85
lashda oddiydan murakkabga o‘tish prinsipiga asoslanish zarur.
Bunda logoped fonetik talablarni doimo hisobga olib borishi ke-
rak. Eng oldin talaffuzi fonetik jihatdan oson tovush o‘rganiladi.
Differensiatsiya bosqichida, eng avval, artikulatsiya jihatidan bir-
biridan uzoq tovushlar, so‘ngra yaqin, o‘xshash
tovushlar ustida
ish olib boriladi.
Tovushlar avtomatizatsiyasi o‘tkazishda dastlabki bosqichlar-
da sodda yopiq bo‘g‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq
bo‘g‘inlar beriladi. Ularning talaffuzi o‘zlashtirilgandan so‘ng
sodda so‘zlar, gaplar talaffuziga o‘tiladi va hokazo. Masalan, lo –
la, ol – ma, gi – los, ix – los va hokazo.
Agar bolada polimorf
talaffuz defekti bo‘lsa, bunday bolalar bilan bir nechta tovush
talaffuzini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish ustida ish olib bo-
rish mumkin. Eng avval o‘zining artikulatsiyasi bilan bir-biridan
uzoq turadigan keskin farq qiladigan tovushlar ustida ish olib bo-
riladi. Masalan, «r», «s», «y» tovushlar bir-biridan talaffuz jihat-
dan keskin farq qiladi. Shuning uchun bu uch tovushni bir vaqtda
o‘rgatish mumkin.
Lekin bola «s», «sh», «l», «r» tovushlarini noto‘g‘ri
talaffuz
qiladigan bo‘lsa, «s» va «sh» yoki «l» va «r» tovushlari talaffuzi-
ni bir vaqtda tuzatish mumkin emas, chunki o‘xshash tovushlarni
bola bir-biri bilan almashtirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: