101
emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy
hujjatni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar
qo’ya olmaydi. Аmmo, ma’muriy organ va uning mansabdor shaxslari
ishni mazmunan qonun talablari doirasida hal etishlari kerak.
Ma’muriy hujjat yuqorida ta’kidlangani singari ommaviy huquqiy
munosabatlarni vujudga keltiradi. Masalan, litsenziya berish haqidagi
ma’muriy hujjatning qabul qilinishi ma’muriy organlarning xususiy
shaxslar faoliyatida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish
bilan bog’liq munosabatni vujudga keltiradi.
Аyrim ma’muriy hujjatlar ommaviy huquqiy munosabatlarni
o’zgartiradi. Bunga misol qilib ma’muriy organning fuqaroni uning
arizasiga ko’ra nogironlik pensiyasidan yoshga doir pensiyaga
o’tkazish to’g’risidagi qarorini keltirish mumkin.
Аyrim ma’muriy hujjatlar esa ommaviy huquqiy munosabatlarni
bekor qiladi. Masalan, ma’muriy organning xususiy shaxsning
litsenzisini bekor qilishga qaratilgan ma’muriy hujjati litsenziya talab
etiladigan faoliyat bilan shug’ullanishni to’xtatishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: