51
3.2. Ijobiy va salbiy munosabat bildiruvchi modal so‘zlarning
uslubiy imkoniyatlari
O‗zbek tilida modal so‗zlar ham xuddi boshqa so‗z turkumlari
singari o‗ziga xos tuzilish tarkibiga ega sanaladi. Chunonchi, modal
so‗zlarning ham tuzilishiga ko‗ra turlari uchta hisoblanadi.
Bular
quyidagilardir:
1. Sodda modal so‗zlar;
2. Qo‗shma modal so‗zlar;
3. Juft va takror modal so‗zlar;
Sodda modal so‗zlarning o‗zi ham ikkiga bo‗linadi:
1. Sodda tub modallar;
2. Sodda yasama modallar.
Faqat bir o‗zakdan tashkil topgan modal so‗zlar sodda modal
so‗zlar deyiladi. O‗zbek tilida modal so‗zlar yasalish xususiyatiga
ega emas. Shuning uchun o‗zbek
tilidagi barcha sodda modal
so‗zlarni sodda tub modal so‗zlarga misol qilib keltirsa bo‗ladi.
O‗zbek tilida soda yasama so‗z hosil bo‗lishi uchun bu so‗z o‗z
navbatida ma‘noli qismlarga ajralishi lozim bo‗ladi. Modal so‗zlarning
tarkibida mavjud qo‗shimchalar esa bu so‗zlar bilan qo‗shilib,
yaxlitlanib qolgan. Shu boisdan, ular ma‘noli qismga ajratilmaydi va
o‗zbek tilida modal so‗zlar yasalish xususiyatiga ega emas, deb
qaraladi. Bundan tashqari modal so‗zlar leksik tabiatiga ko‗ra ham
ikki xil bo‗ladi. Sof va vazifadosh modal so‗zlar.
Vazifadosh modal
so‗zlar bugungi kunda boshqa turkum birligi vazifasida ham faol
bo‗lgan, o‗z navbatida modal so‗z vazifasida ham kela oladigan
so‗zlarga nisbatan qo‗llanadi. O‗zbek tilida modal so‗zlarning deyarli
52
ko‗pchiligi boshqa turkumlardan o‗sib
chiqqan va keyinroq modal
so‗z sifatida adabiy tilda qotib qolgan hisoblanadi. Modallar, asosan,
quyidagi turkumlarning birligidan ma‘no taraqqiyoti natijasida o‗sib
chiqqandir:
1. Ot so‗zlardan o‗sib chiqqan; modallarning ko‗pchilik qismini
shular tashkil etadi. Bunda modal:
1) tub leksemashaklga teng deb qaraladi;
2) asli arabcha leksemaning tushum
kelishigi shakliga teng
bo‗lib, o‗zbek tili nuqtayi – nazaridan tub deb qaraladi:
haqiqatan
( haqiqat + an ) kabi;
3) asli predlog va leksemadan iborat bo‗lib, o‗zbek tili nuqtayi –
nazaridan tub deb qaraladi:
darhaqiqat ( tojikcha
dar predlogi va
arab tilidan o‗zlashgan haqiqat leksemasidan iborat bo‗lib, tojik tilida
analitik grammatik shaklli leksemashakl sifatida
dar haqiqat tarzida
ajratilib yoziladi ),
darvoqe ( bu modal ham xuddi shunday tuzilgan:
tojikcha
dar predlogi + arabcha
voqe =
dar voqe o‗zbekchada
haqiqatda deb tarjima qilinadi) kabi. Arxaik
filhaqiqat modali esa
arabcha
fi predlogi,
al aniqlik artikli va
haqiqat (un) leksemasidan
tuzilgan:
fi al haqiqat = fil haqiqat ;
4) asli ―ot leksema + atributiv shakl yasovchi ―
tarkibiga ega
leksemashakldan o‗sib chiqqan va ma‘noli qismlarga ajratilmaydigan
bo‗lgan:
shubha + siz = shubhasiz; shakl + li = shekilli kabi ( keyingi
misolda kelgan
kll tovushlarini talaffuz qilish qiyin bo‗lgani sababli
kl tovushlari oralig‗iga
i tovushi kiritilgan ) kabi;
5 ) asli leksema va shakl hosil qiladigan morfemadan tuzilgan
bo‗lib, modal turkum birligi sifatida o‗sib chiqqan,
shakl hosil
53
qiladigan morfemalar o‗z grammatik mohiyatini yo‗qotgan,
ajratilmaydigan bo‗lgan. Bunday modallar asli:
a ) ―leksema + birlik sonlovchisi + III shaxs nisbatlovchisi + bosh
kelishik ko‗rsatkichi‖ tarkibiga ega bo‗lgan:
chama + I + si + II =
chamasi, mazmun + I +i + II = mazmuni kabi;
b ) ―leksema +birlik sonlovchisi + o‗rin yoki chiqish kelishigi
affiksi‖ tarkibiga ega bo‗lgan:
haqiqat + I +da = haqiqatda, rost + I +dan =
Dostları ilə paylaş: