8-tarbiyalanuvchi: Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
9-tarbiyalanuvchi: Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
10-tarbiyalanuvchi: Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq.
11-tarbiyalanuvchi: Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
12-tarbiyalanuvchi: Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda.
Mashg ‘ulotning asosiy qismi Tarbiyachi:Barakalla biz bugun shu sonlardan foydalanib masala tuzamiz. Diqqat bilan doskaga qarang. (Doskaga o‘g‘il bola va 3 ta kitobning rasmi qo‘yiladi)
T arbiyachi:Bu bolaning ismi Karim. Karimda nimalar bor?
Tarbiyalanuvchilar:Karimda kitoblar bor.
Tarbiyachi: Karimning kitoblari nechta?
Tarbiyalanuvchilar: Kitoblar 3 ta.
Tarbiyachi: (Doskaga qiz bola va 1 ta kitobning
rasmi qo‘yiladi) Bu Nigora. Nigoraning kitobi nechta?
Tarbiyalanuvchilar: Nigoraning kitobi bitta
Tarbiyachi: Shu rasm asosida masala tuza olasizmi?
Tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yordamida masala tuzadilar: Karimda 3 ta Nigorada 1 ta kitoblar bor. Bolalarda hammasi bo‘lib nechta kitob bor? (Doskaga rasmlar shu tartibda joylashtiriladi)