Uo‘K: 821. 21-3 kbk: 82. 3(5Hin) k-19 Kalila va Dimna



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/70
tarix15.10.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#118324
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
KAMILA VA DIMNA

MUSHUK VA KALAMUSH BOBI
Roja dedi: 
– O‘ylamasdan ish qilgan va oqibatda pushay-
mon bo‘lib, afsus-nadomat daryosiga g‘arq bo‘lgan 
odam to‘g‘risidagi hikoyatni eshitdim. Endi shun-
day bir voqeani aytib berki, unda har tomondan 
o‘rab olgan dushmanlar hujumiga duchor bo‘lib, 
o‘lim, jar yoqasida qolgan va o‘zini qutqarish 
uchun dushmanlarning biri bilan do‘stlashgan, u 
bilan ahd-paymon tuzib, o‘z jonini qutqarib qolgan 
kishi tasvir etilgan bo‘lsin. Yana dushmani bilan 
qanday yarashganligi, bunga qanday yo‘llar bilan 
erishilganligini bayon qilib ber.
Brahman dedi: 
– Ko‘pincha do‘stlik va dushmanlik uzoqqa 
cho‘zilmaydi. Ular bo‘layotgan hodisalarning 
jarayoniga va zamon g‘ildiragining aylanishiga 
qarab o‘zgaradilar.
Ular xotinlarning vafosi, shohlarning do‘stligi, 
tentaklarning muloyimligi, bolalarning go‘zalligiga 
o‘xshaydi. Uzoq vaqt davom etgan sof do‘stlikka 
ham ba’zan ko‘z tegishi, tezda nafrat va adovatga 
aylanishi mumkin. Shuningdek, qadimdan mav-
jud bo‘lgan dushmanlik ham bir baxtli tasodif 
tufayli do‘stlikka almashinishi mumkin.
Shuning uchun aqlli odam har ikki holda sabrli 
bo‘ladi va dushmanning bir vaqt kelib do‘st bo‘lishi 
mumkinligiga umid bog‘lab, u bilan xushmuomala 
qilishni tark etmaydi, ham do‘stlari bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lib, ayni zamonda bu do‘stlikning 
abadiy bo‘lmasligini esdan chiqarmaydi. Uzoqni 
ko‘radigan kishi dushman bilan sulh tuzib, u bilan 


252
do‘stlashmoqni g‘animat biladi, chunki shunday 
qilinganda xatar bartaraf bo‘lib, foyda qo‘lga kiradi. 
Kimki aytilib o‘tilganlarga amal qilsa, mushuk bilan 
kalamush kabi o‘z maqsadlariga erishadi.
Roja so‘radi: 
– Ular qanday qilib maqsadlariga erishibdilar?
Brahmanning hikoyati
Falon mamlakatdagi o‘rmonlardan birida bir kat-
ta daraxt bo‘lib, ostida bir kalamushning ini bor edi. 
Uning yaqinida bir mushuk yashardi. Bu yerlarga 
ovchilar tez-tez kelib turishardi. Kunlardan bir kun 
bir ovchi daraxt yaqiniga dom qo‘yib, uchiga bir 
parcha go‘sht ilib ketdi. Mushuk kelib, domga ilindi. 
Shu orada kalamush ham ovqat izlab kelib qoldi va 
mushukni tuzoqda ko‘rib, juda quvonib ketdi. No-
goh ko‘zi uni tutishga payt poylab turgan latchaga 
tushdi, daraxtga qarasa, bir boyqush ham hujumga 
rostlanib turganini ko‘rdi. U qo‘rqib ketib, o‘ziga-o‘zi 
dedi: «Agar orqaga qaytsam, latcha meni parchalab 
tashlaydi, turgan joyimda qolsam, boyqush ustimga 
o‘zini otadi, oldinga yursam, mushukka yo‘liqaman. 
Balo dengizi tug‘yonga kelib, falokat to‘foni hujum-
ga tayyor turibdi; shunga qaramay men noumid 
bo‘lmasligim, o‘z hayotimni qutqarishim kerak. Bu 
holda menga aqldan yaxshiroq madadkor yo‘qdir. 
Aqlli kimsa hech vaqt sarosimaga tushmasligi, qal-
bini dahshat va tashvish chulg‘ab olmasligi kerak. 
Endi men uchun yagona najot yo‘li balo zanjirida 
talpinib yotgan va mening yordamimga muhtoj 
bo‘lgan mushuk bilan kelishib do‘stlashmoqdir. Bal-
ki u o‘z vaziyatini nazarda tutib, mening so‘zlarimga 


253
quloq osar va dushmanlikdan voz kechib, xalos 
bo‘lish uchun maslahatlarimni qabul etar. Shunday 
qilib, har ikkimiz balodan omon qolamiz».
Kalamush mushukka yaqinlashib hol so‘radi: 
– Qani, xo‘sh, hol-ahvoling qalay?
Mushuk hazin ovoz bilan javob berdi:
– Bunday balo domiga tushib, aziyat chek-
kanlarning ahvoli qanday bo‘lar edi?
Kalamush dedi: 
– Shu vaqtga qadar hech kim mening yolg‘on 
gapirganimni eshitmagan. Sen g‘amnok bo‘lsang, 
hamisha men shod bo‘lar, muvaffaqiyatsizliging-
dan quvonar edim. Hozir esa ikkovimizning ham 
boshimiz xatarda qoldi. Bu balodan qutulish uchun 
sendan najot kutaman, shuning uchun do‘stlash-
moqchiman. Agar diqqat qilib atrofga qarasang, 
latchaning meni ta’qib etayotganini va boyqushning 
fursat poylab o‘tirganini ko‘rishing mumkin. Har 
ikkisi ham meni halok qilish fikridadirlar. Ular ik-
kovimizning ham dushmanimizdir. Agar sen meni 
o‘z panohingga olsang, ular mendan umid uzadilar.
Agar menga tegmasang, yoningga borib maq-
sadimga erishaman, bandlaringni kesib, seni 
ham ozod qilaman. Yana qaytarib aytaman, bu 
so‘zlarimga ishon. Xayrixoh ekanimga shubha 
qilma. Hech kimga ishonmaydigan va hikmat 
egalarining so‘zlariga quloq solmaydigan kishi 
baxtli hayot kechirolmaydi.
Ikkilanmay, mening bu lutf-marhamatimni qa-
bul et, aqlli odamlar katta va mas’uliyatli ishlarda 
taraddudga tushib, fursatni qo‘ldan bermaydilar. 
Kema kemachining sa’y-harakati bilan sohilga 


254
yetib borgani kabi, xalos topishimiz ikkovimizning 
harakatimizga bog‘liqdir.
Mushuk kalamushning gapini eshitib, xursand 
bo‘lib ketdi va dedi: 
– Sening gaping aqlga muvofiqdir. Bu masla-
hatingni bajonidil qabul etaman va o‘lgunimcha 
sendan minnatdor bo‘laman. Debdurlarki, dush-
man sen bilan sulh tuzishni istasa, uning uzatgan 
qo‘lini qaytarma.
Kalamush dedi: 
– Oldingga borganimda sen meni mehribon 
do‘st kabi kutib ol, dushmanlar inoqlashganimizni 
ko‘rib, jo‘nab qolsinlar, shunda men tuzoq iplarini 
qirqishga kirishaman.
Mushuk uning gapiga ko‘ndi. Kalamush tuzoq 
iplarini qirqa boshladi. Mushuk nazarida kala-
mush imillab ishlayotganga o‘xshab ko‘rindi.
Mushukning toqati toq bo‘lib dedi: 
– Men sening ahdingga ishongan edim. Endi 
maqsadingga erishganingdan keyin bergan 
so‘zingdan qaytmoqchimisan? Lekin bilib qo‘yki, 
va’daga vafo, ahdning buzilmasligi og‘ir kunlarda 
sinaladi... Meni kechir deb yolvorishlarga qara-
may, zulmdan qo‘l torta olmagan, afv etish qo‘li-
dan kelmagan odam yaxshi nom qozonish ne’ma-
tidan mahrum va mard odamlar orasida yuzi qora 
bo‘ladi. Ammo xiyonat qilganlar va yolg‘ondan 
qasam ichganlar to‘xtovsiz jazoga mus tahiqdirlar.
Kalamush dedi: 
– Bilib qo‘y, do‘stlar ikki xil bo‘ladilar: birinchilari 
– o‘z ixtiyorlari bilan samimiy do‘st bo‘lganlar; ikkin-
chilari – majburiyat va zaruriyat yuzasidan ahd-u 
paymon bog‘laganlar. Bularning maqsadi foyda 


255
ko‘rmoq va zarardan qochmoqdir. Lekin samimiyat 
va sadoqatga asoslangan do‘stlik hamisha, har 
yerda va har sharoitda ishonchli bo‘ladi; zaruriyat 
va majburiyat natijasida paydo bo‘lgan do‘stlik esa 
unday bo‘lmaydi. U daryo kabi goh toshib, atrofni 
bosadi; goh qurib, suvi ozayib qoladi. Men bergan 
so‘zimning ustidan chiqaman, lekin o‘z jonimni 
saqlashni undan afzalroq deb bilaman. Chunki men 
garchi dushmanlarning hujumidan sening yorda-
ming tufayli qutulib qolgan va shuning uchun sen 
bilan kelishishga majbur bo‘lgan bo‘lsam-da, lekin 
sen o‘sha dushmanlardan ham xavflisan. Men tah-
likani daf etib, xatarli ishlarning oldini olish uchun 
sen bilan murosa qilyapman, bu vaqt va zamon 
taqozosi bilan qilingan bir tadbirdir. Har ishning o‘z 
yeri, har soatning o‘z hukmi bordir. Vaqtni o‘tkazib, 
mavqeyini qo‘ldan bergan odamni uzoqni ko‘radigan 
odam deb bo‘ladimi?! Men, albatta, bandlaringni 
kesaman, lekin bir asosiy bandni jonimning garovi 
sifatida saqlab turaman. Uni sen o‘zing bilan ovora 
bo‘lib, menga hujum qilishdan muhimroq ish bilan 
mashg‘ul bo‘lib, o‘z joning g‘amini yeb qolganing-
dagina kesaman. Ana shunda sen banddan ozod 
bo‘lasan, men ham sendan qutulaman.
Kalamush aytganini qildi – hamma bandlarni 
qirqib, bittasini qoldirdi. Tong otib, ufqdan quyosh 
bosh ko‘tara boshladi. Birozdan keyin uzoqdan 
ovchining kelayotgani ko‘rindi.
Kalamush dedi: 
– Endi oxirgi bandni kesmoq, va’da ustidan 
chiqmoq vaqti keldi.
Mushukning ko‘zi ovchiga tushishi bilanoq 
o‘lim vahmiga tushdi, kalamush uning yodidan 


256
ko‘tarilib ketdi. Shu vaqtda kalamush oxirgi 
bandni kesdi. Mushuk sapchib, bir daraxtning 
ustiga chiqib oldi, kalamush esa bir teshikka 
kirib, g‘oyib bo‘ldi. Ovchi titilgan kesilgan to‘rini 
ko‘tarib, orqasiga qaytdi.
Ertasi kuni kalamush inidan mo‘ralab turgan 
edi, mushukni ko‘rib qoldi. Lekin uning yoniga 
borishga jur’at qila olmadi.
Mushuk baland ovoz bilan qichqirib dedi: 
– Ey, do‘stim, nega mendan xavfsiraysan? 
Qo‘lga kiritilgan eng yaxshi noyob narsani – do‘st-
ligimizni saqlab qolish kerak. Yaqinroq kel, men 
yaxshiligingni qaytaray, muruvvat qilib, mard-
ligim va saxiyligimni ko‘rsatay.
Kalamush uning taklifini qabul etmay jo yida 
turaverdi.
Mushuk dedi: 
– Diydoringni mendan yashirma va do‘st-
ligimizni barbod etma... Men sen tufayli tirik 
qoldim, bundan buyon hayotimni senga bag‘ish-
layman, umrimning oxirigacha yaxshiligingni 
unutmayman va imkon tug‘ilishi bilan sening 
yaxshiligingni qaytarishga harakat qilaman.
Mushuk ko‘p yolvordi, ko‘p yalindi, lekin so‘zlari 
kalamushga kor qilmadi.
Kalamush javob berdi: 
– Zoti dushman bo‘lib do‘stlikdan lof urganlar-
ga, dilida g‘anim, tilida do‘st bo‘lganlarga ishonib 
bo‘lmaydi. Ikkimizning o‘rtamizda hamjinslik yo‘q. 
Kimki o‘z jinsidan bo‘lmaganga qo‘shilsa, qurba-
qadek baloga yo‘liqadi.
Mushuk so‘radi: 
– Qurbaqaga nima bo‘lgan ekan?


257

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin