ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari
mumkin, mabodo, yoki, hoynahoy, g„olibo, chiqar, chog„i ) o‗zga fikrga
yoki o‗zi ifodalayotgan fikrning to‗g‗riligiga shubha bilan qaraydi.
- Xayrlashish payti keldi chog„i, bir- birlariga qarab to„xtab qoldilar. (Mirmuhsin ).
- Aftidan, men hali teatr uchun pishib yetilmaganman, shekilli ( M. Muhammedov).
3.Fikrni ajratib ko‗rsatuvchi modal so‗zlar ( ayniqsa, chunonchi,
masalan, aksincha, xolos, bil‘aks, vaholanki, holbuki, boshqacha
aytganda ). Ushbu guruhdagi modal so‗zlar ma‘lum bir fikrni boshqa
bir fikrlardan ajratib ko ‗rsatish uchun ishlatiladi.
- Ayniqsa, xotin-qizlar masalasida (Mirmuhsin ). - Erkaklar ichish – chekishni tashlayaptilar, ayollar esa, aksincha, aroqqa ruju qo„yishyapti. (Mirmuhsin). 4. Fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalovchi modal so‗zlar
( menimcha, fikrimcha, o‗ylashimcha, bilishimcha, seningcha, uningcha,
fikringcha, so‗zicha, aytishlaricha). Bu toifadagi modal so‗zlar o‗z
ottenkasiga ko‗ra qaysi shaxsga tegishli fikr ekanligini bir tomondan
ifodalasa, ikkinchi tomondan ifodalanayotgan fikrning taxmini, shubhasi
ham o‗z aksini topadi.
- Menimcha, tushunmovchilik bo„lgan. - O„ninchi sinfdaligimizda o„zimizcha ancha katta bo„lib qoldik, deb o„ylardik. 5. Fikr tartibini ifodalovchi modal so‗zlar ( birinchidan, ikkinchidan,
avvalo, dastavval, so‗ngra, keyin, eng avval).
15
- Birinchidan, men ham yangi odamman. Ikkinchidan javobgarligi bor ( F. Musajonov ).
6. Fikrning yakunini ifodalovchi modal so‗zlar ( xullas, demak, qisqasi, nihoyat, pirovardida, oxiri, umuman, binobarin, shunday qilib, har holda, har nechuk, modomiki ). Bu guruhdagi modal so‗zlar
ifodalanayotgan fikrni yakunlash, tugayotganini, xulosasini,
umumlashtirayotganini ko‗rsatadi.
…Eshmatning matematikaga munosabati tobora sovuqlasha boshladi, oxiri, bu fanni u yurak- yurakdan yoqtirmay qoldi. Xullas, yonidan bir qadam jilgani qo„ymasdi. ( Sh. Bo‗tayev)
7. Fikrni eslashni ifodalovchi modal so‗zlar ( aytganday, darvoqe,
aytmoqchi, voqean, ma‘lumki, ravshanki, belgilikki).
- Ha aytganday, Qorasuv etakrog„ida qotil qirg„oq bo„ylab bir poy tufli bilan chopgan. ( Yu. Kovalyov).
Bu guruhni tashkil etgan modal so‗zlar fikr aytilayotgan chog‗da
ma ‗lum bir fikrni eslaganligini va shuning ifodasini ko‗rsatadi.
8. Shodlik, afsus, nadomat ifodalovchi modal so‗zlar ( baxtimga, xayriyatki, yaxshiki, yaxshiyamki, shukrki, koshki, afsuski, baxtga qarshi, attang, essiz, nahotki, hayfki, essizgina). Ushbu guruhni tashkil etuvchi
modal so‗zlar so‘zlovchi o‗zi ifodalayotgan fikrga afsus, nadomat, taajjub,
shodlik ma‘nolarini yuklash uchun xizmat qiladi.
- Lekin ayrim hollarda afsuski, xususiylik bundan mustasno emas. - Attang, bu ayolning ismi –familiyasi esimda qolmagan.( Yu. Kovalyov).
9. Zaruriylik, shartlilik, talabni ifodalovchi modal so‗zlar ( kerak, lozim, zarur, darkor, shart, majbur).
16
- Plan o„z vaqtida bajarilishi shart. ( N. Qobul).
Insonning bilim faoliyati voqelikni, narsa va hodisalrni sezish
va idrok qilishdan boshlanib, asta – sekin tafakkurga yetadi. Tafakkur
atrof – muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashgan
holda aks ettiruvchi psixik ( ruhiy ) jarayon, sotsial sababli
bog‗lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga
yo‗naltirilgan aqliy faoliyatdir. Tafakkurning mazmundorligi ko‗p
jihatdan emotsional kechinmalarga – hayratda qolish, taajjublanish,
yangilikni his qilish kabilarga bog‗liqdir. Tafakkurning moddiy asosi –
so‗z. So‗z fikrlovchi va o‗zgalar uchun tafakkurni rejalashtiradi.
Til bilan tafakkur bir – biri bilan dialektik aloqada bo‗lgan, lekin o‗z
xususiyatlariga, qonuniyatlariga ega bo‗lgan hodisadir. Til va tafakkurni
bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo‗lsa, ularni bir – biridan
ajratish ham shunchalik xatodir. ― Til – tafakkur quroli. Tilga pala- partish
munosabatda bo‗lish, unga e‘tiborsizlik bilan yondashish, noaniq, taxminiy
fikr yuritish juda katta qo‗pol xatolikdir‖_- degan edi L. N. Tolstoy.
Kishilarning istaklari, hissiyotlari va kayfiyatlari tilda
o‗z aksini
topadi. ―Til – bu tafakkur ifodasi, tiriklik shakli, insonlar o‗rtasidagi
aloqa vositasi: bilimlarni to‗plash va ta‘minlash quroli hamda avloddan
avlodga shu to‗plangan bilimlarini yetkazish vositasidir‖.
J. Ustson tafakkurning ichki nutq va noverbal ( tovushsiz ) imo –
ishora, mimika, yelka qisish, ko‗z suzish ) muloqotni biriga qo‗shib keng
ma‘noda tushunadi.
Og‗zaki nutq ekspressiv, lug‗aviy turlilik, ajoyib, go‗zal ma‘nolarga
boy bo‗ladi. Ularning yangi – yangi shakllari orqali yanada boyib
boradi. Og‗zaki nutq yozma nutqqa qaraganda jonliroq va faolroq,
shuning uchun undagi modal qirralar ko‗p hamda erkinroqdir. Lekin
bunday avtomatik ravishdagi hayot og‗zaki nutqning keraksiz kitobiy
17
adabiy ifoda hududiga kirib kelishi hammamizga ma‘lumdir. Adabiy
kitobiy tilda esa o‗ziga xos murakkab bo‗lgan nutq modalligini
ifodalovchi shakl va uslublar asta – sekin rivojlanmoqda.
Prof. A . Nurmonovning fikricha, ― Nutqda qo‗llangan har bir gap
muayyan modal – zamon ma‘nosiga egadir. Modal ma‘nolar nutqiy akt
bilan ― nutq momenti‖ orqali emas, balki so‗zlovchining pozitsiyasi
orqali bog‗lanadi. Ular so‗zlovchi nuqtai – nazaridan gap
mundarijasining voqelikka munosabatini aks ettiradi‖.
Muloqotda muhim o‗rin egallovchi gaplarning asosini so‗z tashkil
etadi. So‗zning ma‘noli qismlarini esa tilning leksika bo‗limi
o‗rganadi. Shuning uchun leksika til bo‗limlari orasida muhim o‗rin
egallaydi. So‗zlarning tilda ma‘lum mavqe‘ga egaligi haqida
B. V. Yakushin shunday yozgan edi:
―Til – eng avvalo so‗zlarning umumlashmasidir. So‗z esa modal
kabi ikki qirraga ega. uning birinchi tomoni - tashqi, ya‘ni
ifodalovchi yoki ko‗rinuvchi ( fizik ), ikkinchi tomoni esa – ichki, ya‘ni
eshitilmaydigan va ko‗rinmaydigan ( ruhiy ) qismlardir. Birinchi qismi
so‗zlarning eshitiluvchi yoki yoziluvchi qismi bo‗lsa, ikkinchi qismi
so‗zlarning ma‘nosi yoki mohiyatidir.‖
4
Shuning uchun leksikada hal
qilinishi lozim bo‗lgan, turli qarashlarga sabab bo‗lgan bir qancha
masalalar mavjud. Modallik kategoriyasining leksikada ifodalanishi
shunday dolzarb masalalardan biridir.