Vazirligi buxoro davlat


Mashrab ijodida g’azal janrining o’rni



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə6/11
tarix31.12.2021
ölçüsü78,17 Kb.
#113063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mumtoz matn sharhi, badiiyati (Mashrab. Devon. – Toshken “G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at”, 1980, 43-46-g‘azallar misolida (1)

1.2. Mashrab ijodida g’azal janrining o’rni

Mashrab avvalo mohir g’azalnavis hamda ko’plab sho’x va jarangdor mustazodlar, o’ynoqi va jozibador murabba hamda xalq g’amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo’g’rilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrug’ chiqargan. Mashrabning juda ko’p g’azallari xalq qo’shiqlaridek sodda va jarangdor, jo’shqin va ta’sirchandir.

Mashrab tasavvuf lirikasining ustalaridan hisoblanadi. Chunki uning she’rlarida Alloh ishqini kuylash yetakchilik qiladi. Alloh ishqiga yetishishda har qanday qiyinchiliklarni yengib o’tishga tayyorligini ta’kidlaydi, lekin bu ishni biror narsa ilinjida qilish qoralanadi. Bunga quyida keltirilgan dars namunalari va she’rlar tahlili jaratonida guvoh bo’lasiz.

O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘plab ijodkorlarning adabiy merosiga duch kelamiz. Aksariyat shoirlar ijodida haqiqiy hayotiy mahbubaning ishqi, uning go‘zalligi, o‘ynoqi misralarda ta’riflanadi. Hatto tabiatning mo‘zijalari ilohiyot yaratgan go‘zal zot ma’shuqaning boshdan-oyoq tasviriga, uning kishini haytarda qoldirarli go‘zalligiga bag‘ishlanadi. Endi Boborahim Mashrabga kelganimizda yorning vasli, husn-u jamoli Quyoshdan o‘tkirligi, oshiqni mast qilishi, shu sabab, yor go‘zalligiga g‘arq bo‘lgan oshiq ishq daryosiga suzishi, yorga erishish yo‘lida hamma narsadan voz kechishi kabi kayfiyatlarga duch kelamiz. Mashrabning boshqa ijodkorlardan ajralib turuvchi sifati uning butun borlig‘i bilan Ollohni tanishi, uni sevishi, ayrim o‘rinlarda borliqdan voz kechishi bilan bog‘liqbo‘lgan qarashlarni ilgari surganligining guvohi bo‘lamiz. Mashrabning ideali asarlardagi g‘oya falsafiy-estetik qarashlarga boy bo‘lib, o‘zining badiiy jihatdan yuksakligi takrorlanmas darajadagi o‘ynoqiligi, ayniqsa, yor siymosida faqat Ollohni tan olish kabi xususisyatlari bilan boshqa ijodkorlardan farqlanadi.

II. Bob. Mashrab g’azallarining g’oyaviy-badiiy tahlili

2.1. Mashrab ‘’Devon’’idagi turkiy g’azallari tahlili

Biz Mashrab devonidan o’rin olgan bir nechta g’azallar tahlil qilib, uning badiiy g’oyasi , unda qo’llangan badiiy san’atlar va mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqamiz:

67-g’azal

‘’Kelturmisham’’ radifli g’azal

To Muhiti ishqdin bir qatra nam kelturmisham,

Havzai kavsar yodini ko’nglumga kam kelturmisham.

So’fiyoni savmaa johillig’ini bilmadim,

Ma’rifatni xonaqosina qadam kelturmisham.

Davridur sadru badarg’a (pok ) niyat aylar bukun,

O’tlug’ ohimdin boshimga bir alam kelturmisham.

O’tdi bir payvasta abro’yi xabardor o’lmadi

Misrai sho’xini go’yokim baham kelturmisham,

Dilrabo ko’yida Mashrab telbani tanho dema,

Tora mo’yi ishqidin hayli hasham kelturmisham.




Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin