Uz Sugurta Umid doc


Xalqaro sug‘urta bozori rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar: sug‘urta mukofotining yalpi ichki mahsulotdagi



Yüklə 2 Mb.
səhifə62/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

12.2. Xalqaro sug‘urta bozori rivojlanishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar: sug‘urta mukofotining yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi, sug‘urta mukofotlarining aholi jon boshiga taqsimoti va

boshqalar


Xalqaro sug‘urta bozorining rivojlanishini ifodalovchi shunday ko‘rsatkichlar borki, bu ko‘rsatkichlarga asoslanib u yoki bu davlatning xalqaro sug‘urta bozorida tutgan o‘rniga, mavqeyiga baho beriladi. Aslida xalqaro sug‘urta bozori Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi sug‘urta bozorlaridan tarkib topgan. Yevropa Ittifoqi sug‘urta bozorining xalqaro sug‘urta bozoridagi roli nisbatan yuqori bo‘lganligi sababli mazkur qit’ada sug‘urta bozori rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz.
Yevropa Ittifoqi sug‘urta bozori dunyoda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bozorlardan biri hisoblandi. 2008-yilda boshlangan va bugungi kunda ham davom etib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Yevropa Ittifoqi sug‘urta bozori rivojlanishiga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, yevropa sug‘urta bozori jahonning yirik sug‘urta bozori sifatidagi mavqeyini saqlab qolgan. 2008-yil ma’lumotlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Yevropa sug‘urta bozorining jahon sug‘urta bozoridagi ulushi 41,1 foizni tashkil etgan.
12-jadval

Qit’alarning jahon sug‘urta bozoridagi salmog‘i (foizda)1



t/r

Qit’alar

2005

2006

2007

2008

1

Amerika

37,4

36,3

34,6

34,0

2

Yevropa

37,5

39,6

42,8

41,1

3

Osiyo

22,2

21,1

19,7

21,9

4

Okeaniya

1,2

1,6

1,7

1,8

5

Afrika

1,7

1,4

1,2

1,2

Jahon bo‘yicha

100,0

100,0

100,0

100,0

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2005–2008-yillarda jahon miqyosida to‘plangan sug‘urta mukofotlarining salmoqli qismi Yevropa qit’asiga to‘g‘ri kelgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Yevropa qit’asi bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining katta qismi, shubhasiz, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning sug‘urta bozorlariga to‘g‘ri keladi. Bu yerda Buyuk Britaniya sug‘urta bozorining nafaqat Yevropa qit’asi sug‘urta bozoriga, balki dunyo sug‘urta bozorining rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yevropa sug‘urta bozorining markazida, shubhasiz, Buyuk Britaniya sug‘urta bozori turadi. Buyuk Britaniya jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtisodiyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan, uning tovarlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligi tushib ketgan bo‘lsada, Buyuk Britaniyaning moliya-kredit tizimi hamon dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi. Xuddi shunday, ular korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi.
Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik sohasi hisoblanadi. 2008-yilda sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari umumiy 157,5 mlrd funt sterlingni tashkil etdi. Bu yalpi ichki mahsulotning 12,5 foizi demakdir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlarining deyarli 45 foizi sug‘urta kompaniyalarining chet mamlakatlarda olib borgan sug‘urta operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valuta tushumlarining 50 foizi sug‘urta mukofotlari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatida sug‘urta operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan, bu yerda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun hukumat yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan. Bu holat, so‘zsiz Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sug‘urta kompaniyalari uchun ham tatbiq etiladi. Hozirgi paytda Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150 ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bitimlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesni xalqaro darajada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
O‘nlab yillar davomida Buyuk Britaniyada, hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishini va ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta kompaniyalarini Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Londonda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi qiziqishlari bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etganimizdek, sug‘urta kompaniyalari yig‘gan sug‘urta mukofotlarining katta qismi ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan shakllanadi. Masalan, «Royyal Inshurens» kompaniyasi sug‘urta mukofotlarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan. Shuningdek, «Kommershial Yunion» va «Jeneral eksident» kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta mukofotlari xorijiy mamlakatlardan (asosiy qismi AQSh va Kanadadan) kelib tushgan.
Buyuk Britaniyada sug‘urtaga aholining hurmat bilan qarashini 13jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2008-yilda alohida mamlakatlar doirasida milliy sug‘urta bozorlari bo‘yicha to‘plangan sug‘urta mukofotlarini aholi jon boshiga taqsimlaganda dunyoda birinchi o‘rinni Shveytsariya davlati egallab turibdi. Bu davlatda bir yilda bitta fuqaroning sug‘urtaga sarflagan xarajatlari o‘rtacha 5740,2 AQSh dollarini tashkil etgan. Uning katta qismi, ya’ni 3308,6 AQSh dollari hayotni sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini sotib olishga sarflangan. Qolgan qismi umumiy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini sotib olishga sarflangan.
Shveytsariyaning «svissre» qayta sug‘urtalash kompaniyasi tomonidan nashr etiladigan va dunyoda sug‘urta sohasida rasmiy ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha yetakchi nashrlardan biri «Sigma» jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi jon boshiga keladigan eng ko‘p to‘g‘ri sug‘urta mukofotlari bo‘yicha reytingda
Buyuk Britaniya ikkinchi o‘rinni egallagan. Jadvalda keltirilganidek, 2008-yilda bu mamlakat fuqarosi bir yilda sug‘urta kompaniyalariga o‘rtacha 4484,4 AQSh dollari miqdorida sug‘urta mukofotlari to‘lagan. Bu sug‘urta mukofotlarining 71,1 foizi yoki 3190,4 AQSh dollari hayot sug‘urtasiga to‘g‘ri keladi.

13-jadval Ayrim rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan sug‘urta mukofotlarining aholi jon boshiga taqsimoti1


(AQSh dollari, 2008-y.)


Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin