Sartsinoid tuzilma. Bu tuzilmaning harakterli belgisi bo'lib, kokkoid tuzilmaning tashqi ko'rinishi vegetativ bo'Iinishini turli satxlarda ro'y berib, natijada tetraedrik yoki boshqa (ipsimon emas) oson ajralib ketadigan to'plamlar hosil qilishi hisoblanadi. Sartsinoidlar vegetativ hayoti davomida harakatlanmaydigan hayot kechiradi. Ular bir hujayrali yoki koloniyali, hujayrasi po'stli, ikki uchi o'zaro o'xshamagan organizmlardir. Sartsinoid suvo'tlarning xilma-xilligi ularning hujayralari tashkil qilgan to'plamlarning shakli bilan bog'liq. Hujayralarning vegetativ bo'Iinishini yuzaga kelishi o'simliklar olamining tarixiy taraqqiyotidagi muhim aramorfozlardan hisoblanadi, bu ko'p hujayrali mikroskopik tuzulishli o'simliklarni yuzaga kelishidagi muhim bosqichlaridandir.
1.3 Suvo'tlari ko'payishi va ko'payishidagi o'ziga xos xususiyatlari. Vegetativ ko‘payish. Suvo'tlardagi vegetativ ko'payish bir necha yillar: oddiy ikkiga bo'linish, kurtaklanish, ko'p hujayrali tallomni o'sishi, tallomni bo'laklarga bo'linib ketishi tuganaklar va akinetalar hosil qilishi bilan ro'y beradi. Oddiy ikkiga bo'linish bir hujayrali harakatlanadigan va harakatlanmaydigan suvo'tlarga xos bo'lib, u turli usullar bilan amalga oshadi. Eng oddiyi amyobali tuzilmalarda hoxlagan yo'nalishda ro'y beradi. Suvo't tanasi cho'zilib, uni o'rtasida ko'ndalang devor paydo bo'ladi va u tobora chuqurlashadi va organizm deyarli bir xil kattalikdagi ikki qismga bo'linadi.
Sitoplazmani bo'linishi yadro bo'linishi bilan bir vaqtda amalga oshadi, natijada ikkita yangi amyoba hosil bo'ladi. Ba’zan bo'linish oldidan amyoba harakatdan to‘xtab yumoloqlanadi. Bu vaqtda uni sitoplazmasi tiniqligi va ta’sirlanishini yo'qotadi, vakuola erib ketadi, ya’ni hujayra o'z belgilarini yo'qota boshlaydi. Bo'linish oxirida, telofazada hujayra cho'ziladi, undan keyin yangi hosil bo'lgan hujayrada amyobaga xos organoidlar paydo bo'ladi. Agarda bo'linish davrida sitoplazmani to'liq ajralib ketishi ro'y bersa, eng sodda tuzulishli koloniya plazmodiy yuzaga keladi. Bu plazmodiy miksomitsetlardagi plazmodiylardan farq qiladi. Miksomitsetlarda bu spora hosil qilish yoki jinsiy bosqichning o'ziga xos bosqichi bo'lsa, suvo'tlarda ko'payishning hali oxiriga yetmagani hisoblanadi.
Xivchinli suvo'tlarda vegetativ ko'payish birmuncha murakkabroq bo'lib; 1) hujayrasidagi o'zgarishlarsiz harakatdan to'xtamagan holda ko'payish; 2) hujayrasida qisman o'zgarishlar ro'y berib ko'payish; 3) hujayrani harakatdan to'xtab harakatlanmaydigan hujayrada qisman o'zgarishlar ro'y berib; 4) harakatlanmaydigan hujayrada to'liq darajada o'zgarishlar sodir bo'lib, sista holidagi bo'linish ro'y beradi. Tillarang va evglena hamda yashil suvo'tlarning volvokslar tartibiga mansublarida ko'payish hujayrada o'zgarishlar ro'y bermay, harakatdagi holatida ham bitta yo'nalishda ro'y beraveradi. Harakatdan to'xtagan hujayrada qisman o'zgarishlar ro'y berishi bilan ko'payish volvokslarda mavjud. Ikkita xivchinlardan bittasini yangi hujayra oladi, ikkinchisini hosil qiladi.