З a Manue l de français Pour les étudiants des écoles supérieures Fransuz tili darsligi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/166
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#129941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Manuel de francais-Турниёзов Ў.Т.


з a


M a n u e l
de français

Pour les étudiants des écoles supérieures




Fransuz tili darsligi

2006 yil iyul oyida oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga qarashli muvoffiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanib chop etishga ruxsat etilgan


Muallif : dotsent O`.Turniyozov

Ushbu darslik oliy o`quv yurtlarining talabalari, shuningdek litsey, kollej o`quvchilari uchun tayyorlangan.

Mas`ul muharrir: f.f.n. dotsent Mirhaydarova N.K.


Taqrizchilar: Filologiya fanlari nomzodi
dotsent Nishonov M.N. (O`DJTU)

Pedagogika fanlari nomzodi


dotsent Bakayev N.B. (BDU)

Filologiya fanlari nomzodi


dotsent Umbarov N. (O`DJTU)

Filologiya fanlari nomzodi


dotsent Ravshanov M. (NDKI)
Navoiy davlat pedagogika instituti-2007

So’z boshi

O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan keyingi o’tgan davr mobaynida qator muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi, juda ko’p o’zgarishlar amalga oshirildi. Shu yutuqlarni qo’lga kiritishda chet tillarining ham o’z hissasi bor.


Chet tilini o’qitishning maqsadlari jamiyat va davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi, shuning uchun ham chet tilini o’qitishda mo’ljallangan mazkur darslik jamiyat va davlat manfaatlari va talablariga mos kelmog’i hamda javob bermog’i kerak.
Mustaqil Respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni tobora oshib, xalqaro aloqalar, savdo-sotiq, turizm va mamlakatlar o’rtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar rivojlanib, mustahkamlanib borayotgan bir paytda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga chet tilini puxta o’rgatish va xorijliklar bilan shu chet tilda muloqat davomida o’ziga taalluqli masalalarni erkin muhokama qilish, umuman og’zaki yoki yozma shaklda muloqat qilishga o’rgatish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Bu vazifalar mazkur darslikda o’z ifodasini topgan. Shu sababli bu darslik 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to’qqizinchi sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat ta’lim standartlari, yangi pedagogik texnologiya talablari shuningdek Respublikamizda va xorojiy mamlakatlarda chop etilgan o’quv reja va dasturlarga asoslanib tuzildi.
Bu darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining ijtimoiy fanlar fakultetlari talabalariga, kollej, litsey va gimnaziya o’quvchilariga mo’ljallangan.
Darslik fransuz tilini umumiy o’rta maktab dasturi darajasida bilimga ega bo’lgan talabalar bilimiga moslashtirib, bu tilni yanada mukammalroq o’rgatishga qaratilgan.
Darslik talabalarning umumiy o’rta maktabda olgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash til materiallari bilan boshlanadi. bu til materiallari 14-16 soat amaliy mashg’ulotlar davomida takrorlanib mustahkamlanadi.
Darslik 200-220 soat amaliy mashg’ulotga mo’ljallangan bo’lib, uning maqsadi talabalarga o’z mutaxassisliklari bo’yicha maxsus adabiyotlarni, shuningdek ommaviy-siyosiy tarzdagi adabiyotlarni eshitib va o’qib tushunishni, dastur bo’yicha o’rganilgan mavzular yuzasidan suhbatlar tashkil qilishni o’rgatishdan iborat.
Ko’pgina matn va mashqlarda texnik vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan.
Mazkur darslik talabalarga o’zi, oilasi, yashab turgan joyi, shahri, mamlakati, buyuk kishilari, tarixiy obidalari to’g’risida shuningdek fransuz tili va Fransiya haqida suhbatlar olib borishni o’rgatadi.
Darslik fonetikaga kirish kursi va 36 ta asosiy darslardan hamda talabalarning mustaqil o’qishlari uchun mo’ljallangan ta’lim va tarbiyaga oid qo’shimcha matnlar, grammatikadan qisqacha ma’lumotnoma, fransuzcha-o’zbekcha lug’atdan tashkil topgan.
Kitobda har bir dars o’zining asosiy rejasi, keyin til materiallarining zaruratiga qarab matn, yoki grammatik qoida, so’ngra leksika, grammatika mashqlari va talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun turli mavzularda topshiriqlar berilgan.
Talabalar bilimini mustahkamlash va o’zlashtirishini tekshirish maqsadida 8, 16, 24, 30 darslardan keyin takrorlash uchun turli shakldagi topshiriqlar berilgan.
Mazkur darslik “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan keyin tuzilgan bo’lib, unda ayrim uslubiy, ilmiy kamchiliklar bo’lishi tabiiydir. Bu darslikdagi kamchiliklarni ko’rsatib, qimmatli maslahatlar beruvchi va ushbu darslikni tuzishda foydali maslahatlar bergan kasbdoshlarga darslik muallifi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin