Umumiy tilshunoslik



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə7/21
tarix22.11.2018
ölçüsü3,14 Mb.
#84692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21

BBB jadvali” bilan o’tilgan mavzuni takrorlash



Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim












7-mavzu

Leksikologiya.

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Mashg’ulot vaqti - 6 soat

Talabalar soni – 60-70ta

Mashg’ulot shakli

Axborotli, vizual ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1.Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Leksikologiyaning turlari . Leksikologiyaning bo’limlari.

2. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida.

3. So’z va leksema. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat). Leksik ma’no turlari. So’zning semantik strukturasi.

4. Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari. So’z ma’nosining kengayishi va torayishi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsiyadoshlik, tobelilik 5. So’zlar o’rtasidagi shakliy munosabatlar: Paronimiya. Omonimiya.

6. So’zlar o’rtasidagi semantik munosabatlar: Sinonimiya. Antonimiya. Giponimiya. Gradunomiya. Partonimiya.


Ushbu mavzuni o’rganishda zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati

1. Begmatov E., Ne’matov H., Rasulov R. Leksik makrosistema va uning tadqiq metodikasi (Sistem leksikologiya tezislari) // O’zbek tili va adabiyoti. –1989, №6.-B.35-40.

2. Orifjonova SH. O’zbek tilida lug’aviy graduonimiya: Filol.fan.nomz....dis.avtoref. –Toshkent, 1996.

3. Bozorov O. O’zbek tilida darajalanish: Filol. fan. dok-ri...dis. –Toshkent, 1997.

4. Qilichev B. O’zbek tilida partonimiya. Filol.fan.nomz...dis. –Toshkent, 1997.

5. Safarova R. Leksik-semantik munosabat turlari. –Toshkent: O’qituvchi, 1996.



6. Sobirov A. O’zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. -Toshkent: Ma’naviyat, 2004.

7. Mirtojiev M. Hozirgi o’zbek adabiy tili.-Toshkent, 2004.

8. Yo’ldoshev I. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi. – Toshkent: Fan, 2005.

9. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.

10. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.



Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Leksikologiya turlari. Leksikologiyaning bo’limlari. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida.

So’z va leksema. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat). Leksik ma’no turlari. So’zning semantik strukturasi.

Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari. So’z ma’nosining kengayishi va torayishi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsiyadoshlik, tobelilik So’zlar o’rtasidagi shakliy munosabatlar: Paronimiya. Omonimiya. So’zlar o’rtasidagi semantik munosabatlar: Sinonimiya. Antonimiya. Giponimiya. Gradunomiya. Partonimiya haqida bilimlar berish.

Ma’ruza mashg’ulotining tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash va b.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish.






Pedagogik vazifalar:

- mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha berish;



- Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Leksikologiya turlari. Leksikologiyaning bo’limlari. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida.

So’z va leksema. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat). Leksik ma’no turlari. So’zning semantik strukturasi.



Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari. So’z ma’nosining kengayishi va torayishi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsiyadoshlik, tobelilik So’zlar o’rtasidagi shakliy munosabatlar: Paronimiya. Omonimiya. So’zlar o’rtasidagi semantik munosabatlar: Sinonimiya. Antonimiya. Giponimiya. Gradunomiya. Partonimiya bilan talabalarni tanishtirish.


O’quv faoliyati natijalari:

-mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha beradi;

- Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Leksikologiya turlari. Leksikologiyaning bo’limlari. Til va nutq birliklari haqida dastlabki ma’lumotlar. So’z - til birligi, so’z forma - nutq birligi sifatida.

So’z va leksema. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat). Leksik ma’no turlari. So’zning semantik strukturasi.



Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari. So’z ma’nosining kengayishi va torayishi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsiyadoshlik, tobelilik So’zlar o’rtasidagi shakliy munosabatlar: Paronimiya. Omonimiya. So’zlar o’rtasidagi semantik munosabatlar: Sinonimiya. Antonimiya. Giponimiya. Gradunomiya. Partonimiya bilan talabalarni tanishtiradi.


Ta’lim berish usullari

Ko’rgazmali ma’ruza, aqliy hujum, BBB jadvali

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

Ta’lim berish vositalari

O’quv qo’llanma, kompyuter, proektor

Ta’lim berish sharoiti

O’TV ga moslashtirilgan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob

1.2. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

1. Ma’ruza bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.

2. Ma’ruza uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.






1-bosqich. Mavzuga kirish

(15 daqiqa)

1.1. Mavzuni aytadi. Uning maqsad-vazifalari haqida qisqacha ma’lumot beradi.

1.2. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

1.3. Talabalarni faollashtirish uchun savollar beradi (2-ilova)


Tinglaydilar

Tinglaydilar

Savollarga javob beradilar


2-bosqich. Asosiy bosqich (55 daqiqa)

2.1. Mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlarni namoyish qiladi (3-ilova).

2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollarni beradi:

1.So’z va leksema o’rtasidagi farqlar nimalarda ko’rinadi?

2. Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat) nima?

3. Leksik ma’no turlari. Sema nima? Semema nima? Nomema nima?

4. So’zning semantik strukturasi qaysi semalardan iborat?

5. Leksik ma’noning taraqqiyot yo’llari. So’z ma’nosining kengayishi va torayishi.

6. Ko’chma ma’no hosil bo’lish yo’llari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, funktsiyadoshlik, tobelilikni izohlang.

7. So’zlar o’rtasidagi shakliy munosabatlar: Paronimiya. Omonimiya.

8. So’zlar o’rtasidagi semantik munosabatlar: Sinonimiya. Antonimiya. Giponimiya. Gradunomiya. Partonimiya.




Slaydlarni ko’rib, tinglab, yozib boradilar

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar




3-bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)

3.1. Talabalarning mavzu bo’yicha yuzaga kelgan savollariga javob beradi.

3.2. BBB jadvali bilan ishlaydi (4-ilova)

3.2. Uyga vazifa beradi, darsni yakunlaydi.


Savollar beradilar.

Jadvalni to’ldiradi

Vazifani yozib oladilar.


1-ilova

Har bir ma’ruza va seminar mashg’uloti uchun 0,5 balldan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi:

2 ball – “a’lo”

1,5 ball – “yaxshi”

1 ball – “qoniqarli”

0,5 ball – “qoniqarsiz”

2-ilova

Aqliy hujum” usulini qo‘ llash quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:





Aqliy hujum metodi asosida talabalarni faollashtirish



3-ilova









1. Semasiologiya til birliklarini ma’no jihatdan o'rganadi. unda so'zning shakl va ma’nosi izohlanadi.

2. Leksikografiya til tarkibida so'zlarni ma’lum tartib va maqsad asosida yozma ravishda to'plab, lug'at tuzish masalalarini o'rganadi.

3. Onomasiologiya narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o'rganadi.

4. Etimologiya so'zlarning kelib chiqish masalalarini ham shakl, ham ma’no jihatidan o'rganadi.

5. Frazeologiya tilning turg'un birikmalarini o‘rganadi.

6. Onomastika atoqli otlarni o'rganadigan fan.

7. Etnonimika millatlarning nomlarini o'rganadi.



8. Terminologiya terminlarni o'rganadi.

SO'Z

  • 1. So'z – bu gapning eng kichik bo'lagi (L.V.Shcherba, Blumfild).

  • 2. So'z – bu eng kichik sintaktik birlik (Boduen de Kurtene, A.Meye, Ye.Sepir).

  • 3. So'z – bu tilning eng kichik ma’no birligi (A.Reformatskiy, L.Elmslev).

  • 4. So'z – bu fonetik, grammatik va semantik belglar jamlangan til birligi (V.V.Vinogradov, K.Byuller, A.Meye).

  • 5. So'z –bu ob’ektiv borliqning ifodasi (E.M.Galkina-Fedoruk, V.V.Vinogradov, V.Doroshevskiy).

  • 6. So'z - bu nutqning mustaqil va maqsadli elementi (F.Fortunatov, J.Vandries, V.V.Vinogradov)

LEKSEMA

  • Leksema – shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi- xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, jamiyat a’zolari uchun umumiy, tayyor, majburiy bo'lib, mustaqil anglanish va qo'llanish tabiatiga ega bo'lgan lisoniy birlikdir”.

  • Ko'rinadiki, leksemaning eng asosiy xususiyati uning lug'aviy birlik ekanligida, ya’ni lug'aviy ma’no anglatish qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo'ladi.

SO'Z VA LEKSEMA

  • So'z va leksema o'rtasida ayrim farqlar mavjud:

  • 1. Leksema – lisoniy birlik, ya’ni til qurilishi birligi bo'lib, u – umumiy. So'z - ham til birligi, ham nutq birligi bo'lib, u xususiydir, ya’ni so'z xususiylik sifatida umumiylikning – leksemaning nutqdagi, amaldagi ko'rinishi, harakati, muayyan vazifa bajarishidir.

  • 2. Leksema terminini faqat leksik ma’noga ega bo'lgan birliklarga nisbatan ishlatish mumkin. Ya’ni ot - leksema, sifat-leksema, fe’l -leksema, son-leksema tarzida qo'llash mumkin, ammo yordamchi so'z turkumlariga kiruvchilarga nisbatan bog'lovchi-leksema, ko'makchi - leksema tarzida qo'llash mumkin emas, chunki ularda leksik ma’no yo'q.

  • So'z terminini esa leksik ma’noga ega bo'lgan ham leksik ma’noga ega bo'lmagan, ya’ni faqat grammatik ma’noga ega bo'lgan birliklarga nisbatan qo'llash mumkin. Ya’ni ot, sifat, fe’l, ravishlar ham so'z, ham leksema. Bog'lovchi, ko'makchi, yuklama, modal so'z, undov so'zlar – so'z, ammo leksema emas.

  • So'z bilan leksemaning yana bir farqini quyidagi oddiy misolda ham ko'rish mumkin: “Inson - insonga do'st” birikuvida uchta so'z, ammo ikkita leksema bor (inson, do'st).

DENOTAT

  • Leksemalar o'z ma’nosi bilan ob’ektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi kabilarning konkret (aynan) o'zini emas, balki u haqidagi tushunchani ifodalaydi.

  • Leksema - so'z orqali nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum denotat deb ataladi. Denotat lotincha denotate - “belgilamoq” so'zidan olingan. Tilshunoslikda referent termini denotatga sinonim holda ishlatiladi.



SIGNIFIKAT

  • Tushuncha (signifikat) esa ob’ektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi ongida umumlashgan tarzidagi in’kiosidir.

  • Tushuncha mantiqiy kategoriya bo'lib, u tafakkurga xos; leksik ma’no va uni ifodalovchi leksema esa tilga oid, til strukturasiga tegishlidir. So'z ma’noni bildiradi, ammo har bir so'z tushuncha anglatishi shart emas (masalan, yordamchi so'zlarda tushuncha bo'lmaydi). Demak, tushunchani faqat nomlovchi so'zlar, asosan, leksemalar anglatadi.



SEMEMA (LEKSIK MA’NO)NING SEMANTIK TARKIBI

Sh.Rahmatullaev o'z darsligida leksik ma’noning semalari sifatida quyidagilarni ko'rsatadi:



1. Ideografik sema. 2. Baho semasi. 3. Turkumlik semasi .

4-ilova


B/B/B JАDVАLI - Bilаmаn/ Bilishni хоhlаymаn/ Bilib оldim. Mаvzu, mаtn, bo ‘lim bo ‘yichа izlаnuvchаnlikni оlib bоrish imkоnini bеrаdi.

Tizimli fikrlаsh, tuzilmаgа kеltirish, tаhlil qilish ko ‘nikmаlаrini rivоjlаntirаdi.

O ‘quvchilаr:


  1. Jаdvаlni tuzish qоidаsi bilаn tаnishаdilаr. Аlоhidа, kichik guruhlаrdа jаdvаlni rаsmiylаshtirаdilаr.

  2. “Mаvzu bo ‘yichа nimаlаrni bilаsiz” vа “Nimаni bilishni хоhlаysiz” dеgаn sаvоllаrgа jаvоb bеrаdilаr. Jаdvаlning 1 vа 2 bo ‘limlаrini to ‘ldirаdilаr.

  3. O ‘qituvchi bаyonini tinglаydilаr, mustаqil o ‘qiydilаr.

  4. Mustаqil, kichik guruhlаrdа jаdvаlning 3 bo ‘limni to ‘ldirаdilаr






Leksikologiya bo’yicha

Bilaman

Bilishni xohlayman


Bilib oldim













8-mavzu

Grammatika. Morfologiya. Sintaksis.


1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Mashg’ulot vaqti - 6 soat

Talabalar soni – 60-70ta

Mashg’ulot shakli

Axborotli, vizual ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1. Grammatik kategoriyalar. Morfologiya. Morf va morfema.

2. So’z turkumlari. So’zlarni turkumlarga ajratish printsiplari. So’z turkumlarining tasnifi: mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida guruhni tashkil etadigan so’z turkumlari.

3. So’z moddiy tarkibining o’zgarishi.

4. Sintaksis. So’z birikmasi.

Sintaktik munosabat turlari: predikativ va nopredikativ bog’lanish. So’z birikmasining qo’shma so’z va gapdan farqi. So’z birikmasining turlari: otli birikma, fe’lli birikma, sifatli birikma, ravishli birikma.

5. Sintagma.

6. Gap. Gapning aktual bo’linishi.

7. Kirish va kiritma konstruktsiyalar.




Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Grammatik kategoriyalar. Morfologiya. Morf va morfema. So’z turkumlari. So’zlarni turkumlarga ajratish printsiplari. So’z turkumlarining tasnifi: mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida guruhni tashkil etadigan so’z turkumlari.

So’z moddiy tarkibining o’zgarishi.

Sintaksis. Sintaktik munosabat turlari: predikativ va nopredikativ bog’lanish. So’z birikmasi. So’z birikmasining qo’shma so’z va gapdan farqi. So’z birikmasining turlari: otli birikma, fe’lli birikma, sifatli birikma, ravishli birikma. Sintagma. Gap. Gapning aktual bo’linishi. Kirish va kiritma konstruktsiyalar haqida ma’lumot berish.

Ma’ruza mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: dars tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, xushmuomalalik, o’zgalar fikriga hurmat, faollik, liderlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o’zini xolis baholash.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning ijodiy tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, tilshunoslikning nazariy masalalariga, tilshunoslikka qiziqish uyg’otish.






Mavzuni o’zlashtirish uchun zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbek tili grammatikasi. Sintaksis. –Toshkent: Fan, 1975.

2. Yo’ldoshev I., SHaripova O’. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent: Iqtisod-moliya, 2007.

3. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent, 2008.





Pedagogik vazifalar:

-mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha berish;

- grammatik kategoriyalar. Morfologiya. Morf va morfema. So’z turkumlari. So’zlarni turkumlarga ajratish printsiplari. So’z turkumlarining tasnifi: mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida guruhni tashkil etadigan so’z turkumlari.

So’z moddiy tarkibining o’zgarishi.

Sintaksis. Sintaktik munosabat turlari: predikativ va nopredikativ bog’lanish. So’z birikmasi. So’z birikmasining qo’shma so’z va gapdan farqi. So’z birikmasining turlari: otli birikma, fe’lli birikma, sifatli birikma, ravishli birikma. Sintagma. Gap. Gapning aktual bo’linishi. Kirish va kiritma konstruktsiyalar haqidagi bilimlar bilan talabalarni tanishtirish.



O’quv faoliyati natijalari:

-mavzu bo’yicha slaydlar asosida tushuncha beradi;

- grammatik kategoriyalar. Morfologiya. Morf va morfema. So’z turkumlari. So’zlarni turkumlarga ajratish printsiplari. So’z turkumlarining tasnifi: mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida guruhni tashkil etadigan so’z turkumlari.

So’z moddiy tarkibining o’zgarishi.

Sintaksis. Sintaktik munosabat turlari: predikativ va nopredikativ bog’lanish. So’z birikmasi. So’z birikmasining qo’shma so’z va gapdan farqi. So’z birikmasining turlari: otli birikma, fe’lli birikma, sifatli birikma, ravishli birikma. Sintagma. Gap. Gapning aktual bo’linishi. Kirish va kiritma konstruktsiyalar bilan talabalarni tanishtiradi.


Ta’lim berish usullari

Ko’rgazmali ma’lumotli ma’ruza, test, Tushunchalar tahlili jadvali

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, jamoaviy, guruhda ishlash

Ta’lim berish vositalari

O’quv qo’llanma, kompyuter, proektor

Ta’lim berish sharoiti

O’TV ga moslashtirilgan auditoriya

Monitoring va baholash

Og’zaki savol-javob, test

1.2. “Grammatika. Morfologiya. Sintaksis” mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorgarlik bosqichi

1. Ma’ruza bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.

2.Kirish ma’ruzasi uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.






1-bosqich. Mavzuga kirish

(15 daqiqa)

1.1. Mavzuni aytib, uning maqsad-vazifalari haqida qisqacha ma’lumot beradi.

1.2. Talabalarga bugungi dars muloqot tarzida kechishini bildiradi.

1.3. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi.(1-ilova)

1.4. Talabalar motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida ularga test beradi. (2-ilova).



Tinglaydilar

Tinglaydilar

Talabalar berilgan testni yechadilar


2-bosqich. Asosiy bosqich (55 daqiqa)

2.1. Mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlarni namoyish qiladi (3-ilova)

2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga quyidagi savollarni beradi:

1. Grammatik kategoriyalarga izoh bering.

2. Morfologiya nimani o’rganadi?

3. Morf va morfemaga izoh bering.

4. So’zlarni turkumlarga ajratish printsiplari necha xil bo’ladi?

5. So’z moddiy tarkibining o’zgarishiga izoh bering.

6. So’z birikmasini izohlang.

7. Sintaktik munosabat turlari: predikativ va nopredikativ bog’lanish nima, ularga misollar keltiring.

8. So’z birikmasining qo’shma so’z va gapdan farqini izohlab bering.

9. So’z birikmasining turlarini ko’rsating, misollar keltiring.

10. Sintagma nima?

11. Gap. Gapning aktual bo’linishi.

12. Kirish va kiritma konstruktsiyalar.




Slaydlarni ko’rib, tinglab, yozib boradilar

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar




3-bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa)

3.1. Talabalarning mavzu bo’yicha yuzaga kelgan savollariga javob beradi.

3.2. “Tushunchalar tahlili” jadvali bilan ishlaydi (4-ilova)

3.2. Uyga vazifa beradi, darsni yakunlaydi. Mavzu bo’yicha nazorat savollarini tuzishni topshiradi.


Savollar beradilar.

Jadvalni to’ldiradilar

Vazifani yozib oladilar.


Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin