Fakulteti guruh talabasi ning



Yüklə 220,67 Kb.
səhifə1/2
tarix05.06.2023
ölçüsü220,67 Kb.
#127804
  1   2
Abdullayev Sherzod Usmon o`g`li


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

____________________________________________fakulteti
____ - guruh talabasi
____________________________________ning
_____________________________________________fanidan
______________________________________________ mavzusida
Mustaqil ish


Qabul qiluvchi: ________________
Topshiruvchi: _________________
Mavzu: Qadimgi Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy g`oyalari
Reja :

  1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar.

  2. Qadimgi Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy g`oyalari

  3. Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

  4. Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.

  5. Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.

  6. «Artxashastra» ta’limoti

  7. Jahongirshoh davrida Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi
bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir.
Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan
g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki,
bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi,
qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi,
shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan.
Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki
bo`ldi.
Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish
(Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham
(Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga
aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan
deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi
hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin
ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj
topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan.
Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni
olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina
rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda
qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini
sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani
kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga
keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr,
eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar
to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan
bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki
oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarzdor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq
to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning
kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma
qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim
fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da
(m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda
Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760
y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish
paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda
saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin.
Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish
shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida
bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining
yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi
kerak.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq
xo`jaligini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash bo`lgan, ya'ni mehnatsiz
daromad topishga qarshi kurashilgan. qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq
ushlab turish mumkin bo`lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jum ladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan,
unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar
to`plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki
tajribasini ko`rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
Qadimgi Hindistonning "Manu qonunlari"da (m.a. IV-III asrlar)
ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo`ysunish institutlarining
mavjudligi aytiladi.
Qadimgi Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy g`oyalari
Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi
bo`yicha ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda
to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I
podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta tomonidan
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa
qilib qo`yilgan. qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu
asarda "buyumning qiymati" muammosi ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish
kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo`yicha takliflar berilgan bo`lib, bir qancha iqtisodiy g`oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo`lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin,
deyilgan. Savdo bilan shug`ullanuvchilarga alohida urg`u berilgan bo`lib,
foyda masalasi ko`tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo`shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan
tovarlar uchun 10 foiz (import o`sha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo`llab quvvatlangan. qishloq xo`jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo`sh yerlar xalqqa bo`lib berilishi
va soliq to`lash zarurligi, sug`orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so`z
yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini
rivojlantirishi kerak, degan g`oya markaziy o`rinni egallaydi. (Hozirgi
davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring,).
Moliya sohasida daromad solig`iga katta e'tibor berilgan. Davlat
ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi
kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini
ta'minlash (foydani oshirib, sarf-xarajatni kamaytirish), hisob-kitobni
tartibga solish, har xil o`g`irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan.
Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo`lib, hozirgi Eron, Markaziy
Osiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda
tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo`lgan
"Avesto"ning to`liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va
o`zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bo`laklari "San'at", "O`zbek tili",
"Fan va turmush" jurnallarida e'lon qilindi. Zoroastrizmning asosiy g`oyasi dualizmga, ya'ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug`lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan Yovuzlik va qorong`ilik (xudosi Anxra Manu) kuchlari o`rtasidagi kurashdir. Inson xo`jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog`liq deb uqtiriladi, ammo, insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo`lib, u Yaxshilik yoki Yomonlik tomonlarni olishi va
shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi.
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g`oya, yaxshi so`z va yaxshi
ishlar bilan bog`langan bo`lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko`paytirish
yerug dunyodagi yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli "Avesto" matnlarida natural-xo`jalik faoliyati keng targ`ib etilishi va amaliy
maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda "O`z hayoti davomida go`zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo`lida xizmat qilgan odam porso va haqgo`y, pok va adolatli
bo`lib, mehmonlarni beg`araz kutgan. Xotinini sevib, yerni, mollarni
parva-rish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko`z olaytirmagan, tabiatni
asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas
rohat va farog`atga burkanadi" deb yoziladi.
Ko`chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo`lgan mollar sonini
saqlash qo`llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi.
Bu g`oya ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida
urg`u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, yemxashak bilan ta'minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni
amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan bo`lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o`g`irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron
qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g`alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo`ylab erkin harakat qilishga va'da
beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu "erkin harakat"
ta'minoti muhimdir, aks holda o`zaro to`qnashuv va urushlar ro`y bergan.
Ma'lum qonun-qoidalarga bo`ysunish kuchli hokimiyat va
mo`'tadillik bilan bog`liq edi. O`zaro shartnomalarga bekamu ko`st amal
qilish zarurligi, ayniqsa o`zaro moddiy yordam berish kerakligi targ`ib etiladi.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug` jamoasi yemirilib, dastlabki
sinf (kasta)lar paydo bo`lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr
bo`lgan. Aholi ko`proq yarim ko`chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi.nIdeal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo`lib, uningcha yerdan shunday joyni topish yoki yaratish kerakki, u yerda ko`p ovqat pishirilishi, doim katta bo`lak go`sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava
g`ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko`tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag`i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha yashirib qo`yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli
barcha narsalarni istakka qarab, ko`p miqdorda saqlanadigan omborlar bor
joy tushunilgan. "Avesto" bo`yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar
barpo qilish qo`llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda
ham bu g`oya katta o`rinni tutadi). "Avesto"ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Yim to`g`risidagi afsonada "oltin mol-qo`ylarning mo`l-ko`lligi haqida so`z yuritiladi. Yimning xizmati
ulug`lanib, kuchli sovuq, qor va suv to`fonidan hayvonlar va odamlarni
qutqarish uchun "varu" (qo`rg`on) qurdirib, unga suv o`tkazadi, mayda va
yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o`simliklar urug`i va yonib porlab
turgan olovni keltiradi (Nuh payg`ambar bilan solishtiring). Odamlar
uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
"Avesto"ning 3-bobi (fargard) "Vandidot" bo`lib, nisbatan keyingi
davr voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati
ulug`lanadi (avvalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko`proq ekin
ekiladigan, don, o`t, mevali ekinlar o`stiriladigan, suvsiz joylarni
sug`oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug`orish bilan birga zax
qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko`p go`ng solinishi, buning
uchun esa ko`proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda
juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko`rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish,
g`allakorlik ulug`lanadi. Aholini qunt bilan don yetishtirishga undaladi,
hatto g`allakorlar e'tiqodni olg`a suruvchilar deb talqin etiladi. "Dehqonchiliksiz mo`l-ko`lchilik yo`q", degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm
ta'limoti bilan solishtiring). "Kimda-kim zaminni chap va o`ng qo`l bilan,
o`ng qo`l va chap qo`l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh
etadi. U go`zal va pokiza qizga o`xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib
borib, o`z to`shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug`ib beradi. Zamin
ham mo`l-ko`l mevalarini in'om etadi", deyilgan, bunda yerni tobora madaniylashtirish va undan ko`proq naf olishi haqida gap boradi.
Xo`jalikning barcha tarmoqlari orasida g`allakorlikka eng yuksak
baho beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo`qotish yoki unga yo`liqmaslik
uchun ziroatchilikini rivojlantirish, yangi yerlarni ochish bo`yicha faol siyosat olib borish kerakligini uqtiradi. Ammo, inson yerni tashlasa, unga
qaramay qo`ysa, unday odam o`zgalar eshigi oldida turgan doimiy gadoyga
aylanadi, deyilgan bu kitobda (hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).
Asketizm to`g`ridan to`g`ri qoralanadi, chunki bu odat Yomonlik
bilan kurashda insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol
qilgan odam na din, na xo`jalik (qishloq xo`jaligi) ishlari, na farzand
(ayniqsa o`g`il bolalar) ko`paytirish faoliyati bilan kerakli darajada
shug`ullana olmaydi; insonlar sonini ko`paytirish ham muhim vazifa deb
belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini ko`paytiradi, Yaxshilik
g`alabasiga ko`maklashadilar. Bu g`oyalarning ahamiyati hozirgi kunda
ham juda muhimdir. Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa qadimgi Eronda keng
tarqaldi, davlat diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Doro I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha
bo`lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi bu dinga e'tiqod
qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni
olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).
Boshqaruv tizimi, shaharlari va savdo aloqalari.
Eng Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyatga asoslangan quldorlik davlati edi. Eng Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar oqsoqollar kengashi va qo`shinga tayanib ish olib borgan. Qadimgi aholi boy-badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o`rtahol dehqdn va ziyolilardan iborat o`rta tabaqaga hamda kambag`allar, qashshqqlar va qullarga bo`lingan. Milloddan avvalgi 5 ming yil oxiri 4 ming yillikda Hind daryosi vodiysida sun’iy dehqonchilik vujudga kelgan 4 ming yillik oxiri – 3 ming yillik o’rtalarida Hind vodiysida eng qadimgi Hind madaniyati tashkil topdi. M.av. 2 ming yillik o’rtalarida Hindistonda Oriy qabilalari kirib keldi. Oriylar o’zlari bilan temir, ot va tuyani olib kirdilar. M.av. VI asrgacha shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq mayda davlatchalar bo’lgan. Davlatchalar o’rtasidagi kurashda Magatha g’olib kelgan.
Magatha davlati Minbasara davrida ancha kengaygan. Ajattashatru davrida esa Gang vohasi markaziy Hindiston markaziy davlaga birlashgan. M.av. 345 yil Nand sulola asoschilaridan biri Ugrase Magathani egallab oldi. M.avv VI-IV asrlarda Panjob viloyatida tarqoqlik hukm surgan. Yunon – Makedon bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashiga Chandra Gupta boshchilik qilgan. U Magatha taxtini egallab m.av. 317 – 298 yillari podsholik qilgan. Manrea davlatiga asos solgan. Poytaxti Patalaputra.
Chandra Guptaning o’g’li Bindusara (293-268) va Ashoka (268-231) davrida Hindiston qudratli davlatga aylandi. M.avv. 180 yili Mauria sulolasining so’ngi podshosi o’ldirildi. Milodning III asrida Magatha yana kuchaydi. Uning asoschisi Gupta bo’lgan Guptaning nabirasi Chandra Gupta I davrida (320-335) Magatha ancha kuchaydi. Uning o’g’li Samudra Gupta (335-380) Ximolayda Madras va Kanchi shaharlarigacha bo’lgan yerlarni bosib oldi. Chandra Gupta II (380-415) Hind osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. VI asrga kelib Guptalar davlati yana mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Shu bilan Hindistonning qadimgi davri tugadi.
Mohenjon-doro – Hind daryosi o’rta qismida joylashgan 270 gektar yer maydoni bu shahardan xom va pishiq g’ishtdan qurilgan binolar va shahar yo’llari topilgan. Yo’llarga g’isht yotqizilgan. Shaharga korizlardan suvlar kelgan va chiqindi suvlar chiqarib tashlangan. Boy kishilarning uylari, ibodatxona, qal’a va boshqa binolar ikki uch qavat qilib qurilgan.
Harappa – Panjob viloyatida joylashgan arxeologlar bu yerdan besh yuzga yaqin yodgorliklar topishgan. Shaharga quvurlar orqali suvlar kelgan kanalizatsiya tizimi bo’lgan. Shaharda suv saqlash uchun pishiq g’ishtadan koriz va quduqlar qurilgan. Umuman aytganda shaharda me’morchilik, zargarlik, kulolchlik, toshtaroshlik qurolsozlik ancha rivojlangan. Harappa va Mohenjon-doroliklar uncha katta bo’lmagan kemalarda daryo va dengizlarda suzganlar.
Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko`pdan ko`p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg`oqchilikdan qo`rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo`ylab yo`lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug`lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko`taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni surlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg`oqchilik poyoniga yetibdi.
Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig`inishgan: Bosh xudolardan biri boshi filnikiga o`xshash donishmand Ganesha bo`lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovordir. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo`la olmasdi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko`chib o`tishiga e'tiqod qilishgan. Ular, vafot etganidan keyin odam baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o`simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanib qolishi esa uning bu hayotdagi xatti-harakatlari va amallariga bog`liq. Hind kastalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug`ullanishiga qarab to`rt guruhga ajratilgan edi. Bu guruhlar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar — braxmalar, jangchilar — kshatriylar, dehqon, hunarmand va savdogarlar — vayshyalar, xizmatkorlar va qullar — shudralar.
Hindlarning e'tiqodicha, kastalardan har birini oliy xudo Braxma o`z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo`llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa oyoqlari tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari kastasiga mansub deb topilgan. Bir kastadan boshqasiga o`tishning ham iloji bo`lmagan. Turli kastalarga mansub odamlar o`rtasida nikohga ham yo'1 qo`yilmagan. Kastalardan birortasiga ham mansub bo`lmaganlar esa alohida maqomga ega bo`lishgan. Bundaylarni "chandal", ya'ni "hazar qilinadiganlar" deyishgan. "Chandallar" kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o`tirish taqiqlangan edi. Uzoqdan ko`rinib ajralib turishlari, kimdir tasodifan ularga tegib ketmasligi uchun "chandallar" maxsus libos kiyib yurishlari kerak edi. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edi.Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko`p joylaridan savdo omborxonalari va do`konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq toshlar ham topilgan. Bu, Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotamiya, Arabiston va boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo`llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, shuningdek talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha boylik yig`ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan.
Qadimgi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan. Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib
Eng Qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-ro`zg`or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar tayyorlaganlar. U yerda to`qimachilik, kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham ancha rivoj topgan edi.
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo'lib, bir qancha iqtisodiy g'oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o'rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo'lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg'u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo'shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o'sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiy ishlarga aralashuvi qo'llab-quvvatlangan. Qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor berilgan, bo'sh erlar xalqqa bo'lib berilishi va soliq to'lash zarurligi, sug'orish inshootlari qurishga e'tibor haqida so'z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g'oya markaziy o'rinni egallaydi. Moliya sohasida daromad solig'iga katta e'tibor berilgan. Davlat ba'zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiy va ma'naviy yordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta'minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har xil o'g'irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. Shu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo'qoladi, deyilgan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g'oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko'ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo'lgan «Avesto» ya'ni «hayot yo'riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun'iy sug'orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e'zozlash, hayvonlarni asrash, noo'rin so'ymaslik, unga zug'um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash masalalari yoritilgan.
«Artxashastra» ta’limoti
Qadimgi Hindiston xo‘jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o‘rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av. IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptaning maslahatchisi Kautilya yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi — foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag‘ishlangan, uchinchi va to‘rtinchisida sud va jinoyatchilami jazolash masalalari ko‘rib chiqilgan, so‘ngra tashqi siyosat usullari to‘g‘risida, maxfiy xizmat to‘g‘risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‘rtta «ilmni» bilishi zarurligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. «Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko‘riladi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, eng awalo, dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlami u yerlarga o‘mashtirish ishlarini 24 amalga oshirishi kerak. Yangi ko‘chib kelganlarga yer soliq to‘lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning siyosati erni emas, balki odamlami himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, - deyiladi asarda, - odamlardan tashkil to‘gan. Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‘xshaydi - undan na sut sog‘ib olib bo‘ladi, na nasi». «Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‘zIagan holda, xo‘jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o‘z yerini ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo‘jayinlarga berish tavsiya etiladi. Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko‘rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo'lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi. «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug‘orish tizimlarini qurish, - deyiladi unda - hosilning manbayi hisoblanadi...» Sug‘orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar uchun og‘ir jazo, hatto o‘limga mahkum etish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini hal etishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo‘jaliklari foydasidan, turli soliq va boj to‘lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag‘ ajratib kelgan. Davlat xo‘jaligi va soliq tizimi bilan bog‘liq boigan moliya idoralarining to‘g‘ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlaming qat’iy hisob-kitob hujjatlari olib borilishi zarur. Podsho xazinani o‘g‘irlovchi amaldorlami bartaraf etishi kerak. Ammo bu yerdagi o‘g‘irlikni aniqlash juda qiyin bo'lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o‘g‘irlashning 40 xil usulini ko‘rsatib beradi va ayyor amaldoming hiylasini bilishdan ko‘ra, osmondagi qushning yo‘lini aniqlash osonligini qayd qilib o‘tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o‘sha suvdan ichayaptimi, yo'qmi bilib bo‘lmaganidek, 25 ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‘zlashtirayaptimi, yo‘qmi aniqlab bo‘lmaydi», - deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol qilishning har xil usullarini o‘rganib olmasdan awal, amaldorlami tez-tez o‘zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga - «daromadlami ko‘paytirish va xarajatlami kamaytirishga» da’vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko‘rsatib berdi.

Yüklə 220,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin