Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Shayxning hikoyati
Bir kir yuvuvchi bor edi. U har kun suv labida 
kir yuvar va o‘sha suvda qurt-qumurs qalarni tutib 
yeb yuradigan bir g‘ozni ko‘rar edi. Bir kuni bir 
lochin semiz kaklikni tutib kelib, go‘shtidan biroz 


300
yedi-da, qolganini tashladi. Buni ko‘rib g‘oz o‘zi-
ga-o‘zi dedi: «Bu qush kichkina jussasi bilan katta 
qushlarni tutib yeydi, men bo‘lsam shu shakl va 
haybatim bilan mayda-chuyda narsalarga qanoat 
qilib yuribman. Endi kattaroq kabutar, kakliklar 
tutishga harakat qilay».
Shu vaqt kabutar suv labiga qo‘nmoqchi bo‘lgan 
edi, g‘oz uning ketidan quvdi. Ammo kabutar chap 
berib, uchib ketdi. G‘oz suv labiga yiqildi, oyog‘i 
loyga botib qoldi. Qutulishga harakat qilib zo‘r 
bergan sari battarroq bota boshladi, kir yuvuvchi 
yugurib kelib, uni ushlab oldi-da, uyiga olib ketdi. 
Yo‘lda uchragan bir do‘sti undan so‘radi:
– Qo‘lingdagi nima?
Kir yuvuvchi dedi:
– Bu lochin ishini qilmoqchi bo‘lgan g‘oz o‘z 
ehtiyoji dan ortiqcha narsa ketidan yugurib, o‘z 
hayotini barbod qildi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, bilib 
qo‘y: o‘z ishing bilan mashg‘ul bo‘lmay, sen-
ga to‘g‘ri kelmaydigan hunarga yopishmoqchi 
bo‘lsang, oqibati xuddi shunday bo‘ladi.
Shayx bu masalni aytib bergandan keyin, 
dehqon chilikni yana ham ortiqroq orzu qila bosh-
ladim. Uning so‘zlarini quloqqa olmadim. O‘z 
ishimni tashlab, dehqonchilik bilan shug‘ullana 
boshladim. Don sepib, hosilini kutib o‘tirdim. 
Bu orada ro‘zg‘orim tang bo‘lib qoldi, chunki 
do‘kondan har kuni ozgina foyda qo‘lga kiritib, 
uyga xarajat qilar edim, endi esa hosil olgun-
cha yarim yil kutishim kerak bo‘ldi. O‘z-o‘zimga 
dedim: «Katta xato qildim. Ulug‘lar so‘ziga quloq 


301
solmadim. Yaxshisi, birovdan ozroq pul qarz olib, 
avvalgi ishimni boshlab yuboray. Shundan keyin 
shaharda o‘ziga to‘q bir odamdan pul qarz olib
yana do‘kon eshigini ochdim. Gumashta soldim. 
O‘zim goh dehqonchilik bilan, goh do‘kon ishi bi-
lan shug‘ullanar edim. Shu ahvolda ikki oy o‘tdi. 
Bir kuni dalaga chiqib ketgan edim, gumash-
ta xi yonat qilib dastmoyamni o‘g‘irlab ketibdi. 
Qo‘limda qolgan pul qarzni to‘lashga ham, kun 
kechirishga ham yetmas edi. Fursatni g‘animat 
bilib, bir kun kechasi shahardan qochib ketdim. 
Ko‘p ranj-u alamlar tortib, uzoq joylarga bordim. 
Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin bola-chaqam 
o‘lib ketganini eshitdim. Uy-joyim va qolgan bi-
sotimni qarz berganlar bo‘lishib olibdilar. Mana 
endi men vatanga qaytmoqdan noumid bo‘lib, 
manzilma-manzil sargardon bo‘lib yuribman. Bu 
sarguzashtla rimning bir shingiliginadir.
Zohid dedi: 
– So‘zlaring rostga o‘xshaydi. Necha yillab 
vatandan uzoqda judolik dardini tortib, safar 
mashaqqatini chekibsan, achchiq-chuchukni 
totib, yaxshi tajribalar orttiribsan. Bundan keyin 
farog‘at bilan yashagaysan.
Suhbatdan so‘ng zohidning buyrug‘i bilan kel-
tirilgan xurmoni yeya boshladilar.
Mehmon dedi: 
– Bizning yerlarda juda shirin va lazzatli meva-
lar ko‘p. Xurmo biroz badhazm bo‘lsa ham, lekin 
g‘oyat shirin mevadir. Afsuski, bizning viloyatlar-
da o‘smaydi.
Zohid dedi: 


302
– Xohlagan narsasiga muhtoj bo‘lganni baxtli 
deb bo‘lmaydi. Orzu qilgan narsasiga erishmagan 
odam saodatmand emas.
Yolg‘iz orzu qilish bilangina qanoatlanib, unga 
erishish uchun harakat qilmaslik aqlga xilofdir.
Zohid o‘tkir notiq edi. Aramiy tilini yaxshi bilar-
di. Uning bu tilda juda chiroyli so‘zlashi mehmon-
ga yoqdi. Mehmon bu tilni bilmasa ham, ko‘pincha 
shu tilda so‘zlang, deb zohiddan iltimos qilar edi. 
Zohid fasohat va balog‘at bilan mehmonga shu 
tilda gapirar edi. Oxiri mehmon uni o‘rganishni 
orzu qilib qoldi.
Bir kuni u zohidga dedi: 
– Yomon ko‘zdan asrasin, juda chiroyli ga-
pirasiz. Men shu vaqtgacha bunday fasohatli 
bir so‘z, bunday balog‘atli bir jumla eshitmagan 
edim... Sizdan iltimos qilaman: menga shu tilni 
o‘rgatsangiz.
Zohid dedi: 
– Jonim bilan. Bizning tilimizni o‘rganishni 
xohlaganingiz uchun faxrlanaman, agar jazmingiz 
qat’iy bo‘lsa, men mehnatimni ayamayman.
Mehmon uzoq muddat bu tilni o‘rganish bilan 
mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘p vaqt sarf etdi, ko‘p aziyat 
chekdi. Lekin hech narsa chiqmadi. Bir kuni zo-
hid unga dedi: 
– Bu juda qiyin ish... Kuchi yetmagan ishga 
yopishgan va o‘ziga yarashmagan kiyim kiygan 
odam kulgi bo‘ladi. Kimki ona tilini unutib, ota- 
bobolarining odat va an’analarini tark etsa shun-
day bo‘ladi.
Mehmon dedi: 


303
– Ajdodlarining zararli odatlariga taqlid etmoq 
ham nodonlikdir. Fazilat egalarining bilim va 
hunarlarini o‘rganmoqqa intilish esa yetuklikdan 
dalolat beradi.
Zohid dedi: 
– Men o‘z burchimni bajardim. Aytish mumkin 
bo‘lgan gaplarning hammasini gapirib o‘tdim. Siz 
tag‘in kaklik yurishini o‘rganmoqchi bo‘lgan zog‘ga 
o‘xshab qolmang.
Mehmon so‘radi: 
– Unga nima bo‘lgan ekan?

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin