lingvistik tipologiya.
Tillarning genealogik tasnifi. Dunyo tillari. Tillar tasnifi. Tillarning genealogik tasnifi. Tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod. Tillarning tipologik (morfologik) tasnifi. Areal tasnif. Tillarning hududiy bo’linishi. Bilingvizm. Interferentsiya hodisasi. Funktsional tasnif. Xalqaro tillar.
|
4
|
|
Jami
|
|
38 s.
|
Dostları ilə paylaş: |