MAYMUN VA TOSHBAQA BOBI
Roja brahmanga dedi:
– Dushmanning hiylasidan va raqibining fit-
na-fasodidan ehtiyot bo‘lishlik haqidagi hikoyani
eshitdim. Endi iltimos qilardim, mumkin bo‘lsa,
shunday bir hikoya so‘zlab bersangki, unda birov
bir narsani qo‘lga kiritmoq uchun harakat qil-
sa-yu, lekin maqsadga yetgandan ke yin beg‘amlik
qilib uni qo‘ldan berib qo‘ygan bo‘lsa.
Brahman dedi:
– Bir narsani qo‘lga kiritmoq uni saqlamoqdan
osondir, chunki qimmatli, nafis va nodir narsalar
ba’zan baxtli tasodif tufayli hech bir mehnatsiz
qo‘lga kirib qoladi, lekin miyani ishlatmasang, uni
saqlamoq juda qiyindir. Masalan, bir toshbaqa
mehnat sarf qilmasdan mehribon va fidokor bir
maymunga oshna bo‘lib qoldi-yu, lekin aqlsizligi
va nodonligi tufayli undan ayrilib, pushaymon
bo‘ldi.
Roja so‘radi:
– Qanday qilib?
Hikoyat
Brahman dedi:
– Bir orolda maymunlar ko‘p edi. Ularning Kor-
don nomli bir podshohlari bor bo‘lib, siyosat va
rayosat bobida tengi yo‘q, odil va aqli komil edi.
Umrning bahori o‘tib, qarilik uni iskanjasiga ola
boshladi. Ko‘zining nuri, belining quvvati ketib,
unga zaiflik yuzlandi... Bu zamon uning qarin-
doshlari ichida baxt yulduzi yonib, peshanasida
233
saodat nuri porlagan, sarkardalik va shohlik
mansabiga loyiq bo‘lgan bir yosh maymun taxtiga
da’vogar bo‘ldi. Qarib, kuch-quvvatdan qolgan
shohni taxtdan tushirib, mamlakatning jilovini
unga berdilar.
Bechora qari maymun qayg‘u-hasratga to‘lib-
toshib yo‘lga ravona bo‘ldi, yura-yura bir dengiz
qirg‘og‘idagi qalin o‘rmonga keldi. U yerda bir
anjir daraxtini topib oldi-yu, uning mevalarini
yeb, kun kechira boshladi. Bir kuni maymun
anjir daraxtining ustida o‘tirib, uning mevalarini
maza qilib yeyayotganida, bir anjir suvga tushib
ketdi. Anjirning shopillab suvga tushgan ovozi
maymunga juda yoqib tushdi. Maymun dam-ba-
dam suvga anjir tashlar va bundan katta zavq olar
edi. O‘sha suvda bir toshbaqa yashar edi, suvga
tushgan anjirlarni ishtaha bilan yer va: «Maymun
bularni atayin men uchun tashlamoqda, tanish
bo‘lmagani holda menga shuncha mehribonlik
ko‘rsatmoqda, do‘stlashsam menga nimalar qili-
shi mumkin», – deb o‘ylar edi. Maymunning yax-
shiligini qaytarish orzusida toshbaqa qirg‘oqqa
chiqib, u bilan salomlashdi. Ular suhbatlashib
o‘tirib, bir-birlariga mehribon do‘st bo‘lib qoldi-
lar, go‘yo ikki tanda bir jon va bir ko‘krakda ikki
yurak kabi...
Maymun o‘z mamlakati va davlati qo‘ldan ket-
ganligini so‘zlab berdi. Toshbaqa uning gapiga
mahliyo bo‘lib, o‘z uyi va oilasiga qaytishni unutib
qo‘ydi. Toshbaqaning xotini uning uzoq muddat
yo‘q bo‘lib ketganidan xavotirlanib, nima qilishini
bilmay qo‘shnisiga hasrat qildi.
234
Qo‘shnisi dedi:
– Xafa bo‘lma, uning qayerda ekanligini senga
aytib berishim mumkin.
Toshbaqaning xotini dedi:
– Egachi, tezroq ayting, u qayerda?
Qo‘shnisi dedi:
– Men eshitdimki, ering bir maymun bilan
do‘stlashib, unga maftun bo‘libdi, uning vaslini
sening hijroningdan ustun tutib, sening firoqing
olovini uning visoli suvi bilan o‘chirib yuribdi.
Endi g‘am chekishning foydasi yo‘q. Bir tadbir
ko‘rish kerakki, ering uyga qaytsin.
Ular ikkalasi bir bo‘lib maslahatlasha boshladi-
lar. Oxirida maymunni o‘ldirishdan boshqa chora
yo‘q, degan qarorga keldilar. Toshbaqaning xoti-
ni o‘zini kasalga solib, qo‘shnisidan eriga xabar
yubordi. Toshbaqa xotinining kasal bo‘lganini
eshitgach, maymundan uyiga borib kelish uchun
ijozat so‘radi va yo‘lga tushdi.
Uyiga kelib qarasa, xotini ko‘rpa-yostiq qilib
yotibdi. Uning atrofida parvona bo‘lib hol-ahvol
so‘radi, lekin xotini bir so‘z aytmadi.
Toshbaqa xotinining xastaligi va nima uchun
gapirmasligi sababini qo‘shnisidan so‘radi.
Qo‘shnisi javob berdi:
– Bemorning dardi og‘ir bo‘lib, sog‘ayishdan
umidi uzilgan bo‘lsa, qanday qilib gapira olsin.
Toshbaqa dedi:
– Uning dardining davosi nima ekan? Agar bu
yerlarda bo‘lmasa, boshqa joylardan axtaray,
do‘stlardan iltimos qilay, dushmanlarga yolvoray.
Qo‘shnisi dedi:
235
– Bu biz xotinlarga xos kasallikdirki, uni may-
munning yuragidan boshqa hech narsa bilan
muolaja etib bo‘lmaydi.
Toshbaqa dedi:
– Maymun yuragini qayerdan topsam bo‘larkin?
U g‘amga botdi. O‘ylab-o‘ylab hech bir chora
topa olmagach, do‘sti maymun yodiga tushib,
o‘z-o‘ziga dedi: «Agar oramizda bo‘lgan do‘stlik
va sadoqatga qaramay unga xiyonat qilsam, bu
nomardlik va insofsizlik bo‘ladi; agar ahdga vafo
qilaman desam, uyimning tayanchi, hayotimning
bezagi, farzandlarimning panohi bo‘lgan xotinim-
dan ajralib qolaman».
Anchagina vaqt bu haqda o‘ylab iztirob chek-
di, shubha va taraddud ichida qolib, nihoyat,
xotinining ishqi g‘alaba qildi. Shunday qilib, u
vafodorlikdan voz kechish qaroriga keldi... Lekin
yaxshi bilardiki, maymun ni bu yerga keltirma-
guncha maqsadiga erisha olmaydi. Shular haqida
o‘ylab-o‘ylab maymunning huzuriga bordi. Ayriliq
vaqtlarida muhabbati yanada kuchayib ketgan
maymun toshbaqani zo‘r quvonch bilan kutib oldi
va uning kasal xotinining ahvoli, bolalari ning,
qavm-qarindoshlarining sog‘liq-salomatliklari
haqida so‘rab-surishtirdi.
Toshbaqa dedi:
– Sening firoqing o‘ti shunday yondirdiki,
ularni ko‘rishdan biron ham lazzat ololmadim.
Yolg‘izliging esimga tushganda tinchligim buzilib,
dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘lib ko‘rinardi. Mana
endi yoningga keldim. Marhamat qilib, mening
uyimga borsang, farzandlarimni ko‘rib, xotinimni
236
sevintirsang, qavm-qarindoshlarim, do‘st-osh-
nolarim oldida boshim osmonga yetardi. Ular
tayyorlab qo‘ygan ovqatlarini oldingga qo‘yib, o‘z
mehmondo‘stlik burchlarini bajaradilar. Shu bi-
lan yaxshiliklaringni biroz bo‘lsa ham, qaytargan
bo‘lar edim.
Maymun dedi:
– Qo‘y, bu haqda o‘ylab, ko‘p aziyat chekma.
Sen do‘stlik va ahd-vafoda meni o‘zingdan ustun
qo‘yma, chunki oramizdagi do‘stlik ipini boshlab
sen mustah kamlading. Endi men o‘z ko‘nglimning
xoqoni man. Baxt-saodat ichida yashamoqda-
man. Agar bu ozodlik va rohat shamoli mening
dimog‘imga avval yetganida edi, bunday tinch,
baxtli yashashning shunday shirin ekanligini av-
valroq bilsaydim, foydasi oz, g‘ami ko‘p hukmdor-
likdan allaqachon voz kechgan bo‘lardim. Lekin
shu bilan birga men vatandan, qavm-qarindosh,
do‘st-oshnolarimdan uzoqqa tushgan bir bechora
maxluqman. Men shunday ayriliq azobida mahv
bo‘lib ketayotga nimda sen menga do‘stlik qo‘lini
uzatding. Saxovat ahli nazarida do‘stlik g‘oyat
bebaho narsadir. Haqiqiy do‘stlik beg‘araz bo‘lur.
Ot va eshak birga xashak yesalar ham, oralarida
do‘stlik paydo bo‘lmaydi. Ammo haqiqiy do‘stlar-
ning biri mashriqda, boshqasi mag‘ribda bo‘lsa
ham, baribir, bir-birlarini eslab va shundan tasalli
topib yashayveradilar...
Dengiz safariga chiqqan odam o‘ziga hamroh
axtaradi, lekin do‘stlari bunday safarga borishga
rozi bo‘lmasalar, buni dushmanlik deb hisobla-
maslik kerak. Sen menga oilangni borib ko‘rishni
237
taklif qilyapsan, mayli, qabul qilay, lekin mening
daryodan o‘ta olmasligimni bilasanmi?
Toshbaqa dedi:
– Xotiring jam bo‘lsin, seni o‘z orqamda ko‘ta-
rib, manzilimga olib boraman. U yerda rohat va
farog‘atda yashaysan.
Xullas, toshbaqa turgan joyini shu qadar maq-
tadiki, nihoyat, maymun borishga rozilik berdi va
o‘z muqad darotini unga topshirdi. Toshbaqa uni
o‘z orqasiga mindirib, uyi tomon ravona bo‘ldi. Su-
vning o‘rtasiga yetganda o‘ylab qoldi va o‘z-o‘ziga
dedi: «Olimlar vafosizlik va xiyonat, ayniqsa, e’ti-
borsiz xotinlar uchun qilingan xiyonat eng katta
gunohdir, deydilar. Ulug‘larning yana shunday
gapi bor: «Oltinning sofligini o‘tda, hayvonning
kuchini og‘ir yuk ortilganda, insonning to‘g‘rili-
gini omonatga xiyonat etmasligida bilsa bo‘ladi».
Har holda donolar xotinlarning makr-hiylalariga
aldanmaslikni maslahat ko‘radi».
U shunday bir-biriga zid muhokamalar yuritib,
suv ning o‘rtasida to‘xtab qoldi... Uning taraddudga
tush ganligini va qandaydir jiddiy bir narsa haqida
o‘yla yotganini sezgan maymun shubhalanib tosh-
baqadan so‘radi:
– Nima bo‘ldi, nima uchun fikr daryosiga
g‘arq bo‘l ding, balki meni ko‘tarish senga og‘irlik
qilayotgandir?
Toshbaqa dedi:
– Sen nimaga asoslanib bunday savol ber-
yapsan? Yo men biror harakatim bilan buni osh-
kor qilib qo‘ydimmi?
Maymun dedi:
238
– Men ko‘rib turibman: sen vijdon azobini
chekmoq dasan, o‘z nafsing bilan kurashmoq-
dasan, taraddud va iztirob o‘tida yonmoqdasan.
Toshbaqa dedi:
– To‘g‘ri aytasan. Sen birinchi marta biznikiga
ketyapsan, xotinim esa kasal, uylar ostin-ustin
bo‘lib yotgandir. Ko‘nglim istaganidek seni yaxshi
qabul eta olmasam, mehmondorchilikni joyiga
qo‘ya olmasam, hammaning oldida rasvo bo‘laman
deb qo‘rqayotirman.
Maymun dedi:
– Sening nomusli va to‘g‘ri bo‘lganliging, meni
dildan do‘st hisoblab yaxshi niyat bilan uyingga
olib borayot ganing ma’lum. O‘tirishimiz qancha-
lik sodda, dasturxon qanchalik faqirona bo‘lsa,
suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin bo‘la-
di. Sening toza yurakli ekaningni bilganligim
uchun aytishim mumkinki, sen bekorga tashvish
tortyapsan, mehmonni yaxshi kutib olmasam,
nima bo‘ladi, deb iztirob chekishga asos yo‘qdir;
bu jihatdan xotirjam bo‘l, o‘zingni bekorga xafa
qilma.
Toshbaqa biroz suzib borib, yana to‘xtab qoldi,
yana avvalgidek o‘y-xayolga toldi.
Maymunning shubhalari orta boshladi va
o‘z-o‘ziga dedi: «Do‘stidan shubha qilgan odam
o‘sha soat tadbir ko‘rib, unga nisbatan ehtiyotli
munosabatda bo‘lishi, o‘zini saqlashi kerak. Agar
shubhalari to‘g‘ri chiqsa, muqarrar bo‘lgan falo-
katdan o‘z jonini saqlab qolgan bo‘ladi, gumoni
xato bo‘lib chiqsa, ehtiyotkorlik qilgani uchun
uni koyimaydilar. Yurak tez-tez o‘zgarib turgani
239
uchun uni qalb
1
deb ataganlar. Har daqiqada u
nima xayolga tushadi, niyati yaxshimi, yomonmi,
bilib bo‘lmaydi». So‘ngra toshbaqaga dedi:
– Yana nima bo‘ldi, xayol daryo siga sho‘ng‘ib
ketding?
Toshbaqa dedi:
– Nima qilay, xotinimning kasalligi, uning si-
hatining yomonligi xayolimni parishon qilmoqda.
Maymun dedi:
– Do‘stlik hurmati uchun bu narsani menga
ochiq aytib berding. Endi uni nima bilan sog‘ay-
tirish, dardiga nima davo topish mumkin, ayta
olasanmi?
Toshbaqa dedi:
– Tabiblar shunday darmon belgiladilarki, uni
hech qayerdan topish mumkin emas.
Maymun so‘radi:
– U qanday darmon ekan?
Toshbaqa dedi:
– Maymunning yuragi.
Buni eshitib daryo o‘rtasida turgan maymun-
ning quti o‘chib ketdi, ko‘z o‘ngi qorong‘ilashdi
va o‘z-o‘ziga dedi: «Meni bu dahshatli falokatga
sudragan narsa badnafslik va ochko‘zlik bo‘ldi;
meni bu qo‘rqinchli girdobga shuhratparastlik va
harislik soldi. Endi esa meni hiyla va tadbirdan
boshqa hech narsa xalos eta olmaydi. Agar orol-
ga borsam, o‘lishim muqarrar, o‘zimni bu yerda
suvga tashlab qochmoqchi bo‘lsam, cho‘kib halok
bo‘lishim aniq».
Dostları ilə paylaş: |