Yangi tarix tushunchasi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə24/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
jahon tarix

CHARTISTLAR HARAKATI
1836 йили бир гуруҳ ишчи ва ҳунармандлар «Ишчиларнинг Лондон ассоциацияси»ни ташкил қилдилар. Бу ассоциация ишчилар ҳаракатининг сиёсий дастури- ни ишлаб чиқишни мақсад қилиб олди. «Халк хартияси» (хартия инглизчасига - «чартер») ном олган ушбу дастур Англияда сиё- сий тузумни босқичма-босқич демократизациялашни назарда тут- ган эди. Хартия олтита талабни олдинга сурди: умумий сайлов ҳуқуқи (эркаклар учун), парламентнинг ҳар йили,қайта сайлани- ши, депутатларни сайлашда ёпик овоз бсриш, вакилларнинг тўғри тақсимланишини таъминлаш учун мамлакатни тент сайлов округ- ларига бўлиш, сайловлардаги мулкий чегарани ва депутатларга маош тўлашни бекор килиш. Кенг жамоатчилик хартия талабларини кўлл аб-қувватл ади.
1839 йил 7 майда чартистларнинг талаблари кўриб чикиш учун парламентга топширилди. Парламент чартистларнинг талабларини қабул қилишни маъқул топмади. Бунга жавобан Бирмингем ва Нью­порт шахарларида уюштирилган галаёнларнинг ташкилотчилари ҳукумат томонидан қаттиқ жазоланди: суд уларни қамоқ жазосига, сургунга ва каторгага хукм қилди.
1.21 ёшга тўлган эркаклар учун умумий сайлов ҳуқуқи
2.Тенг сайлов округлари
3.Парламент аъзоларининг хар Йили каита сайлапиши
4.Парламент аъзоларига ойлик маош тўлапиши
5.Сайловларда ёпиқ овоз берилиши
6.Сайловларда мулк чегарасининг бекор қилиниши
Унча узоқ даврм этмаган жимликдан сўнг 1842 Йили апрелда парламентга чартистларнинг 3,3 млн киши томонидан имзоланган иккинчи петицияси топширилди. У мазмунига кўра биринчисидан аниқрок ва талабчанроқ рухда эди. Хусусан, «Жаноби олиялари, - дейилади петицияда қиролича Виктория хакида, - бир кунда 165 ф.ст. даромад олади, айни пайтда минглаб ишчилар оилалари куни- га жон бошига 3,7 пенс билан кифояланмокда».
Парламент бу сафар ҳам петиция талабларини қондиришни рад этди.
1843 йилга келиб инқирознинг чекиниши, иқтисодий конъюкту- ранинг яхшиланиши натижасида чартистлар ҳаракати ўзининг ом- мавий характерини йўқотди.
Vena kongressi. «Muqaddas ittifoq»ning tuzilishi.

1815 yil 9 iyunda qabul qilingan Kongressning YAkunlovchi akti o‘z zamonasining eng muhim hujjatiga aylandi. Yeropaning sakkizta davlati - Angliya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Ispaniya, SHvetsiya, Portugaliya va Fransiya tomonidan imzolangan hujjat Yeropada mustahkam tinchlik o‘rnatish yo‘lida qo‘yilgan birinchi jiddiy qadam bo‘ldi. Vena kongressida Italiya masalasi Burbonlar foydasiga, ularning SHimoliy Sitsiliya qirolligida taxtni egallashi bilan hal etildi. Vena kongressi davom etayotgan bir paytda, 1815 yil 1 mart kuni Napoleonning Elba orolidan Parijga qaytganligi haqida xabar tarqaldi. Kongress qatnashchilari zudlik bilan yangi (ettinchi) koalitsiyani tuzdilar. Urush qaytadan boshlandi. 1815 yil 18 iyun kuni Bryussel yaqinidagi Vaterloo degan joyda ettinchi koalitsiya qo‘shinlari Napoleon armiyasini tor-mor qildi.


Napoleonning Vaterloodagi mag‘lubiyatidan keyin 1815 yil noyabrda Rossiya, Fransiya, Angliya, Avstriya va Prussiya o‘rtasida Ikkinchi Parij tinchlik sulhi deb ataluvchi yangi shartnoma imzolandi. Yeropada milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi birlashib kurash olib borishni kafolatlash maqsadida Muqaddas ittifoq tuzildi. Ittifoq to‘g‘risidagi shartnoma matni Rossiya imperatori Aleksandr I tomonidan tuzilgan bo‘lib, 1815 yil 1 va 26 sentyabr kunlari Avstriya imperatori va Prussiya qiroli tomonidan imzolandi hamda shu uchta monarx nomidan boshqa Yeropa davlatlariga jo‘natildi. Muqaddas ittifoqning hammasi bo‘lib to‘rtta kongressi o‘tkazildi. Ularda ittifoqning asoschilari bo‘lgan uchta davlatdan tashkari Angliya va Fransiyadan ham vakillar qatnashdi. 1818 yili Aaxenda bo‘lib o‘tgan birinchi kongressda Fransiya ittifoqning teng a’zosi bo‘lib qo‘shildi hamda Fransiyadagi okkupatsion qo‘shinlarni muddatidan oldin olib chiqib ketish masalasi ham hal kilindi. Muqaddas ittifoqning oxirgi kongressi Veronda 1822 yil 22 oktyabridan 14 noyabrgacha bo‘lib o‘tdi. Unda ittifoq qatnashchilari faqat bitta masalada yakdillik bildirdilar – Gretsiyadagi qo‘zg‘olon barcha qatnashchilar tomonidan qoralandi. Qolgan masalalar bo‘yicha qattiq tortishuvlar boshlandi. Ayniqsa iqtisodiy rivojlangan Angliya bilan hali yarimfeodal munosabatlar ustun bo‘lgan boshqa davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Muqaddas ittifoqning keyingi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Veron kongressi va Ispaniyaga qarshi intervensiya Muqaddas ittifoq a’zolari tomonidan birgalikda amalga oshirilgan oxirgi akt bo‘ldi. 1824 yil yanvarda Angliya tomonidan Ispaniya mustamlakalari bo‘lgan Lotin Amerikasi mamlakatlari mustaqilliklarining tan olinishi (1824 yil 31 dekabr) Muqaddas ittifoqning birligini to‘liq barbod qildi. 1825-1826 yillari Rossiya Gretsiya masalasi bo‘yicha o‘z fikrini o‘zgartirdi va greklarga yordam ko‘rsatdi.

Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin