Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna


Qubbaraning navbatdagi hikoyati



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
KAMILA VA DIMNA

Qubbaraning navbatdagi hikoyati
Bir kishi bir tabib oldiga keldi. U qorni qattiq 
og‘rigandan yerga yumalanib-yumalanib ing rar edi.
Tabib uning kasalini aniqlab, bemorga dedi: 
– Bugun nima yegan eding?
Kasal soddagina kishi edi, javob berdi: 
– Bir parcha kuygan non yegan edim.
Tabib yordamchisiga buyurdi: 
– Ko‘zini ravshan qiladigan doridan keltiring, 
bu kishining ko‘ziga surtib qo‘yaman.
U kishi faryod qildi: 
– Ey, tabib, masxarabozlikni qo‘y, meni masx-
ara qilma, mening qornim og‘riyapti. Sen esa 
ko‘zimga dori qo‘ymoqchisan. Axir, ko‘zning qor-
inga nima aloqasi bor?
Tabib dedi: 
– Men avval ko‘zingni davolamoqchiman. Shun-
da sen oqni qoradan farq qiladigan bo‘lib, ikkinchi 


267
marta kuygan non yemaydigan bo‘lasan. Demak, 
ko‘zingni davolash qorningni davolashdan ko‘ra 
zarurroqdir.
Qubbara hikoyasini tamomlab, shohga dedi: 
– Men sening adovat saqlab turib gapirayotga-
ningni va menga jazo berishga tayyor ekanligingni 
ko‘rib turibman.
Shoh dedi: 
– Do‘stlar orasida ko‘ngilsiz hodisalar ko‘p 
bo‘ladi. Aqlli odamlar bunday hodisalarning oldini 
olishga harakat qilishlari kerak.
Qubbara dedi: 
– Men dunyoning issiq-sovug‘ini ko‘rdim, ach-
chiq-chuchugini totidim. Ko‘p qimmatbaho nafis 
narsalarni bu aldamchi va ko‘zbo‘yamachi dunyo 
shamoliga sovurdim. Endi yetarli tajribaga ega 
bo‘lib, haqiqatni tushunadigan bo‘lib qolganman. 
Bu masxaraboz dunyo mening qulog‘imni bu-
rab, menga ibrat darsini berdi. Kim zo‘r bo‘lsa, 
u boshqalarni xor etmoqda, insof va muruvvat, 
adolat va sadoqatni oyoq osti qilmoqda. Aql kito-
bida, dushmanning tilyog‘lamaligidan hazar eting, 
raqibning shirin so‘zlariga, yumshoq muomala-
siga uchmang, deb yozilgan. Dushman hamisha 
qasos olishga, o‘z niyatiga yetishga fursat axtara-
di. Agar kuch bilan yenga olmasa, hiyla ishlatadi. 
Men hech vaqt, hech bir sharoitda shohning meni 
kechirishiga va mendan qasos olmasligiga ishon-
mayman, chunki men zaif, u qudratli...
Shoh dedi: 
– Oliyjanob va mard odam og‘ir kunlarda o‘z 
do‘stini tashlab ketmaydi, har qanday shubha va 


268
gumonga asoslanib, o‘rtoqlik aloqalarini uzmaydi, 
borish-kelish, salom-alikni kanda qilmaydi.
Qubbara dedi: 
– Riyo va xiyonatdan, ayniqsa, shohlarning ado-
vatidan qo‘rqmoq lozimdir. Chunki shohlar qasos 
olmoqni qonun deb biladilar, jazo bermoqqa imkon 
topilsa, sevinadilar. Jazo berish fursati qo‘ldan ket-
sa, g‘azablanadilar. Qalbda yig‘ilib yotgan adovat kul 
ostidagi cho‘g‘ga o‘xshaydi, cho‘g‘ o‘tinga tushsa, 
yondirib yuborgani kabi, adovat fursat kelganda 
g‘azab o‘tiga aylanadi. Bu yong‘inni na so‘z, na xoki-
sorlik, na yolvorish, na hiyla, bir so‘z bilan aytgan-
da, hech narsa, ha, hech narsa so‘ndira olmaydi. 
Tarasha yonib tugamaguncha shu’lasi pasaymagani 
kabi, aybdor jazolanmaguncha kin-adovat ham 
oradan ko‘tarilmaydi. Shularning hammasiga qa-
ramasdan qasdi bor kimsa raqibidan foydalanmoq 
yoki kutilgan baloning oldini olmoq uchun u bilan 
avvalgi do‘stlik munosabat larini tiklab, yaxshi mu-
omalada bo‘lish mumkin; lekin unday baxt menga 
muyassar bo‘lmas, men shunday omadsizmanki, 
oqar suv yoqasiga borsam, suv ham qurib qoladi. 
Mening xizmatim qalbingdagi kinni marhamatga 
aylantira oladi, bizning oramizda muhabbat va do‘stlik 
barqaror bo‘ladi, deb qanday ishona olaman? Agar 
men huzuringga qaytib borsam ham, hamisha qo‘rquv 
va tashvish ichida yashab, har soat o‘z o‘limimni kutib 
turaman. Yo‘q, qaytishdan menga hech qanday foyda 
yo‘q. Men ko‘ra-bila turib o‘z bo‘ynimni pichoqqa tutib 
bora olmayman.
Shoh dedi: 
– Har narsa tolega bog‘liq. O‘g‘limning qilmishi-
ga yarasha jazo berishing qazoning hukmi bilan 


269
bo‘ldi. Bunda hech kim aybdor emas. Hali ham 
bo‘lsa qayt, meni ranjitib, yuragimga o‘t yoqib 
ketma, davlat va saodat do‘st-oshnolarga, raiyat 
va mulozimlarga nasib bo‘lgandagina u kishiga 
lazzat berishi mumkin.
Qubbara dedi: 
– To‘g‘ri aytasan, hamma narsa falakning 
qo‘lida. Lekin shu bilan birga ehtiyot bo‘l, umrni 
falakning shamoliga sovurma, deganlar.
Sening tiling bilan diling bir emasligi men uchun 
ayon. Shuni bila turib qaytish – aqlsizlikdir. Meni 
aldab, tuzoqqa ilintirmoqchisan; o‘ldirib, qalbingga 
tasalli bermoqchisan. Hozirga qadar hech bir hay-
von o‘z ixtiyori bilan o‘lim sharbatini ichmagan. Dey-
dilarki, g‘am – baxtsizlik, kambag‘allik – baxtsizlik, 
dushmanga yaqin bo‘lish – baxtsizlik, do‘stlardan 
judo bo‘lish – baxtsizlik, xastalik, g‘ariblik – baxtsi-
zlik, lekin eng buyuk baxtsizlik o‘limdir. Yuragida 
hasrat dog‘i bor odamlarning dardini boshidan 
o‘tgan odamgina tushunishi mumkin. Hozir men 
ham o‘z tajribalarimga asoslanib, shohning nima 
qilmoqchi ekanligini, nimalar o‘ylayotganligini 
bilib turibman. Uning hayajon va iztiroblari menga 
ma’lum, qalbidagi g‘azab va intiqom olovining uch-
qunlarini men ko‘zidan ko‘rib turibman. Men yaxshi 
bilamanki, sen o‘z o‘g‘lingning ko‘zdan ayrilganligini, 
men esa o‘z farzandimdan judo bo‘lganimni esga 
olganimizda yuraklarimizda g‘azab to‘lqinlanib 
ketadi. Buning nima bilan tugashini bilib bo‘lmay-
di. Har holda bizning do‘st bo‘lishimiz foydasizdir, 
ayrilishimiz yaxshidir.
Shoh dedi: 


270
– Xo‘p, mayli, lekin o‘z do‘stlarining xatolar-
ini kechirmaslikning, ularga yetkazgan zararni 
unutmaslik ning odam uchun nima foydasi bor? 
U qanday insonki, o‘z do‘stining tavba va uzrini 
qabul etmasin va uni sevinch bilan qarshi olma-
sin. Mening qalbim shishadek musaf fodir. Sen 
aytgan narsalarning birontasini xayolimga ham 
keltirmaganman. Sen bilasanki, men hamisha 
mulozim larning gunohini kechirib, xizmatchilarga 
marhamat ko‘rsatib, in’om berib kelganman.
Qubbara dedi: 
– Tavoniga tikon kirgan odam unga ahamiyat ber-
may, qirrali toshlar ustida yuraversa, albatta, uning 
yaraga aylanib ketishiga sababchi bo‘ladi va yum-
shoq tuproq ustida yurishdan ham benasib bo‘lib 
qoladi. Ko‘z og‘rig‘iga duchor bo‘lgan odam quyoshga 
qarasa yo shamolga tutsa, ko‘zdan ajralishi mumkin 
bo‘lgani kabi gunohkor odam o‘z dushmaniga yaqin 
kelsa, halok bo‘ladi. Shuning uchun dushmandan 
qochmoq tabiiy va qonuniydir. Hech bir maxluq 
o‘z boshiga nimalar kelishini, qilgan ishlari oxirda 
qanday natijalar berishini oldindan bila olmaydi. 
Kim dushmanning aytganiga ishonib ish ko‘rsa, 
e’tiborsiz odamning so‘ziga kirib harakat qilsa, uni 
donishmand odamlar beaql va johil deb hisoblay-
dilar. Peshanasiga nima yozilganligini, boshiga 
nima kelishligini hech kim bilmaydi. Lekin bunga 
qaramasdan, har kim o‘z qadamini bilib bosishi, 
aqlga to‘g‘ri keladigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi 
lozim. Aqlli kimsa o‘z kuch-quvvatiga ishonadi, hech 
narsadan qo‘rqmaydi, tahlikaga tushmasdan najot 
yo‘lini axtaradi. Hozir mening qarshimda o‘lim tu-


271
ribdi, lekin qochadigan yo‘llarim ko‘p, najot yo‘llari 
ochiq, taraddudlanib tursam, irodasizlik qilib, zaiflik 
ko‘rsatsam, halok bo‘laman. Qayerga borsam ham, 
ovqatimni topib yeyman. Debdurlarki, quyidagi besh 
xosiyati bo‘lgan odam och qolmaydi, uzog‘i yaqin 
bo‘ladi, begonalar yurtida ham unga do‘st topiladi.
Bu besh xosiyat shudir: mardumga ozor ber-
maslik, shubhali ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaslik, 
axloqli, nazokatli bo‘lish, oliyjanob bo‘lish, o‘z 
qadrini bilish.
Shuni bilmoq kerakki, mol-davlatning eng 
yaroqsizi uning foydalanilmay qolib ketgani; 
xotinlarning eng hayosizi – eri bilan kelishmagani; 
farzand ning eng tarbiyasizi – ota-onasining so‘ziga 
kirmagani; do‘stning eng vafosizi – og‘ir kunlarda 
yuzini teskari o‘girgani; shohning eng layoqatsizi – 
gunohsizlarni qo‘rquvga solgani; mamlakatlarning 
eng yomoni – tinch bo‘lmagan, xavfsizlik ta’min 
etilmagan mamlakatdir. Endi qanchalik shoh 
menga lutf-karam va’da etib, tasalli bermasin, 
ont ichib ahd-u paymon qilmasin, uning huzurida 
yashamoq menga rohat bag‘ishlamasligi aniqdir. 
Zamon o‘rtamizga dushmanchilik soldi va yaqin 
bo‘lish yo‘llarini bekitib qo‘ydi.
Qubbara bu so‘zlarni aytib, shoh bilan vido-
lashdi va bir qanot qoqdi-yu, uchdi-ketdi...
Xusumati bo‘lgan dushmanning hiylasidan 
saqlanmoq va uning shirin so‘zlariga uchmaslik 
haqidagi hikoyat mana shudir.


272

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin