Vazirligi urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi


Relyefni tasvirlash xususiyatlari



Yüklə 250,75 Kb.
səhifə3/4
tarix04.07.2023
ölçüsü250,75 Kb.
#128456
1   2   3   4
2023 kurs loyiha

1.2 Relyefni tasvirlash xususiyatlari
Joyning barcha elementlari ichida relyef eng muhim rolni o’ynaydi, chunki u qolgan barcha elementlarning (gidrografiya, aholi punktlari, yo’llar, o’simlik qoplamining taqsimlanishi va h.k.) holati va o’rniga ta‘sir ko’rsatadi. Bu elementlarning barchasining orasida relyef ta‘sir ko’rsatadigan o’zaro aloqalar mavjud.
Relyef – geografik muhitning muhim elementlaridan biri bo’lib, yer
yuzasi notekisliklari yig‗indisidir. U gidrografik to’r konfiguratsiyasi (ko’rinishi), issiqlik va namlikning qayta taqsimlanishi, o’simlik va tuproq qoplami joylanishi, ekologik sharoitga katta ta‘sir ko’rsatadi. Aholi punktlari, aloqa yo’llari hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar joylashuvi ko’p jihatdan relyefga bog’liq. Joy relyefi hududni qishloq xo’jalik jihatdan o’zlashtirishda (yerlarga mexanik ishlov berish, yonbag’irlar ekspozitsiyasi, tuproqlarni yuvish va h.k.) hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hudud relyefida geologik tuzilish va uning paleogeografiyasi aks etadi. Harbiy-jangovor harakatlar (yashirin harakatlanish, maskirovka, o’tish sharoitlari va boshqalar) ko’p jihatdan relyef bilan belgilanadi. Shu jihatdan, xaritada nafaqat relyef shakllari va uning turli xususiyatlarini berish, balki uning miqdor tavsiflarini (absolyut va nisbiy balandliklar, parchalanish darajasi, yonbag’irlar nishabligi va h.k.) olishga intilish kabilar juda ahamiyatlidir. Demak, yer yuzasi relyefini xaritada tasvirlash ko„rgazmali, o’lchanuvchan va plastiklikka ega bo’lishi kerak. Relyefni xaritada tasvirlash oson ish emas, chunki joyda uch o’lcham (uzunlik, kenglik va balandlik)ga ega hajmli shakllarni ikki o’lchamli tekislikda (xaritada) berish talab etiladi.
Relyefni xaritada tasvirlash murakkab, chunki relyefning hajmliligini tasvirlash zarur, xarita esa joyning tekis tasvirini beradi. Relyef makonda uch o’lchamli va tekislikda tasvirlash kerak bo’lgan xilma-xil hajmli shakllarga ega. Geografik xaritalarda relyefni berish uchun turli tasvirlash usullari ishlatiladi, biroq ularing har biri alohida holda relyefni tasvirlashga qo’yiladigan talablarning (o’lchanuvchanlik, plastiklik, ko’rgazmalilik va boshqalar) barchasini to’liq qanoatlantira olmaydi.
Kartografiyada relyefni tasvirlashning quyidagi usullari ma‘lum: perspektiv, gorizontallar, balandlik otmetkalari, nuqtali, gipsometrik, plastik (nishablik shtrixlari, soyali shtrixlar va otmivka), stereoskopik usullar (sterioparalar, anaglif usul), relyef maketlari, relef xaritalari, relyefning blok-diagrammalari, relyefning raqamli modellari. Relyefni tasvirlashda u yoki bu usulning qo’llanilishi asosan xarita tipi, maqsadi va masshtabiga bog’liq.


Yüklə 250,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin