ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari
haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat ( eskirgan ) kabi. Darhaqiqat, bu mojaroning boshqa oqibatlari hozir uning ko„ziga o„z – o„zidan barham topgan va topayotganday ko„rinar edi. ( Abdulla Qahhor ).
31
Haqiqatan, keyinroq eshitsa, kelini: “Yana o„qiyman” degan gap chiqaribdi ( Odil Yoqubov ) kabi;
2) fikrninig qat‘iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, shaksiz, so„zsiz kabi. Bu, shubhasiz, bizning yutug„imiz ( Abdulla Qahhor ) kabi.
3) anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi:
albatta ( she‘riyatda albat shaklida ham uchraydi ): Lekin jigar…Esga tushsa achinaman, albatta ( Uyg‗un ). …bu gapining ham ustidan chiqadi, albatta ( Odil Yoqubov ) kabi;
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini
ifodalovchilar: o„z – o„zidan, tabiiy kabi. Tabiiy, Yefim Yefimovich ham bu yangi do„stlaridan osonlikcha ko„ngil uzolmas edi ( Hakim Nazir)
kabi;
5) fikrning chinligi, realligini eslatuvchilar: rostdan, darvoqe, aslida ( asli ba‘zan aslan shaklida ham uchraydi ): Darvoqe, bu gap raisning uyida ham aytilgan edi ( Said Nazar ) kabi.
2. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar o‗z navbatida
quyidagicha guruhlanadi:
1) fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog„i, chamasi kabi: Ha, yana bir ta‟ziringni beradigan bo„ldim, chamasi! ( Uyg‗un ). Bu gapim raisga og„ir botdi, shekilli, o„zi bosh bo„lib bolalarini dalaga olib chiqdi ( O‗tkir Hoshimov ) kabi;
2) fikrning gumonli ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki kabi: Balki, u yerlarda ko„p dilbar Manzaralar jilva qilgandir… ( Uyg‗un ).
Boshqa payt bo„lganida Latofat, ehtimol, bu faryodga chidab turolmasdi ( Odil Yoqubov ) kabi;
32
3) fikrning tusmolli ekanini ifodalovchilar: hoynahoy, aftidan, mazmuni kabi: Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan…shu yerda biron mojaro boshlab dod solmoqchi edi ( Abdulla Qahhor ) kabi;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar:
har qalay, har holda kabi: Jahonning kattaligi aniq o„lchangancha yo„q; har holda bir soldatning qalbidan kichik bo„lur ( G‗afur
G‗ulom ) kabi.
Ayrim modallar yuz bergan voqea – hodisadan so‗zlovchining
taajjubini, afsusini ifodalaydi: ajabo, attang, esiz, tavba, xayriyat kabi: Ajabo, shu o„zimizning Saodatmi?! ( G‗afur G‗ulom ). Attang, shunday dolzarb vaqtda eng yaxshi brigadirimiz yotib qoldi – da (Abdulla Qahhor ) kabi.
Modal so‗zlar gap tarkibida ko‗pincha kirish so‗z bo‗lib keladi.
Modal so‗zlar kirish bo‗lak bo‗lib kelganda gapga qanday ma‘nolarni
yuklaydi? Bu haqda quyidagi tasnifdan bilib olsak bo‗ladi: 1. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga ishonch darajasini
ifodalaydi. Bu vazifada, asosan, modal birliklar, qisman boshqa
turkumlarning birliklari, jumladan, sifat kelishi mumkin: Rost, narigi xo„jaliklar undan ancha keyin, asosan, shu yil bahorda ish boshlashgan ( Odil Yoqubov ). … nizo ham o„shandan boshlandi, to„g„rirog„i, ilgariroq boshlangan olovga o„sha kun lampamoy sepildi ( Odil Yoqubov ) kabi.
2. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga his – tuyg‗u jihatidan
munosabatini ifodalaydi: attang, ajabo, xayriyat, obbo, ofarin kabi:
Xayriyat, atrofda deyarli hech kim yo„q ekan ( Asqad Muxtor ). Voy o„lmasam, qizim, ko„taring boshingizni, nima bo„ldi ( Asqad Muxtor ).
Sekinroq aytasizmi, uka?! ( O‗tkir Hoshimov ) kabi.
33
3. Anglatilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini bildiradi:
nazarida, menimcha, aytishlaricha, eshitishimcha, eshitishimga qaraganda kabi. …nazarida himoya degan narsa bunaqa oppa – oson bo„lmasligi kerak ( Odil Yoqubov ). Eshitishimga qaraganda, qishloq biylari…Qudratxo„jani yuzboshi qilib tayinlamoqchi emish ( Odil
Yoqubov ) kabi.
4. Eslatishni, e‘tibor jalb qilishni bildiradi: zotan, qarabsizki kabi:
Ha, aytmoqchi, Vohidxo„janing o„g„li Qudratxo„ja hali ham tirik ( Odil
Yoqubov ). Zotan, qarigan chog„ingda uning ishiga bosh suqib nima qilasan ( Odil Yoqubov ). Qarabsizki, biri kombinat direktori, biri – bosh injener ( Odil Yoqubov ) kabi.
5. Fikrlarning o‗zaro munosabatini ko‗rsatadi:
1) Izohlovchi fikrga o‗tishni bildiradi: masalan, jumladan, chunonchi, ya‟ni, boshqacha qilib aytganda kabi. Boshqacha qilib aytganda, masala nihoyatda murakkablashib ketdi ( Odil Yoqubov );
2) Zid fikrga o‗tishni bildiradi: aksincha kabi: … hech kim undan nolimas, aksincha, hamma uni … yaxshi ko„rardi (Odil Yoqubov ) kabi;
3) Umumlashtiruvchi fikrga o‗tishni bildiradi: qisqasi, umuman, binobarin, demak, xullas ( xullasi kalom ), shunday qilib kabi: … shu yosh olim o„tkazgan tajribalarga, umuman, uning ilmiy ishiga shubha bildirmoqchisiz ( Odil Yoqubov ). Shunday qilib, O„tap bu cho„lgashta oilani Qumqishloqqa boshlab ketdi ( Hamid G‗ulom ) kabi;
4) Fikrlarning oldin –ketinligini bildiradi: avvalo, avvalambor, nihoyat kabi: Avvalambor, bu ko„rikka salkam ikki yuz kishi to„plandi ( Odil
Yoqubov ). Nihoyat, o„zini bosib olib, bosh vrachdan g„amgin ohangda so„radi ( Hamid G‗ulom ) kabi. Bunday vazifada chiqish
kelishigidagi birinchidan, ikkinchidan kabi tartib son ham ishlatiladi.
34
6. Kishilar orasidagi muomala – munosabatni anglatadigan assalomu- alaykum, vaalaykum assalom, xayr, marhamat, rahmat, hormang – salomat bo„ling ( bor bo„ling ) kabi leksemashakllar ayrim manbalarda kirish
bo‗lak deyiladi; asli bular gap deb baholanishi to‗g‗riroq. Ibodulla o„zini boshdan oyoq ko„zdan kechirayotgan yigitga qo„l uzatdi: “ Assalomu alaykum…” ( Hamid G‗ulom ). Mavlon aka qo„shdan boshini ko„tarib Qamchiga javob qildi: “ Bor bo„l, Qamchivoy” ( Hamid
G‗ulom ) kabi va boshqalar.
Umuman olganda, tilshunoslikda modal so‗zlarning tasnifi va
tarkibiga oid hali to‗la – to‗kis bir qarorga kelinmagan. Ilmda
to‗xtalish bo‗lmaganidek, bu masalaga ham aniq bir yechim toppish
juda mushkul. Chunki o‗zimiz ko‗rganimizdek, modal so‗zlar nafaqat
tasniflanish bobida, balki boshqa jihatlardan ham o‗rganilishi kerak
bo‗lgan yuzlab qirralarga ega. Modal so‗zlar tasnifi va tarkibi esa ana
shu yuzlab qirralarning bor - yo‗g‗i bir jihati xolos.