Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə30/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Xotirjamlik holati. Ushbu holat aksariyat hollarda sportchilar sport musobaqalarida raqibi imkoniyatini sun'iy ravishda pasaytirib, o‘zlari uchun juda kuchsiz raqib, deb hisoblaydigan va shu sababli uning ustidan yengilgina g‘alaba qozonaman, deb o'ylaydigan holatlarda yuzaga keladi. Mazkur holatda quyidagilar kuzatiladi:

  1. g‘alaba uchun zarur boigan hushyorlik va safarbarlik holatining yo'qligi;

  2. diqqat jadalligining pasayishi, idrok, tafakkur jarayonining sekinlashuvi, sport jangini olib borishdagi hushyorlikning susayishi.

Odatda o‘zini xotirjam tutish holati sportchilarda ular chindan ham o‘zlaridan ancha ojiz raqiblar bilan maydonga tushganda kuzatiladi. Ushbu holat sportchining ishchanlik, bor kuch-g‘ayratini safarbar etish qobiliyatlariga salbiy ta’sir etib, natijada uning xatti - harakatlaridagi yakuniy natijalar darajasi pasayib ketadi.

  1. Sport kurashlari jarayonida paydo boiadigan his-tuyg‘ularning tavsifi

Sport faoliyatini amalga oshirish sharoitida, ayniqsa sport musobaqalari jarayonida o'ziga xos shunday bir his-tuyg‘ular paydo bo‘lib, shakllanadiki, ular ma’lum ma’noda bajarilayotgan faoliyatning spetsifik jihatlarini o‘zida ifoda etadi. Ular birinchi galda rnusobaqa shart-sharoitlari ta’sirida paydo bo'ladi, zero bunday hollarda sportga xos raqobat, g'alabaga erishish yoki muayyan natijalarni qo'lga kiritish uchun keskin kurash jarayonlari, hayajonli lahzalari yuzaga keladi.
Sport kurashlari jarayonida paydo bo'ladigan his- tuyg‘ularning quyidagi asosiy turlari aniqlangan:

  • Musobaqalashuv qo'zgalishi - bu holat sportchining yuqori darajadagi faolligi hamda uning stenik (harakatga doir) his -tuyg'ulari bilan xarakterlanadi. Odatda musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish, muayyan sportchiga xos bo'lgan musobaqalashuv qo‘zg‘alishining me’yor darajasida boiishiga bog'liq bo'ladi.


  • Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin