sug‘urta qildiruvchi – sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan, sug‘urta shartnomasida kelishilgan sug‘urta mukofotini (sug‘urta to‘lovini) to‘lovchi va sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
sug‘urta polisi – sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta mukofotini yoki uning birinchi qismini to‘lagandan keyin beriladigan hujjat;
sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablag‘lari miqdori bo‘lib, sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini undan oshmagan miqdorda to‘lash majburiyatini oladi;
sug‘urta hodisasi – sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan va u sodir bo‘lishi bilan sug‘urtalovchining sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea;
sug‘urta mukofoti – sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta haqi;
sug‘urta tovoni – sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida kelishilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchi ko‘rgan zararlarini sug‘urta summasidan oshmagan miqdorda to‘laydigan pul mablag‘lari miqdori;
standart aylanma – zarar ko‘rishdan bevosita avvalgi o‘n ikki oyga teng qoplama to‘lashning eng ko‘p davriga to‘g‘ri keladigan mablag‘lar aylanmasi;
sug‘urta hududi – sug‘urta amalda bo‘ladigan hudud. Sug‘urta shartnomasi sug‘urta hududida sodir bo‘lgan hodisalarga nisbatan amalda bo‘ladi;
tegishli ravishda tovarlarni jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish) – kontraktning shartlari va muddatlariga muvofiq kontragentga tovarlarni jo‘natish (xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish), bunda:
jo‘natilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) kontragent tomonidan kontrakt shartlari va muddatlariga muvofiq qabul qilib olingan;
tovarlar (xizmatlar, ishlar) sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan
davrda jo‘natilgan (ko‘rsatilgan, bajarilgan);
tovarlar (xizmatlar, ishlar) kontrakt valutasiga sotilgan
(ko‘rsatilgan, bajarilgan);
tadbirkorlik xavfi – tadbirkorning kontragentlari o‘z majburiyat-
larini buzishi yoki tadbirkorga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga ko‘ra bu faoliyat shart-sharoitlarining o‘zgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi;
foydaning yo‘qotilishi – sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalangan
faoliyatidan biznesi to‘xtashi davrida olishi mumkin bo‘lgan foyda;
franshiza – sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan, sug‘urta-
lovchi tomonidan qoplanmaydigan sug‘urta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza ham sug‘urta summasidan foizlar ko‘rinishida, ham aniq summada o‘rnatilishi, hamda shartli va shartsiz bo‘lishi mumkin. Shartli franshiza o‘rnatilganda, sug‘urtalovchi franshiza miqdoridan ko‘p bo‘lmagan zarar uchun javobgarlikdan ozod bo‘ladi. Shartsiz franshiza o‘rnatilganda esa, sug‘urtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi.
Shuningdek, sug‘urta shartnomalarida vaqt ko‘rinishidagi franshiza (vaqt franshizasi), ya’ni zarar sodir bo‘lgan paytdan boshlanib, belgilangan vaqt o‘tishi bilan tugaydigan vaqt oralig‘i o‘rnatilishi ham mumkinki, bu vaqt oralig‘i davomida ko‘rilgan zararlar qoplanmaydi.
Sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchining quyidagi hujjatlar ilova qilingan yozma arizasi asosida tuziladi:
sug‘urta qildiruvchi faoliyatining qonuniyligini belgilaydigan hujjatlar (ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma, litsenziya va b.);
sug‘urta himoyasi so‘ralayotgan kontrakt (shartnoma, bitim)
nusxasi (zarurat bo‘lganda);
d) sug‘urtalovchiga tavakkalchilik darajasini baholashga imkon
beruvchi boshqa hujjatlar.
Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida sug‘urta shartnomasini tuzish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan xabar qilingan, sug‘urta shartnomasiga aloqador ma’lumotlarni tekshirishga haqli. Xususan, sug‘urtalovchi yoki uning vakillari sug‘urta qildiruvchining kontragenti bilan kontrakt munosabatlariga aloqador hujjatlarni yoki ularning nusxalarini tekshirish huquqiga ega.
Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng ariza uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Bir yil davomida amalda bo‘ladigan bir nechta (qator) kontraktlarga nisbatan Bosh sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urta mukofotlarini tegishli kontraktlar sug‘urtalashga qabul qilinishi bilan to‘lashga yo‘l qo‘yiladi. Bosh sug‘urta shartnomasi quyidagi shartlarga amal qilinganda tuzilishi mumkin:
kontraktlar bir xil turda bo‘lishi lozim (savdo-sotib olish yoki
vositachilik yoki sh.k.);
kontragentlar tarkibi Bosh sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan muddatda doimiy bo‘lishi va uni tuzishdan oldin sug‘urtalovchiga ma’lum bo‘lishi lozim.
Sug‘urta qildiruvchining talabiga binoan sug‘urtalovchi Bosh sug‘urta shartnomasining ta’sir doirasida bo‘ladigan alohida kontraktlar bo‘yicha sug‘urta polislarini berishi shart. Sug‘urta polisining mazmuni Bosh sug‘urta shartnomasiga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, sug‘urta polisi afzal ko‘riladi.
Tavakkalchilik darajasi o‘zgarganda qoplanayotgan tavakkalchiliklarning tavsifidan kelib chiqib, sug‘urtalovchi maxsus ishlab chiqilgan tariflarni qo‘llashga haqli. Sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni talab etilganda sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganligini va zararning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki ularning nusxalarini, yoki boshqa dalillarni (kontrakt, yuk hujjatlari, hisob-fakturalar, to‘lov hujjatlari, sug‘urta qildiruvchi va debitor o‘rtasidagi yozishmalarni, ushbu zararga tegishli boshqa hujjatlarni) hamda voqeaning sodir bo‘lish sabablaridan kelib chiqib boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Sug‘urta tovonining miqdorini aniqlashda arizada ko‘rsatilgan daromadni olish uchun sug‘urta qildiruvchi ko‘rgan chora-tadbirlari va shu maqsadda amalga oshirgan tayyorgarliklarini tasdiqlovchi hujjatlar sug‘urtalovchi tomonidan inobatga olinadi va o‘rganib chiqiladi (sug‘urta qildiruvchi tomonidan tovarlar, uskunalar (qarzdordan butlovchi qismlarni olishni hisobga olgan holda) va shokazoyetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalari (kontraktlari), yangi uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib borilishi va boshqa shu kabi dalillar).
Agar sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchidan tushuntirishlar va tegishli qo‘shimcha hujjatlarni (buxgalteriya, bank hujjatlarini va b.), shu jumladan, dalolatnomalar hamda auditorlik va baholovchi tashkilotlarning xulosalarini so‘rashga, zarur hollarda esa, sodir bo‘lgan voqeaning tafsilotlari, sug‘urta qildiruvchining ololmagan daromadlarning (yo‘qotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilishga, shuningdek, sodir bo‘lgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash bo‘yicha boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda tegishli ravishda jo‘natilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sug‘urtalovchi tomonidan zararni qoplash bo‘yicha talablar zarar yuz bergan paytdan boshlab uch yil mobaynida qabul qilinadi. Sug‘urta qildiruvchi zararni keltirib chiqargan voqeaning sodir bo‘lganligi haqida xabar qilganda, sug‘urtalovchi sug‘urta da’vosini ko‘rib chiqish va sodir bo‘lgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini batafsil o‘rganib chiqish uchun o‘z xodimini yoki boshqa shaxsni yuborishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining vakiliga sodir bo‘lgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini o‘rganib chiqish imkoniyatini ta’minlashi yoki zararni keltirib chiqargan voqea sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi video-, fotomateriallarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Sug‘urta hodisasining sodir bo‘lishi munosabati bilan jinoiy ish, fuqarolik sud ishi yoki ma’muriy jazolar qo‘llash haqida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tegishli summalarni to‘lash to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishini mutasaddi idoralar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar kechiktirishga haqli. Sodir bo‘lgan voqea, zararlar hajmi va sug‘urta tovoni miqdori bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lmasa, sug‘urtalovchi to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovoni miqdori ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnomani (sug‘urta dalolatnomasini) tuzadi.
Tomonlar sug‘urta shartnomasi yoki tomonlarning moliyaviy ahvoliga tegishli ma’lumotlarni nashr etish, boshqa usul bilan uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqiga ega emaslar. Sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.