261
Brahmanning hikoyati
Ibn Madin otli bir podsho bor edi. Uning bir
Qubbara degan ziyrak, nutqi yaxshi va chiroyli
qushi bor edi. Kunlardan bir kuni Qubbara shoh
saroyida tuxum qo‘yib bola ochdi. Podsho qush
bolasini o‘z saroyida avaylab, parvarish qilish-
ni buyurdi. Shu
vaqtda podsho ham siymosida
baxt-saodat yulduzi porlagan bir farzand ko‘rdi.
Qubbaraning bolasi bilan shahzoda hamisha
birga o‘ynar edilar. Qubbara har kuni tog‘ va
o‘rmonlarga uchib borib, odam qo‘li tegmagan
mevalardan ikki dona olib kelardi. Ulardan birini
o‘z bolasiga va ikkinchisini shahzodaga berardi.
Qushcha bilan shahzoda uni yeb, kuch-quvvatga
kirib, tez o‘sa boshladilar. Shu tufayli podsho
va saroy odamlari nazarida Qubbaraning qadri
oshardi. Bir kuni Qubbara uyda yo‘qligida uning
bolasi shahzodaning qo‘lini tirnab oldi. Shahzoda
g‘oyat g‘azabga kelib, do‘stlikni unutdi va qush-
chaning oyog‘idan ushlab, yerga shunday urdiki,
u o‘sha zamonoq halok bo‘ldi.
Qubbara qaytib
kelib, bolasining o‘lib yotganini ko‘rib, faryod
qila boshladi. Podshohlarga la’natlar o‘qib derdi:
– Bu baloni o‘zimga o‘zim orttirdim, farog‘atni
mashaqqatga o‘zim almashtirib oldim. Bir daraxt
shoxiga uya qilishim kerak edi. Podshohning sa-
royini menga kim qo‘yibdi. O‘z farzandimnigina
tarbiyat qilishim kerak edi, podsho o‘g‘lini par-
varish qilishning nima hojati bor edi. Agar ozga
qanoat qilib, hayot
kechirganimda edi, bu balo-
ga mubtalo bo‘lmas edim. Shohlar, sultonlar va
262
shahzodalar bilan do‘stlik qilishning oqibati shun-
day bo‘ladi. Chunki shoh, sulton va mustabidlar
o‘z ahdlarini tez unutadilar. Ular hamisha vafoga
jafoni mukofot qilib beradilar. Ularning nazarida
na
sadoqatning ahamiyati bor, na samimiyatning.
Ularning do‘stlikdan ko‘zlagan maqsadlari yolg‘iz
manfaatdir. Ular o‘z rohatlarini ko‘zlab, butun
qonun-qoidalarni toptaydilar, rahm-shafqat qilish
kerak bo‘lganda jazo beradilar, jazolanishi kerak
bo‘lganni afv etadilar. O‘zlari qilgan qabih ishlarni
kichik va ahamiyatsiz deb,
boshqalarning kichik
xatolarini esa juda katta va tahlikali ish deb hi-
soblaydilar. Endi men fursatni qo‘ldan bermay,
o‘z do‘stini o‘ldirgan bu rahmsiz va shafqatsiz
shahzodadan bolam uchun intiqom olishim kerak.
Shuni deb Qubbara o‘zini shahzoda ustiga
tashladi. Uning ikki ko‘zini o‘yib, olib qal’aning
burchiga borib qo‘ndi. Bo‘lgan voqeani shohga
yetkazdilar. Shoh o‘g‘lining ko‘r bo‘lganini ko‘rib,
kuyib yondi; avval qushni hiyla bilan ushlab
olmoq chi, so‘ngra qiynab o‘ldirmoqchi bo‘lib, ya-
qiniga bordi va dedi:
– Qubbara, pastga tush, senda hech ayb yo‘q.
Qubbara uning so‘zini rad etib dedi:
– Shohimga itoat qilishga o‘rganib qolgan
edim,
endi uning amridan chiqib, rad javobini
berish menga juda og‘ir. Shoh saroyi mening
ka’bam edi, eng saodatli kunlarim shohning
marhamat va lutfi karami soyasida o‘tdi. Men
hamisha shunday bo‘ladi, deb o‘ylardim. Agar
mening ikki jonim bo‘lsa va dunyoga ikki marta
kelishim mumkin bo‘lsaydi, o‘shanda «labbay»
263
deb xizmatingga qaytar edim... Endi qanday qilib
bolamning qoni to‘kilgan joyga qaytib boraman?
Men uchun eng to‘g‘ri yo‘l, buyrug‘ingga bo‘yin
egmaslik va saroyga qaytmaslikdir. Men endi
sening so‘zlaringga ishona olmayman va o‘zimni
balo girdobiga tashlashni istamayman. Shahzoda
mening farzandimni halok etdi. Men esa undan
qasdimni oldim. Har kim alam va sitam daraxtini
eksa, uqubat va azob mevasini to‘rib oladi. Sen
Donodil va o‘g‘rilar haqidagi hikoyatni eshitma-
ganmiding?
Podsho so‘radi:
– U qanday hikoyat?
Dostları ilə paylaş: