Mavzuning o'rganilganlik darajasi: o‘simliklar sistematikasini rivojlantirishda Venshteyn, Kuznetsov sistemalari ham katta rol o‘ynaydi. Mashhur nemis botanigi A.Engler (1844-1930) butun dunyo tan olgan filogenetik tizimni ishlab chiqqan. R.Vettshteyn o‘z tizimida o‘simliklar dunyosini 9 ta bo‘limga ajratadi. Undan 8 tasi tuban o’simliklarga oid bo‘lib, 9-bo‘lim yuksak o‘simliklami o'z ichiga oladi. Rossiyada o‘simIiklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865) katta hissa qo‘shdi. U 1864-yilda yozgan “Tabiat tizimining o‘ziga xos qirralari” nomli kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishda borishini va tuban o‘simliklardan yuksak o‘simliklar kelib chiqqanligini ta’kidlaydi.
Tadqiqot obyekti va predmeti:Tuban o’simliklar yuksak o'simliklardan ayrim belgilari bilan farq qiladi. Avvalambor, tuban o’simliklarning tanasi vegetativ organlarga bo'linmagan. Shuning uchun ular umumiy nom bilan tallom yoki qattana deb ataladi. Bundan tashqari, tuban o’simliklarning yuksak organizmlarnikiga o'xshash to'qimasi bo'lmaydi yoki to'qimaga o'xshash tuzilmalari bo'lgan taqdirda ham ( qo'ng'ir suvo'tlar, qizli suvo'tlar) ular kelib chiqishi jihatidan haqiqiy hisoblanmaydi. Ko'payishi jihatidan esa tuban o‘simIiklar ancha sodda ( primitiv) hisoblanga jinssiz ko'payish usulini saqlab qolgan. Jinsiy ko’payish a'zolari o'simliklarning ayrim vakillaridan tashqari (masalan, xara suvo'tlari) hammasida bir hujayrali bo'ladi.
Mavzunung maqsadi va vazifasi:Suv muhitida hosil bo'ladigan organik moddaning deyarli 80 foizi suvo'tlarning mahsuloti hisoblanib, suv havzalarida yuzaga keladigan ozuqa zanjirining boshlang'ich bosqichini tashkil qiladi. Ayrim bakteriyalar va suvo'tlari atmosferadagi azotni o'zlashtirib, tuproqni azotli og'it bilan boyitadi. Shuningdek, bakteriya va zamburug‘lar geterotrof organizmlar sifatida organik moddalarni parchalanib, tabiatdagi modda almashuvi jarayonida asosiy bog'in vazifasini bajaradi.
Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tuban o’simliklarning odamlar hayotidagi ahamiyati katta. Ko'pchilik zamburug‘lar va bakteriyalar qishloq xo'jalik o'simliklari, hayvonlar va odamda parazitlik qilib yashashi natijasida kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga ular dori-darmon, fiziologik faol moddalar olishda va ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi hamda ozuqa sifatida ishlatiladi. Bularning hammasi tuban o‘simIiklarni har tomonlama o'rganishni taqozo qiladi.