Maymunning sher haqidagi hikoyati
Bir sher qo‘tir kasaliga mubtalo bo‘lgandan ke-
yin quvvati ketib, ov qilolmay qoldi. Uning xizma-
tida bir tulki bor edi. U sherdan qolgan taom bilan
kunini o‘tkazardi. Sher ovga yaramay qolgandan
keyin tulkining rizqi kesildi. U bir kun sherga dedi:
– Shohim, dardlarini muolaja qilish fikrida
emasmilar?
Sher dedi:
242
– Ey, tulki, agar darmoni topilsa, bu azobga bir
zum ham chidab o‘tirmas edim. Eshitishimcha,
eshakning qulog‘i bilan yuragi dardimga davo
emish.
Tulki dedi:
– Agar ijozat bersangiz, eshakni topib keltirsam.
Bu yaqinlikdagi buloqqa bir odam har kuni kir
yuvgani keladi. Uning bir eshagi bor, har kelgani-
da buloq atrofida o‘tlab yuradi. Zora o‘shani hiyla
bilan olib kelsam. Shohim, uning yuragi va qulo-
qlarini yeb, qolganlarini o‘z xizmatchisiga bersa.
Sher rozi bo‘ldi. Tulki buloq tarafiga jo‘nab ket-
di. Uzoqdan bir eshakni ko‘rib qoldi. Uning yoniga
kelib salom berdi, mehribonlik ko‘rsatib, u yoq-bu
yoqdan so‘z boshladi, so‘ngra so‘radi:
– Nima uchun sen juda charchagan, xafa va
oriq ko‘rinasan?
Eshak dedi:
– Xo‘jayinim borgan sari ko‘proq yuk ortib, kam-
roq ovqat beryapti. Nima qilishimni bilmayman.
Tulki dedi:
– Sen sodda va go‘l bo‘lmasang, qochib bu
azob-uqubatdan qutulgan bo‘lar eding.
Eshak dedi:
– Qayerga bormayin, men bu azobdan qutu-
lolmay man.
Tulki dedi:
– Xo‘p desang, seni shunday bir chamanzor-
ga olib borib qo‘yayki, u joyning havosi musaffo
bo‘lib, ko‘m-ko‘k o‘t belingdan keladi... Bundan
ilgariroq bir urg‘ochi eshakka nasihat qilib edim,
u hozir o‘sha chamanzorga borib, yuk ham tashi-
masdan, yeb-ichib, maza qilib yurgan emish...
243
Bu so‘zlardan eshakning og‘ziga suv keldi va
xursand bo‘lib tulkiga dedi:
– Sening maslahatingga kirmasdan bo‘lmaydi,
chunki sen buni do‘stlik, shafqat va xayrixohlik
yuzasidan aytmoqdasan.
Tulki eshakni sherning huzuriga keltirdi. Sher
ochko‘zlik qilib bo‘kirganicha eshakka tashlandi,
lekin zaifligi tufayli uni ushlay olmadi. Eshak esa
qochib qutuldi.
Tulki sherning zaifligidan taajjub qilib dedi:
– Baxtsizligingizni qarang, bir oriq eshakni ham
tutib yeya olmadingiz-a!
Bu so‘z sherga og‘ir tuyuldi, u o‘z-o‘ziga dedi:
«Agar o‘zim jo‘rttaga tutmadim desam, uni ta-
ajjublantirgan bo‘laman, agar zaifligim tufayli
tuta olmadim desam, ojizligimni e’tirof etgan
bo‘laman». So‘ngra tulkiga qarab dedi:
– Shohlarning qilayotgan ishlari sababini rai-
yatning bilishi shart emas. Sen bu savolni menga
bermasliging kerak edi. Endilikda bu fikringdan
kech. Yana bir hiyla ishlatib, eshakni qaytarib
kelsang, sening sadoqating hamda fidokor ekan-
liging yana bir karra isbot etilgan bo‘lar edi.
Tulki o‘rnidan turib, eshakning yoniga keldi.
Eshak uni ko‘rib, koyib dedi:
– Sen meni qayerga olib borgan eding?
Tulki dedi:
– Sening odamlardan ko‘rgan azob-uqubatla-
ring hali ham yodingdan chiqmaganga o‘xshaydi.
Shuning uchun har narsadan qo‘rqaverasan. Asli-
da u yerda tahlikali hech narsa yo‘q edi.
Sening ko‘rganing men senga aytgan urg‘ochi
eshak edi. U ehtirosi shiddatidan o‘zini unutib
244
qo‘yib, senga tashlandi. Agar biroz sabr qilsang
edi, uning qanchalik mehribon va yumshoq mu-
omalali ekanligini ko‘rar eding.
Tulki urg‘ochi eshakni shunday maqtab ketdiki,
oxiri bu eshak uning gapiga ishondi (u shu vaqtga
qadar sherni ko‘rmagan edi) va tulkining oldiga
tushib, sherning huzuriga tulki ketidan ravona
bo‘ldi. Tulki oldinroq borib sherni ogohlantirib
qo‘ydi. To eshak sherga yaqinlashmaguncha ham-
la etmasligini iltimos qildi.
Sher tulkining aytganini qilib, eshakni meh-
ribonlik bilan qarshi oldi, bir necha shirin so‘z
aytdi. Eshak tap tortmay sherning oldiga juda
yaqin keldi. Shunda sher sakrab turib, eshakni
pora-pora qilib tashladi, so‘ng tulkiga dedi:
– Men buloqqa borib cho‘milib kelgunimcha
buni poylab tur, kelganimdan so‘ng uning yuragi
va quloqlarini yeyman.
To sher cho‘milib kelguncha tulki eshakning
yuragi va quloqlarini yeb to‘yib oldi.
Sher kelib eshakning yurak va qulog‘ini top-
magach, tulkiga dedi:
– Buning yuragi va quloqlari qani?
Tulki dedi:
– Shohim salomat bo‘lsinlar. Bu eshakning
qulog‘i ham, yuragi ham yo‘q edi. Agar uning yu-
ragi bo‘lsa edi, xavf-xatarni sezgan, qulog‘i bo‘lsa,
bi rinchi hujumingizdan so‘ng mening yolg‘onla-
rimga quloq solmagan va o‘z oyog‘i bilan go‘rga
kirmagan bo‘lur edi.
Bu masalni shuning uchun keltirdimki, sen
bilginki men eshak kabi qalbsiz va quloqsiz
245
emasman. Sen hiyla va makrlaringning hamma-
sini ishlatding, men esa ularni o‘z aql va idrokim
bilan tushunib oldim. Endi sen yana orqaga qay-
tishni xohlaysan, yo‘q, bu hiylangdan endi ish
chiqmaydi.
Toshbaqa dedi:
– To‘g‘ri aytasan, senga e’tiroz etishga o‘rin
qolmadi. Endi sening qalbingga shunday dog‘
tushdiki, uni hech narsa yuvib tashlay olmaydi.
Mening ham betimga bir razolat tamg‘asi bosildiki,
uni ham hech narsa yo‘qotolmaydi... Endi firoq
zaharini qatra-qatra yutib, hijron qamchilariga
yelkani tutib berishdan bo‘lak iloj qolmadi...
Toshbaqa bu so‘zlarni degandan so‘ng ming
pushaymon bo‘lib uyiga qaytib ketdi. Bir qimmat
narsani yoki bir do‘stni qo‘lga kiritib, nodonlik
va g‘aflat tufayli undan ayrilish haqidagi hikoyat
mana shundan iboratdir. Aql va tajriba egalari
bu qissadan ibrat olib, qo‘lga kiritgan davlat,
orttirgan do‘st va boshqa ne’matlarini ehtiyot
qilib saqlashga intilishlari va ularni qo‘ldan boy
bermasliklari lozim. Chunki qo‘ldan ketgan nar-
sani qaytarmoq mumkin bo‘lmaydi, bir so‘z bilan
aytganda, oxirgi pushaymon – o‘zingga dushman.
|