Kurs ishining maqsadi – talaba tomonidan nazariy bilimlar to‘la o‘zlashtirilgandan so‘ng, uning ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini kengaytirish, mustahkamlash, mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy izlanish ishlariga yo‘naltirishdir.
Talabalar kurs ishini bajarish jarayonida tadqiqot elementlaridan foydalanib, mustaqil ravishda boshqaruv muammolarini hal qilishda o‘z mahoratlarini ko‘rsatishi, “Menejmentga kirish” fanidan olgan bilimlaridan foydalanib korxona(firma)larning boshqaruv faoliyatida menejment elementlarini tadbiq etish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini ishlab chiqishlari zarur.
Kurs ishining asosiy vazifalari:
talabalarning «Menejmentga kirish» fanidan ilmiy va nazariy o‘zlashtirgan bilimlarini har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga, olingan bilimlarini ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda mustahkamlash;
ma’lumotlarni mustaqil izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish jarayonida vaziyatlarni o‘rganishga bo‘lgan bilimlarni egallash;
2. KURS ISHI MAVZULARINI TANLASH VA TASDIQLASH TARTIBI. Kurs ishini sifatli va muvaffaqiyatli bajarishning hal qiluvchi jihatlaridan biri talaba tomonidan kurs ishi mavzusini yorita olish imkoniyatlari, saviya va bilim salohiyatiga tayanish asosida to‘g‘ri tanlash muhim o‘rin tutadi. Talabalar o‘qish davrining 1-bosqichi I semestrida «Menejment» kafedrasi tomonidan ishlab chiqiladigan va taklif qilinadigan «Kurs ishi mavzulari”ning ro‘yxati bilan tanishtiriladi. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlashda kafedra tomonidan ishlab chiqilgan kurs ishlari mavzulari bankidan o‘zlari qiziqadigan mavzuni tanlashadi va uni kafedrada ro‘yhatdan o‘tkazishadi. Bundan tashqari kafedra roziligi bilan talaba kurs ishining mavzusini o‘zi taklif qilishi va asoslashi mumkin. Kurs ishi mavzulari zamonaviy boshqaruvda dolzarb bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘z ichiga olishi zarur (1-ilova).
Kurs ishi mavzulari talabalar oldiga aniq vazifalar qo‘yishi kerak.
Kurs ishi mavzulari institut va kafedra ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ilmiy mavzularga, kafedra va korxonalar o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari mavzulariga va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Shunindek, talabalar tomonidan kurs ishi mavzusini kelgusida bajariladigan Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga moslab tanlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.