2.2. Tasniflarda namoyon bo‘luvchi modal so‘zlarning uslubiy
xususiyatlari to‘g‘risida
Yuqorida keltirilgan tasniflarga binoan endi modal so‗zlarning
uslubiy xususiyatlari masalasiga to‗xtalsak.
―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ kitobida modal so‗zlar uslubiyati
haqida quyidagicha fikrlarga duch kelishimiz mumkin:
O‗zbek tilida modal so‗zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga
ega. Shuning uchun so‗zlovchi o‗zi qo‗llayotgan nutq uslubiga
muvofiq keladiganini tanlab qo‗llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz,
darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi modal
so‗zlari uslubiy xoslangan so‗zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz,
darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‗zlari kitobiy
uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‗zlar o‗z ichida yana
ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha - badiiy uslubga xos;
bayon qilinishicha - publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har
qaysi modal so‗zni o‗z o‗rnida ishlatish madaniy nutq belgisi
sanaladi.
5
Biz esa ayni fikrlarni inkor etmagan holda ularga ba‘zi
qo‗shimcha fikr – mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.
To‗g‗ri, modal so‗zlar uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Biroq
modal so‗zlar uslubiyati degan tushunchani tor ma‘noda tushunmaslik
kerak. Boisi modal so‗zlarning uslubiy xossalarini faqatgina adabiy
til uslublariga bog‗lab o‗rganib bo‗lmaydi. Modal so‗zlar bor –
bo‗yicha shundog‗am fikrga qandaydir uslubiy ma‘no, ya‘ni
so‗zlovchining o‗z fikriga yo gumon, yo tasdiq, yo xulosaviy
munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham biz
ularni tabiiy uslublanish xossasiga ega deb atashimiz mumkin.
5
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Ilm – ziyo, 2010. 101 – bet.
36
Modal so‗zlarning umumiy va xos xususiyatlari quyidagilar
bo‗lishi mumkin:
1) modal so‗zlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan
kirmaydi. Masalan, Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga
qatnashning o„zi bo„lmaydi. ( S. Nur. ) gapida men sizga aytsam
kirish gapidagi so‗zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt
kabi ma‘no ifodalanmagan. Unda bir butun holda ―ishontirish‖ modal
ma‘nosi mavjud;
2) modal so‗zlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang
– barang. Unda tuslangan fe‘l ham ( aytsam ), tuslanmagan fe‘l ham
( shunday qilib ), ot ham ( chamasi ), olmosh ham ( menimcha ) modal
so‗z vazifasida keladi. Ammo ular aytilganidek, ba‘zan qisman, ba‘zan
butunlay o‗z lug‗aviy ma‘nosini yo‗qotib, paradigmasidan vaqtincha
uzilgan bo‗ladi;
3) modal so‗zlarning barchasi o‗ziga xos yagona ―so‗zlovchining
o‗z fikriga munosabatini bildirish‖ umumiy ma‘nosi ostida
birlashadi;
4) modal so‗zlarning gapdagi o‗rni qat‘iy emas.
Bu belgilarning barchasi modal so‗zlar o‗ziga xos lug‗aviy –
sintaktik guruhni tashkil etishini ko‗rsatadi.
Modal so‗zlar gapda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi:
1) ta‘kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga
tortish: takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun,
ta‟kidlayman, aytish kerakki;
Modal so‗zlarning uslubiy ma‘no qirralari ham aynan shu nuqtada
bo‗y ko‗rsatadi. Ya‘ni fikrning ahamiyatliligini ta‘kidlash va unga
37
tinglovchi diqqatini tortish maqsadida qo‗llanilgan modal so‗zlar
gapdagi ayni mana shu xizmatlari bilan ham uslubiy qirralarini
namoyon etadi.
2) subyektiv munosabat, his – tuyg‗ularni ifodalash: baxtimizga,
baxtga qarshi, o„ylayman, umid qilaman, o„ylaymanki, shubhasiz,
Dostları ilə paylaş: |