Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Kalamushning hikoyati
Bir sichqon o‘rmon chetida yashar edi. Shu 
atrofdagi buloqda bir qurbaqa umr o‘tkazar edi. U 
goh-goh buloq chetiga chiqib, havo olib o‘tirar va 
o‘zini bulbul fahmlab, yoqimsiz ovoz bilan sayrar 
va xush ovozli qushlarning ensasini qotirar edi...
Bir kuni sichqon o‘z inida bir ish bilan mashg‘ul 
edi. Qurbaqaning nosoz ovozini eshitib hayron 
bo‘ldi, xonandaning yuzini ko‘rmoqchi bo‘lib 
tashqariga chiqdi va uning xunuk basharasi-yu, 
bema’ni ashulasidan taajjublanib qo‘llarini bir-bi-
riga urib, boshini qimirlata boshladi. Qurbaqa bu 
holni ko‘rib, u menga tahsin qilayotir, deb xur-
sand bo‘ldi va sichqon bilan oshno bo‘lish orzusiga 
tushdi. Xullas, sichqon bilan qalin og‘ayni bo‘lib 
oldi. Ular bir-birlariga ajoyib hikoyatlar aytib 
berib, vaqt larini chog‘ etar edilar.
Bir kuni sichqon qurbaqaga dedi: 
– Necha vaqtdan beri sen bilan suhbatlashgim 
kelib, buloq yoniga kelsam, sen suv ostida bo‘la-
san, qanchalik baland ovoz bilan chaqirsam ham 
eshitmaysan.
Qurbaqa dedi: 
– To‘g‘ri aytasan, men ham ko‘pdan beri shuni 
o‘y layman. Ba’zan men qirg‘oqqa chiqib, seni 
topol mayman, sen boshqa teshikdan chiqib ket-
gan bo‘lasan. Men anchagacha muntazir bo‘lib 
o‘tiraman. Endi bu ishning tadbirini ham o‘zing 
ko‘rib, muammoni o‘zing hal etasan.
Sichqon dedi: 
– Eng yaxshi tadbir shuki, men bir uzun ip to-
paman, uning bir uchini sening oyog‘ingga, ikkin-


258
chi uchini o‘zimning oyog‘imga bog‘layman. Har 
vaqt suvning labiga kelib, ipni qimirlatsam, darhol 
chiqasan. Agar sen ham mening yonimga kelmoqchi 
bo‘lsang, ipni tortib, meni xabardor qilasan.
Ikkovlari ham bu tadbirni ma’qul topib, ko‘p vaqt-
gacha shu usul bilan bir-birlaridan xabardor bo‘lib, 
ko‘rishib yurdilar. Bir kuni sichqon suv yoqasiga 
keldi, qurbaqani chaqirib, suhbat qilay deb turgan 
edi, nogoh bir qarg‘a balo-qazodek havodan tushib, 
sichqonni ko‘tarib uchdi. Oyog‘idan ipga bog‘langan 
qurbaqa ham ular bilan havoga ko‘tarildi. Sichqon 
qarg‘a tumshug‘ida, qurbaqa esa pastroqda osilgan 
holda uchib borar edilar. Bu holni ko‘rgan odamlar 
hayron bo‘lib der edilar: 
– Ajab holat, qarg‘a o‘z odatiga xilof ravishda 
qurbaqani olib ketyapti, axir hech vaqt qurbaqa 
qarg‘aga ov emas edi-ku. Sichqon bilan do‘stli-
gining kasofatidan qurbaqa bu baloga mubtalo 
bo‘libdi. Kimki nojinsga qo‘shilsa, jazosi mana 
shunday bo‘ladi.
Mushuk dedi: 
– Suhbat qilishga rag‘bating yo‘q ekan, nima 
uchun avval mendan do‘stlik talab qilding?
Kalamush dedi: 
– U mahalda shunga muhtoj edim. Aqlli odam 
og‘ir ahvolga tushsa-yu, dushmanning yorda-
mi bilan falokatdan qutulmog‘i mumkin bo‘lsa, 
dushman bilan yaqinlashib, uning ko‘magidan 
foyda lanadi. Shuningdek, do‘stdan ziyon ko‘rsa, 
undan uzoqlashadi. Hayvon bolalari ham sut 
emadigan vaqtlarida onalari bilan birga yura-
dilar. Sutdan ayrilgach esa hech narsa bo‘lma-


259
gandek, ulardan uzoqlashib ketadilar. Aqlli odam 
buni dush manlik demaydi. Aql egalari hamisha 
o‘z ishlarini zamona ning taqozosi va hayot ta-
labini hisobga olib qiladilar; zamon va makonni 
nazarga olib tadbir ko‘radilar, do‘st oshno bilan, 
raqib dushman bilan qanday muomala qilishni, 
vaqtida mehribonlik ko‘rsatib, vaqtida qattiqqo‘l 
bo‘lishni biladilar. O‘zing bilasanki, sen bilan biz-
ning asl zotimiz va tabiatimiz bir-biriga tamo mila 
qarama-qarshidir, bir-birimizga dushmanmiz. 
Zaruriyat yuzasidan paydo bo‘lgan do‘stligimizga 
ishonib bo‘lmaydi, zaruriyat o‘rtadan ko‘tarilgan 
zamon do‘stlik adovatga aylanishi muqar rar. Axir, 
kalamush jinsi uchun mushukdan ko‘ra dahshat-
li dushman yo‘qdir. Har ikkimiz o‘limdan xalos 
bo‘lmoq uchun majburan sulhga kelgan edik. 
Endi esa zarurat yo‘qoldi, demak, yana qadimiy 
xusumat paydo bo‘ldi. Men seni o‘zimga do‘st deb 
hisoblamayman, endi sening yaqinlashishing dan 
ko‘zlagan maqsading mening lazzatli go‘shtimni 
yeyishdir. Lekin men qurbon bo‘lishni xohlamay-
man. Kuchsiz kuchlidan, zaif quvvatlidan uzoq 
bo‘lishi kerak. Kel, gapni qisqa qilaylik, ikkimiz 
ikki yoqqa qarab ketaylik.
Mushuk xafa bo‘lib, ko‘ziga yosh oldi...
Shunday qilib, mushuk kalamush bilan abadiy 
vidolashdi.
Zaruriyat natijasida dushman bilan do‘stla-
shib, fursatni qo‘ldan bermagan va o‘z maqsadiga 
yetgandan so‘ng ehtiyotli bo‘lib, o‘z jonini salomat 
saqlab qolgan aqlli kalamush haqida hikoyat 
shundan iboratdir.


260

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin