Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


 Kichik biznes va xususiy korxonalarda



Yüklə 2,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/197
tarix02.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#137094
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

3.4.3. Kichik biznes va xususiy korxonalarda
risklarni baholash 
Riskni yuzaga kelishi mumkin bo„lgan ehtimoliy zararlar sifatida xarakter-
lash va o„lchash maqsadga muvofiqdir. 
Riskni baholashda uning har bir ehtimoliy zararlarini mutlaq yoki qiyosiy 
jihatdan baholash maqsadga muvofiq bo„ladi. 
Ehtimolliklar egri chizig„ini qurish riskni baholashning boshlang„ich bos-
qichi bo„lishi mumkin. Bu egri chiziqni tadbirkorlikka tadbiq etish o„ta murakkab 
vazifa hisoblanadi. Shuning uchun riskning bir nechta asosiy ko„rsatkichlarini 
ko„rib chiqamiz. Shu maqsadda zarar hajmiga bog„liq ravishda riskni risk hudud-
lariga ajratib olamiz (3.5 - rasm). 
 
 
Zarar kutilmaydigan muhitni risksiz hudud deb ataymiz. Ushbu hududda 
hech qanday zararlar kutilmaydi. 
Riskka yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan hududda tadbirkorlik faoliyati 
o„zining iqtisodiy holatini saqlab qoladi. Bu hududda zararlar mavjud, ammo ular 
kutilayotgan foyda hajmidan kam bo„ladi. 
Riskka yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan hudud chegarasida zararlar darajasi 
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foydaga teng bo„ladi. 
Keyingi o„ta xavfli muhitni jiddiy risk hududi deb ataymiz. Bu hududda 
ehtimoliy zararlar kutilayotgan foyda hajmidan yuqori bo„ladi. Tadbirkor yakuniy 
holatda nafaqat daromadga erisha olmaydi, balki barcha xarajatlari miqdoridan 
ham yuqori zarar ko„radi. 
Jiddiy riskdan ko„ra, o„ta fojeali risk hududini ko„rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. U o„zining hajmi, bo„yicha kritik darajadan ortadi, tadbirkorlikning 
mulkiy holatiga teng bo„ladi. Fojeali risk faoliyati oqibatida korxona bankrotga 
uchraydi, uni yopishga va mol-mulkini sotishga olib keladi. 
0
3.5 - rasm. Risk hududlari
Riskli zona 
Foyda 
Zarar 
Yutuq
O‘ta fojiali
risk zonasi 

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin