Yordamchi va Alohida olingan so’zlar Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gap(lar) ko`rsatilgan?


Otlashgan taqlid so'z gapda, asosan, qanday gap bo'lagi vazifasida keladi?



Yüklə 19,08 Kb.
səhifə2/4
tarix08.03.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#123891
1   2   3   4
Yordamchi va Alohida olingan so

8. Otlashgan taqlid so'z gapda, asosan, qanday gap bo'lagi vazifasida keladi?
A) aniqlovchi va hol B) kesim va hol
C) ega va aniqlovchi D) to'ldiruvchi va ega


9. Quyidagi gaplardan qaysi birida modal so'z qo'llangan?
A) Ona o'z o'g'lini sevadi faqat.
B) Hattoki ish shu qadar jiddiy bo'ldi.
C) Yolg'iz sensan mening tilagim.
D) modal so'z qo'llanmagan.


10. Gap tarkibidagi tovushga taqlid bildirgan so'zlarni toping.
A) U kishi hingir-hingir kulardi.
B) ... oy tangalari suv betida milt-milt oqadi.
C) Tun sukunatini ot tuyoqlarining dupuri buzdi.
D) A va C


11. Otlashgan taqlid so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan?
A) Mayna uyda yolg'iz o'tirib, uy tomini chertayotgan yomg'irning taqir-tuqurini tinglardi.
B) Suvning shildir-shildiri kuchaydi.
C) Hovlida yugur-yugur boshlangan, shivir-shivir ovozlar eshitilar edi.
D) A va B


12. Qaysi so'z turkumlari yasalmaydi?
l) sifat; 2) son; 3) olmosh; 4) ravish; 5) taqlid so'zlar.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 5


13. Modal so'zlar qatnashmagan gapni aniqlang.
A) Chamasi, chindan ham yangi asarni ko'rish boshlangan edi.
B) O'shanda bahor fasli edi, shekilli.
C) Yomg'ir yog'ishi ehtimol, qizim.
D) Balki, bu gapning o'rni yo'qdir.
14. O'zbek tilida taqlid so'zlar, asosan, qanday so'zlar bilan birikadi?
A) to'liqsiz fe'llar B) ko'makchi fe'llar
C) mustaqil fe'llar D) A, B va C


15. Taqlid so'zlar ko'makchi fe'llar bilan birgalikda qo'llansa qanday nomlanadi?
A) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi B) qo'shma fe'l C) murakkab taqlid so'zlar
D) taqlid so'zlar ko'makchi fe'llar bilan birgalikda qo'llanmaydi


16. Qaysi qatordagi so'z so'zsiz modal so'ziga sinonim bo'la oladi?
A) balki B) darvoqe C) tabiiy D) har qalay



Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin