Yuridik kollejlari


Ma’muriy hujjat va normativ-huquqiy hujjat o’rtasida qanday



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Ma’muriy hujjat va normativ-huquqiy hujjat o’rtasida qanday 
farq bor? 
Shu  o’rinda  qayd  etish  lozimki,  ma’muriy  hujjat  va  normativ-
huquqiy hujjatni bir-biridan farqlash lozim. O’zbekiston Respublikasi 
“Normativ-huquqiy  hujjatlar  to’g’risida”gi  Qonunning  3-moddasiga 
ko’ra,  normativ-huquqiy  hujjat  ushbu  Qonunga  muvofiq  qabul 
qilingan,  umum  majburiy  davlat  ko’rsatmalari  sifatida  huquqiy 
normalarni  belgilashga,  o’zgartirishga  yoki  bekor  qilishga  qaratilgan 
rasmiy hujjatdir
1

Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir: 

 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; 

 
O’zbekiston Respublikasining qonunlari; 

 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; 

 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari  va  qaror-
lari; 

 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
                                                        
1
 Qonunhujjatlarima’lumotlarimilliybazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018 y. 


102 

 vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda 
qarorlari; 

 mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 
Ularning  asosiy  farqi  shundaki,  normativ-huquqiy  hujjat  yakka 
shaxsga  qaratilmaydi.  U  umummajburiy  xususiyatga  egadir.  Bu 
ma’muriy  hujjat  qaratilgan  bir  qancha  jismoniy  yoki  yuridik 
shaxslardan iborat guruh bilan ayni bir narsa degani emas. 
Ma’muriy hujjatda jismoniy yoki yuridik shaxs ko’rsatib o’tiladi. 
Ya’ni,  unda  jismoniy  shaxsning  ismi  va  sharifi,  yashash  manzili  va 
boshqa  shu  kabi  qo’shimcha  ma’lumotlar  keltiriladi.  Yuridik  shaxs 
bo’lsa,  uning  firma  nomi,  uning  joylashgan  manzili  va  shu  kabi 
qo’shimcha ma’lumotlar qayd etib o’tiladi. Bir qancha jismoniy yoki 
yuridik  shaxslardan  iborat  guruh  qaratilgan  ma’muriy  hujjatda  ular 
haqida  batafsil  ma’lumot  bo’lmasligi  mumkin.  Аmmo  ma’muriy 
hujjatning  mazmunidan  u  qaysi  guruhdagi  shaxslarga  tegishli  ekani 
yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Masalan,  mahalliy  hokimiyat  organi 
tomonidan  davlat  dasturiga  binoan  muayyan  hududda  qurilish  ishlari 
olib  borilishi  munosabati  bilan  eski  uy-joylarni  buzish  to’g’risidagi 
qarori  ma’muriy  hujjatdir.  Unda  qaysi  hududdagi  uy-joylar  buzilishi 
aniq  ko’rsatib  o’tiladi.  Garchand  unda  uy-joy  tegishli  bo’lgan 
fuqarolar  sanab  o’tilmasa-da,  qarorning  mazmunidan  hududda 
joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma’muriy hujjat aynan 
to’g’ridan-to’g’ri ularning huquqlariga daxldordir.  
Normativ-huquqiy  hujjatda  esa  bunday  emas.  Ma’muriy  hujjat 
huquqni  qo’llash  hujjati  bo’lsa,  normativ-huquqiy  hujjat  qonun 
hujjatidir.  Ma’muriy  hujjat  normativ-huquqiy  hujjatlarga  zid  bo’lishi 
mumkin emas.  
 

 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin