Uz Sugurta Umid doc


iste’molchilarning manfaatlarini muhofaza qilish



Yüklə 2 Mb.
səhifə58/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

11.3. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishni standartlashtirish orqali

iste’molchilarning manfaatlarini muhofaza qilish


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-son buyrug‘i bilan «Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangan. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda 1891-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
Ta’kidlash lozimki, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish deganda, tadbirkorlik xavflarini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta himoyasini taqdim etish tushuniladi. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini taqdim etayotgan sug‘urtalovchilar uchun majburiydir. Biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari standart tushunchalar va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari, agar qonun hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasini tuzmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va to‘liq axborotni taqdim etishi shart:

  1. sug‘urtalovchi haqida (oshkora axborotni);

  2. sug‘urtalovchi nomidan va topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta vositachilari (sug‘urta agentlari) haqida (agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo‘lgan taqdirda);

  1. sug‘urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug‘urta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va hokazo haqida;

  2. sug‘urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va

kamchiliklari haqida;

  1. sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari haqida;


  1. sug‘urta mukofotlari (badallari) va mablag‘larning kutilayotgan

qaytarilishi haqida (qo‘llanilishi mumkin bo‘lganda);

  1. sug‘urta da’volarini hal etish tartibi va sug‘urta shartnomasining

boshqa shartlari haqida.
Sug‘urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) bo‘yicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda bo‘lishi shart.
Sug‘urtalovchi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini taqdim etishi;

  • sug‘urta xizmatlarini, hatto ular amalga oshirilishining o‘ziga xos shartlariga ega bo‘lgan holatlarda ham, Nizomning talablariga muvofiq ko‘rsatishi;

  • o‘z xodimlarining barcha ishlarini qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlashi;

  • ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot, shuningdek, sug‘urta shartlaridagi o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida axborot taqdim etishi;

  • iste’molchining talablariga aynan mos keluvchi sug‘urta xizmatlarini tanlashga yordam berishi;

  • sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urta tovonini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashi;

  • o‘z ishidagi xatolarni so‘zsiz tuzatishi hamda sug‘urta qildiruvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishi shart.

Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida nazarda tutilgan sug‘urta shartnomasining muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilishi hamda ular sug‘urta shartnomasida aniq va ravshan bayon etilishi shart. Sug‘urta shartnomasi yanglishtiruvchi tasvirlovchi harakatlar yoki ta’riflardan xoli bo‘lishi shart. Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi qonun hujjatlarida va yoki umum qabul qilingan amaliyotda nazarda tutilgan sug‘urta qildiruvchi oldidagi qaysidir majburiyatini yoki javobgarligini istisno qilish yoki cheklashga intilib, qaysidir me’yorni asossiz ravishda dalil qilib ko‘rsatishga haqli emas. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining qaysidir savollariga sug‘urta qildiruvchining javoblari bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tegishli holatlar sug‘urta qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va hal etish tizimini yaratishlari va qo‘llab-quvvatlashlari shart. Sug‘urtalovchilar sug‘urta da’volarini o‘z vaqtida va odilona hal etishlari shart. Sug‘urta da’volarini samarali va tez hal etish mumkin bo‘lgan sug‘urta da’volarini va nizolarni hal etishning sodda va obyektiv jarayoni mavjud bo‘lishi, ushbu jarayon aniq va oson tushuniladigan bo‘lishi lozim. Sug‘urtalovchi sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqishning muqobil mexanizmi sifatida o‘zidan mustaqil bo‘lgan tashkilotga (masalan, Assistans xizmati yoki adjasterlarga) murojaat qilishga haqli.
Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin uch bank kuni bo‘lgan muddatdan kechiktirmay yetkazilgan zararlarning sabablari va miqdorlarini aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rashga haqli. Agar sug‘urtalovchi voqeani sug‘urta hodisasi deb tan olsa, u sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi, unda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘urta tovonining miqdorini ko‘rsatishi va sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh bank kuni bo‘lgan muddatdan kechiktirmay sug‘urta tovonini to‘lashi shart. Voqea sug‘urta hodisasi deb tan olinmasa, sug‘urta qildiruvchi zararlarni qoplash talabi bilan murojaat etgan kundan boshlab o‘n besh kun bo‘lgan muddatdan kechiktirmay sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchiga rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan xabarnomani yo‘llashi shart.
Sug‘urta shartnomalari va biznes sohasi uchun sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa hujjat aylanmasida (ish xatlarida, zararlarni hal etish hujjatlarida va sh.k.) foydalaniladigan asosiy atamalar va ta’riflarning turlicha talqin etilishini oldini olish maqsadida, quyidagi standart tushunchalar qo‘llaniladi:

  • aylanma – sug‘urta qildiruvchi tomonidan sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sug‘urta qildiruvchiga to‘lanilayotgan (siylovlar chegirilgan holda) va to‘langan pul mablag‘lari;


  • Yüklə 2 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin