Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


’z-o‘zini nazorat qilish savollari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə34/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini nazorat qilish savollari

  1. Musobaqalarda vujudga keladigan psixologik zo‘riqishlarning kelib chiqish sabablarini ochib bering?

  2. Musobaqalashuv motivlarini sanab bering?

  3. Sport murabbiysi tomonidan musobaqalar uchun maqsad ko‘rsatmasini shakllanttirish va belgilash.

  4. Musobaqalar sportchining faoliyatini rag‘batlantiruvchi omil sifatida. (Asoslab bering).

  5. Startoldi holatlar qachon boshlanadi?

  6. Musobaqalar oldidan startoldi hayajonlanishini boshdan kechirish zarurmi? Asosli javob bering.

  7. Startoldi holatlarini tavsiflab bering.

  8. G’alaba va maglubiyat, ularning sportchining musobaqadan keyingi holatiga ta’siri.

Tavsiya e'.iladigan adabiyotlar

  1. Попов А.Л. Психология спорта (учебное пособие). - М.: Флин­та, 1998.

  2. Сопов В.Ф. Психическое состояние в напряженной профес­сиональной деятельности. - М.: Академический проект, 2005.

  3. Ридер Г. Как извлекать пользу из проигрышей и спортивных неудач? Спортивная психология в трудах зарубежных специа­листов. Хрестоматия. Сост.: И.П.Волков, Н.С.Цикунова. - М.: Советский спорт, 2005, 144-167 б.

  4. Параносич В., Лазаревич Л. Как готовить команду к успеху и переживать поражение? Спортивная психология в трудах зарубежных специалистов. Хрестоматия. Сост.: И.П.Волков,

Н.С.Цикунова, - М.: Советский спорт, 2005, 21-54 б.

  1. Дьяченко Т.М. Особенности предстартовых психических сос­тояний спортсменов высокой квалификации в период ответ­ственных соревнований. //Материалы международной науч­ной конференции психологов физической культуры и спорта. «Рудиковские чтения» (11-14 июня 2007 г.), М., 2007, 51 б.

5-BOB.
SPORTDA SHAXS PSIXOLOGIYASI

    1. Sportda shaxs shakllanishining psixologik jihatlari

Shaxs - bu jamiyatda alohida o'ringa ega, o‘zini qurshab turgan muhitni o‘zgartirish uchun faol harakat qilishga qodir, ijtimoiy rivojlanishning aniq vakilidir.
Shaxsni shakllantirish butun tarbiya tizimi vositasida ta’minlanib, u insonning ko‘pqirrali faoliyat turlaridagi ijtimoiy faoliyati jarayonida amalga oshadi.
Shaxsning rivojlanishiga quyidagi turli faoliyat sohalari ta’sir ko‘rsatadi, jumladan: mehnat, ijtimoiy, sport, ta’lim va tarbiya, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy tarbiya. Bularga qo‘shimcha qilib, yana sportchilar o‘z hayotlari, turmush sharoitlari, turli faoliyatlari jarayonida boshqa kishilar bilan birga duch keladigan o‘zaro munosabatlarni ham kiritish kerak. Bundan tashqari shaxsning rivojlanishiga ommaviy axborot vositalari - televidenie, teatr, kino, badiiy adabiyot kabilar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada, yuqorida tilga olingan barcha omillarning mushtarak tarzdagi ta’siri ostida shaxsning psixik birikmasi shakllanadi. (Ye.V.Shoroxova, B.F.Lomov).
Shaxsning psixik birikmasi deyilganda nimani tushunmoq kerak? Psixik birikma muayyan kishiga xos bo'lgan xarakter yo‘nalishini, temperamentni, intellektual, emotsional va irodaviy jarayonlar kabi xususiyatlarning kechishini ko‘rsatuvchi nisbatan turg'un birlikdan iboratdir. Mazkur xususiyatlar psixomotor faoliyatlar sohasida o‘z ifodasini topadi, zero mazkur soha shaxsning aniq amaliy faoliyat turlaridagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim qismidir. Yuqorida tilga olingan fikrlarni, to‘laligicha sportchi shaxsining shakllanishiga ham tatbiq etish mumkin.
Shaxsning psixik birikmasining shakllanishi ikki yo‘nalishda boradi. Ulardan biri umumiy yo‘nalish bo'lib, u shaxsga hayotiy faoliyatning turli jabhalaridao‘z faolligini namoyon etish imkoniyatini beradi. Ikkinchisi esa spetsifik yo‘nalish, ya’ni psixik xususiyatlar, holatlar, jarayonlarni. har bir faoliyat turi uchun alohida tarzda yaratilgan shart-sharoitlarda maxsus ravishda rivojlantirish va ularning muvaffaqiyatini ta’minlash yo‘lidir.
Umumiy va spetsifik yo‘nalishlarning mushtarakligi, yaxlitligi - shaxsning psixik birikmasini shakllantirishning eng bosh omillaridan biridir. (B.G.Ananyev, A.S.Puni).
Sport faoliyati jarayonida psixik birikmani shakllantirish ham xuddi shu yo'nalishlarda ro‘yobga chiqadi. Shu sababli ham sport bilan shug‘ullanish jarayonida shaxs psixik birikmasining umumiy jihatlari, shuningdek, u tanlagan sport turidagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus sifatlari ham birdek rivojlanadi va mustahkamlanib boradi.
Sport faoliyatining qaysi bir psixologik jihatlari sportchi shaxsining psixik birikmasiga ta’sir ko'rsatadi? Bu xususiyatlardan eng muhimlari quyidagilardan iboratdir:

  1. Sport kurashlari rekordlarini qo'lga kiritishga yoki raqib ustidan g'alaba qozonishga yo‘naltirilgan musobaqaviy xarakteri;

  2. Sportchining ushbu kurashlar paytida barcha jismoniy va psixik kuchlarining yuqori darajada zo‘riqishi, zero, busiz rekord natijalarga erishib bo‘lmaydi;

  3. Sportchining kun tartibi va maishiy hayotiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishi, muntazam, uzoq cho‘ziluvchi va qat’iy tarzdagi sport mashg‘ulotlari.

Taniqli nemis psixolog — olimi Kunat shaxsning rivojlanishida doimiy sport faoliyatining ahamiyatini alohida e’tirof etar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Faol sport faoliyati tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash ma’nosida shaxsning rivojlanishiga nihoyatda katta ta’sir qiladi. Chunki sport faoliyati mobaynida inson avvalo o‘zini yengishi kerak bo‘ladi. Shu sababli ham aytish mumkinki, sportda erishilgan ko‘rsatkichlar nafaqat kishining mushaklari va tayanch a’zolarining yutug‘i, balki birinchi galda bu shaxsning yutug‘idir” (Психо­логия и современный спорт, 1980, 122с.). Demak shaxsning rivojlanishining alohida individual xususiyatlarini bilish, ushbu jihatlarini o‘quv-mashg‘ulot, musobaqa jarayonlarida hisobga olish, zaruriy shaxsiy sifatlarini shakllantirish, sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishning asosiy va zururiy shartlaridir.

    1. Yuqori toifali sportchi shaxsining o‘ziga xos jihatlari

Shaxsning o‘ziga xos tomonlaridan biri, bu uning individualligi, ya’ni, faqat ungagina xos boigan va hech kimda takrorlanmaydigan xususiyatlar yig'indisidir.
Shaxsning individual xususiyatlarining tuzilishini tushunish va hisobga olish sport amaliyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Sportchi shaxsining individual xususiyatlarini chuqur bilish va tushunish orqaligina uning barcha imkoniyatlarini yanada rivojlanishini ta'minlash va ulardan samarali foydalanish mumkin.
Tadqiqotchi psixologlarning chempion va Olimpiada o‘yinlari sovrindorlari bo'lgan sportchi laming individual xususiyatlarini o‘rganish borasidagi tadqiqotlari shuni koLrsatdiki, ularning shaxsiyati uchun eng umumiy va muhim bo‘lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: yuqori darajadagi psixik — emotsional barqarorlik, xarakter mustahkamligi, o‘ziga ishonch, onglilik, o‘z-o‘zini nazorat qila bilish, murakkab vaziyatlarni mustaqil baholay bilishi, qat’iyat va matonat, tashabbuskorlik va harakatlardagi jasorat, yetakchilik, tavakkalga moyillik, novatorlik, kashfiyotga o‘chlik, samimiy muloqot qilish.
Bir qator tadqiqotlarda yutuqlar motivatsiyasi bilan sportchining shaxsiy xususiyati bo'lgan vahimalilik o'rtasidagi muayyan aloqadorlikning mavjudligi aniqlangan.
Vahimalilik — bu individning o‘zi tushgan vaziyatdagi jismoniy yoki ijtimoiy xavfni o‘ta bo‘rttirib tasavvur qilishi va uning natijasida o‘zida salbiy psixik - emotsional holatlarni (qo'rquv, hadiksirash, xavotirlanish va hokazolar) keltirib chiqarishga moyilligidir. Shaxsga xos bo‘lgan bu xususiyat, ayniqsa musobaqa oldidan sportchilarda xayajonlanishning ortib ketishiga sabab bo'ladi. Biroq, bu sportchi mutlaqo xavotirlanishdan holi bo'lishi kerak, degani emas. Vahima reaksiyasini organizmning mas'uliyatli va tarang vaziyatga tabiiy moslashuv jarayoni sifatida baholash lozim. Ma’lum daraja va me’yorida bo'Isa ushbu reaktsiya ijobiy hisoblanadi. Faqat haddan tashqari vahimalilik sportchi faoliyatining yomonlashuviga sabab bolishi mumkin. Shu sababli yuqori vahimalilikka moyil sportchilarning psixik holatidagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib borish o‘ta muhimdir. Vahimalilikning 2 ta turini farqlashadi: ulardan birinchisi muayyan tashqi vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatli vahimalilik bo‘lsa, ikkinchisi shaxsning o‘ziga hos boigan stabil — barqaror (tug‘ma) vahimalilik xususiyatidir. Vahimalilik ekstremal vaziyat arafasida yoki yuz berishidan ancha ilgari oldinda turgan xavf — xatarni “Men sezib turibman - bugun yutqazaman!” tarzida bashorat qiiish tufayli paydo bo'lishi mumkin. Bunday vahimani fan tilida antitsipir (oldindan paydo) vohima deb ataladi (A.V.Rodionov, A.L.Popov).
Vahimali holat samarali faoliyatga intilish sur’atiga (motiv kuchiga) bog‘liq bo‘ladi. Motiv qanchalik kuchli bo'lsa, sportchidagi vahima hissi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu sababli ham eng mashhur sportchilar odatda vahimalilik hissiga moyil bo‘ladilar.
Yuqori malakali sportchilarning shaxsiyatidagi o'ziga xos xususiyatlarni o'rganish shuni ko‘rsatdiki, sportchilarning yuqori natijalarga erishishlarida ular xarakteriga xos bo'lgan quyidagi sifatlar o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi, xususan: onglilik, maqsad sari intilish, o‘z - o‘zini boshqara olish, halollik, mehnatsevarlik, matonatlilik, oriyatlilik, jamoa oldidagi mas’uliyatni his etish. Ayni shu sifatlari tufayli ham sportchilar uzoq vaqt davom etadigan mashqlardagi qiyinchiliklarga bardosh beradilar va eng yuqori darajadagi musobaqalarda o'z vatanining sport sha’nini himoya qilib, olamshumul g‘alabalarni qo'lga kiritadilar.

    1. Yuqori ko‘rsatkichli sportda shaxs motivatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari

Sport bilan shug‘ullanish inson shaxsiyatini keskin ravishda o‘zgartiradi. Sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun sportchi shaxsiyatida bir qator xususiyat va sifatlarini shakllantirish hamda rivojlantirish kerak bo'ladi. Ana shunday muhim xususiyatlardan biri

  • bu sport faoliyatining motivlaridir. Sport faoliyatining motivlari sportchining shaxsiy ehtiyojlariga xizmat qilib, ular induvidual xarakterga egadir. Shu sababli ham sportchilar turli motivlarga ega bo‘ladilar va bu motivlar sportchilar shaxsining g‘oyaviy yo‘nalishiga, ularning sport mahorati darajasiga, yoshiga, sport sohasidagi staji va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. (“Sport faoliyatining psixologik tavsifi” nomli 2-bobga qarang.)

    1. Sportchi shaxs faoliyatiga asab tizimi va temperamentning ta’siri

Sportchilarning faoliyatiga asab tizimi va temperamentning o'ziga xos xususiyatlari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. I.P.Pavlovning ta’limotiga ko‘ra, temperamentning fiziologik asosi - oliy asab faoliyatining muayyan turi hisoblanadi. U asab tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini kuchi, muvozanatliligi va xarakatchanliligi orasidagi har xil mutanosibligi bilan xarakterlanadi.
Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi asab hujayralarining ishchanligi, ularning kuchli va uzoq muddatga cho‘ziladigan qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan chidamliligini ifodalaydi.
Asab jarayonlarining muvozanatliligi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro muvozanati — ya’ni balansini ifodalaydi. Asab tizimi qo‘zg‘alish jarayonining kuchi tormozlanish jarayonining kuchiga teng bo'lgandagina muvozanat holatida bo‘ladi. Ulardan birining kuchi oshib ketganda esa asab tizimida muvozanat si zlik yuzaga keladi.
Asab jarayonlarining harakatchanligi asab hujayralarining qo‘zg‘alish holatidan tormozlanish holatiga tez o'tishi bilan bog‘liq, aks holat esa inertlik hisoblanadi.
Temperamentning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: senzitivlik, reaktivlik, aktivlik (faollik), reaksiya sur’ati, plastiklik-rigidlik, ekstraversiya-intraversiya (V.S.Merlin).

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin