Vaqt tizimi reja: Yo‘ldosh texnologiyasida vaqtning funksiyasi Astronomik vaqt tizimi



Yüklə 199,9 Kb.
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü199,9 Kb.
#137501
  1   2   3   4   5
VAQT TIZIMI


VAQT TIZIMI
REJA:


1. Yo‘ldosh texnologiyasida vaqtning funksiyasi


2. Astronomik vaqt tizimi


3. Atom vaqt tizimi


4. Dinamik vaqt tizimi
5. Radionavigasiya tizimidagi vaqtlar

Yo‘ldosh texnologiyasida vaqtning funksiyasi

Kosmik geodeziya, asosan, Yer tashqarisidagi ob’ektlardan signallarni o‘tish vaqtini o‘lchaydi. Shunga ko‘ra, kuzatuvchi ham, kuzatilayotgan ob’ektlar ham, doimiy harakatda bo‘ladi. Shuning uchun, vaqtni aniqlash fundamental bo‘lib hisoblanadi. Vaqtning ikkita funksiyasi: davr va interval ko‘rib chiqiladi. Davr voqealar momentini, interval esa - vaqt shkalasiga mos keluvchi qaysidir birliklarda o‘lchangan, ikki davr orasida oquvchi - vaqtni aniqlaydi.


Kosmik geodeziya vazifalarini yechishda, vaqt ikkita funksiyani bajaradi:
-Yer koordinata tizimini, osmon koordinata tizimiga nisbatan, burilish burchagini ko‘rsatadi, bu bir tizimdan boshqasiga o‘tishda keraklidir;
-tabiiy va sun’iy osmon jismlarining harakat tenglamalarida mustaqil o‘zgaruvchi sifatida qatnashadi.
Yechiladigan vazifaga mos ravishda, vaqt tizimining ikki turi qo‘llaniladi: astronomik va atom vaqtlari. Astronomik vaqt tizimi Yerning sutkalik aylanishi bilan bog‘liq. Yerning aylanishi doimiy hisoblanmaydi. Uning tezligi davriy o‘zgarishlarni va yiliga sekundlar tartibidagi, uzoq muddatli siljishlarni ko‘rsatadi. Unga qarama-qarshi, atom vaqt tizimi qat’iy bir tekis shkalaga ega. Ularning vaqtdagi doimiyligi yiliga mikrosekundlar tartibidagi aniqlikda tavsiflanadi, ya’ni astronomik vaqt tizimiga qaraganda, olti martadan ko‘p, tartibga yuqoridir. Ammo, juda yuqori natijalar aniqligi talab etilganda, davriy tavsifga ega, umumiy va maxsus nisbiylik nazariyasi effekti hisobga olinmaganligi natijasida, atom vaqt tizimi yetarli bo‘lmay qoladi. Bunday hollarda, dinamik vaqt qo‘llaniladi. Bundan tashqari, turli xil vaqt tizimlari orasidagi ishonchli o‘zaro bog‘liqlik ta’minlanishi shart.
Yuqorida ko‘rsatilgan, barcha holatlarda, no‘l punkt tizimiga nisbatan, momentlarni bilish kerak, ya’ni mos keluvchi vaqt shkalasiga voqealarni absolyut bog‘lash kerak bo‘ladi. Uning qanday tezlik bilan ishlashi: Yerning aylanish tezligi, yo‘ldoshni orbita bo‘ylab, harakat tezligi yoki elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi shartlariga bog‘liqdir. Masalan, inersial tizimdan, yer tizimiga o‘tishda, koordinatalarni millimetr aniqlikda, qayta hosil qilishga erishish uchun, vaqtni 10 mks atrofidagi aniqlikda bilish kerak bo‘ladi. Bunday vaqt oralig‘ida yo‘ldosh 5 santimetrgacha uchib o‘tadi. Bundan yuqori aniqlik esa, vaqt intervallarini o‘lchashda kerak bo‘ladi. Yo‘ldosh priyomniklaridagi asosiy o‘lchashlar, yo‘ldoshdan priyomnikgacha signallarni o‘tish vaqtini aniqlashdan iboratdir. Bu vaqtni, elektromagnit to‘lqinlariga ko‘paytirib, yo‘ldoshgacha uzoqlik topiladi. Bu yerdagi 10 mks xatolik, uzoqlikda 3 km xatolikni beradi. Zamonaviy navigasiya tizimlarda qo‘llaniladigan, uzoqlikni bir yo‘nalishli usulda aniqlash, vaqt intervallarini o‘lchashni, juda yuqori darajadagi aniqligini va vaqt shkalasiga bir vaqtda bog‘lashni talab etadi. Buning uchun, yo‘ldoshlarda atom soatlari (seziyli va rubidiyli)dan foydalaniladi. Priyomniklarda, odatda qimmat bo‘lmagan va kam aniqlikdagi kvars soatlar o‘rnatiladi. Monitoring maqsadlari uchun, davomiyli kuzatishlarni bajarishda, priyomnik vodorod standart chastotasiga ulanishi mumkin. So‘nggi, ikki o‘n yillikdagi vaqtni o‘lchash va saqlash uchun, ishlab chiqarilgan asboblar jarayonini kuzatishlar, jumladan, atom soatlarining paydo bo‘lishi, yo‘ldoshli texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun prinsipial imkoniyatlarni ochib berdi.



Yüklə 199,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin