90
tadbirkorlik
shartnomalarini
tuzish
jarayonida,
ularning
texnik-iqtisodiy
ko„rsatkichlarini asoslash davrida aniqlanadi.
Zararlar foydaning kutilayotgan hajmiga nisbatan kamayishi orqali
aniqlanadi. Tadbirkorlik zararlari - bu birinchi navbatda tadbirkorlik foydasining
kamayishi hisoblanadi.
Aynan shu kabi zararlar tadbirkorlik riski darajasini tavsiflaydi. Demak,
riskni tahlil qilish birinchi navbatda zararlarni tahlil qilishdan boshlanadi.
Kutilmagan holatda yuzaga keladigan u yoki bu ehtimoliy zararlarni
baholash yoki o„tash uchun eng avvalo tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq zararlar
turini bilib olishimiz kerak bo„ladi. Bunda albatta, har bir zarar turlarini miqdoriy
baholash va ularni bir qolipga tushira ola bilish zarur bo„ladi. Zararlarni bashorat
(prognoz) qilish jarayonida ularni hisoblashdan avval, bir muhim vaziyatga alohida
ahamiyat qaratish kerak, ya‟ni tadbirkorlik faoliyatining borishiga va natijalariga
ta‟sir etuvchi voqealarning ehtimoliy rivojlanishi nafaqat katta miqdordagi
resurslarni zararga olib kelishi mumkin, shu bilan birgalikda yakuniy natijani ham
kamaytirib yuborishi mumkin bo„ladi.
Yana shuni unutmaslik kerakki, ehtimoliy voqealar bir turdagi resurslarning
ortishiga va boshqa tur xarajatlarining kamayishiga, yohud ba‟zi resurslar
xarajatlarining ortishi barobarida, boshqa resurslardan iqtisod qilishga erishishiga
sabab bo„lishi mumkin.
Agar ehtimoliy voqealar tadbirkorlik faoliyatining yakuniy natijasiga ikki
taraflama, ham ijobiy, ham salbiy ta‟sir ko„rsatsa, u holda riskni baholashda u va
bu holatlarning darajasini ham hisobga olish kerak, boshqacha aytganda, ehtimoliy
zarar yig„indisi aniqlanayotganda, tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyat sari olib
boruvchi xarajatlarni ham hisobga olish talab etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan zararlarni material, mehnat,
moliyaviy vaqtning yo„qotilishi kabi zararlarning maxsus turlariga ajratish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: