Mazmuni:
Toki ishq muhitidan bir qatra nam keltirsam,// Kavsar havzasin yodini ko’nglimga kam keltirsam;
So’fiyona xristianlar johilligini bilmadim,// Ma’rifatning uyiga qadam keltirsam;
Paytidir bugun pok niyatlar baland aylash,// O’tlik ohimdan boshimga bir alam keltirsam;
O’tdi bir qoshlari tutashgan xabardor bo’lmadi,// Misrasi sho’xini go’yokim baham keltirsam;
Dilrabo ko’yida Mashrab telbani tanho dema,// Sochlari toriga ishqdan hayli hasham keltirsam.
Shoirning ushbu ‘’Kelturmisham’’ radifli g’azali an’anaviy 5 baytdan
iborat bo’lib, hasbi hol tarzida bitilgan. Shoir bu g’azali orqali yorga
ko’nglidagi hasratlarini to’kib soladi.
‘’Ishqam’’ radifli g’azal
Analhaq gun ejodam, tajalliparvari ishqam,
Mudom az xuni Mansuram erdi durri sog’ari ishqam.
Shabi g’amro kunad ravshan charog’i dudi ohi man,
Zanad ta’na bari xurshedi mahshar axtari ishqam.
Na az kufram tamannoi, na islomam umedvori,
Nadonam Ka’bau butxona az ham kofari ishqam.
Ba sahro ohi Majnunam, ba daryo ashki Farhodam,
Naboshad hamdu man devonai bahru bari ishqam.
Namakparvardai oham, sharomodai dog’am,
Matoi dardu umr doram ba kaf savdogari ishqam.
Shudam payg’ambari savdo, mani devonai Mashrab,
Shafoat mekunand ahli jununro mahshari ishqam.
Mazmuni:
Men ijodimni analhaqdan ( haqligimdan) deb bilaman: ishq yolqinini yoqlayman;
Ohim tutunining shu’lasi g’am tunini yoritadi, // Ishqim yulduzi mahshar quyoshidan ham o’tkirlik qiladi;
Men kufrni ham istamayman , islomni ham orzu qilmayman,// Ishqim o’ti Ka’ba va butxonani bir-biridan farq etmaydi;
Sahrodagi Majnun tortgan ohlarman, Farhod to’kkan ko’z yoshlari daryosiman.// Quruqlik va dengizda menday ishqqa telba yo’qdur;
Totgan tuzim faqat ohdir, dog’larimdan uchqunlar sachraydi,// Umr degan matoh bilan savdo qiladigan savdogarman;
Men devona Mashrab, ko’rgiliklar payg’ambariman,// Ishqim qiyomat kuni telbalarni shafoat qiladi.
Shoirning ‘’Ishqam’’ radifli g’azali tojik tilida bitilgan. Bu Mashrabning
zullisonayn shoir ekanidan dalolat. G’azal 6 baytdan iborat bo’lib,
tajalliparvari-sog’ari-axtari-kofari-bari-savdogari-mahshari so’zlari o’zaro qofiyalanib kelgan.
G’azalda talmeh, mubolag’a, tashbeh tanosub kabi badiiy san’atlar
qo’llangan. G’azalda lirik qahramonning ishqi nimalarga qodir ekanligi
bayon qilingan. Uning ishq o’ti Majnun-u Farhodlarning ham ishq o’tidan
kuchli ekani tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: |