Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126880
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish kurs ishi mavzusining do

Etf = ΔQ / ΔP(3);
Bu yerda: Etf – taklifning egiluvchanligi; ΔQ - taklif miqdorining foizli o’zgarishi; ΔP- narxlarning foizli o’zgarishi.
Taklif egiluvchanligiga ta‘sir ko’rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o’zgarishini hisobga olish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi.


4-savol. Iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi
Hozirgi kunda bozor talabini shakllanishi va namoyon bo’lishi iste‘molchining hatti-harakati orqali tushuntirilmoqda va G’arb adabiyotlarida mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste‘molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda.
Iste‘molchining bozordagi hatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste‘molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Agar naflilikka iste‘molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste‘molchining biron-bir ne‘matni iste‘mol qilishdan olinadigan qoniqishni anglatadi.
Iste‘molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste‘molchining afzal ko’rishi deyiladi.
Naflilik funktsiyasi ma‘lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
So’nggi qo’shilgan naflilik muayyan ne‘matning navbatdagi birligini iste‘mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. Iste‘molchi tovarlarning turli to’plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste‘molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holda tovarni xarid qilishda olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbatan barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim. Ya‘ni:
MVx / Px = MVy / Py (4);
Bu yerda: MVx va MVy – tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; P – ularning narxini bildiradi.Bu qoida iste‘molchining muvozanatli holatini ifodalaydi
Makroiqtisodiy mutanosibliklar va ularning turlari
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning to’rli tomonlari va sohalari o’rtasida mutakasiblik bo’lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik iqtisodiyotning turli va sifat jihatdan ma‘lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo’lishi mumkin.
Makroiqtisodiyot juda murakkab jarayon bo’lib, ular o’rtasidagi mutanosib turlari ham ko’p bo’ladi . Ularni barchasini umumiylashtirib quyidagi guruhlarini mutanosiblikning tarkibiga keritishi mumkin:
1. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste‘mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtaidagi mutanosiblik; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin to’tadi. Xalq xo’jaligida bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o’z iste‘molchisini topadi. Masalan, qishloq xo’jalik mahsulotlarining ko’pchilik qismi (paxta, g’alla, pilla, sut va h.z. ) sanoatining tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste‘molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari (qishloq xo’jaligi, kurilish va h.z) mutanosibliklariga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va iqtisiyotning boshqa tarmoqlari o’tasidagi mutanosibliklari misol bo’ladi va ular bir-birlari bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladilar.
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoq ichida mutanosiblik bo’lsa, tarmoqlararo mutanosiblik hosil bo’ladi. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqazo qiladi. Hududlar o’rtaisdagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivoida muhim rol o’ynaydi. Masalan, viloyat, tuman, shahar birliklari bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liq bo’ladi. Ularning bog’liqligi ixtisoslashish, ishlab chiqarish nooperatsiyasi va komunikatsiya nuqtai nazardan qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste‘molining bir qismini chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qoldiriladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin