Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə37/138
tarix26.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125922
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Ustanovka — motivatsiya. Ushbu tushunchani shaxsning o'z faoliyati va hayoti davomida faqat muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan maqsadlari tarzida tushunmoq lozim.
Motivatsiya muammosi aksariyat sportchilar uchun eng dolzarb masaladir, ammo yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, chempion sportchilar bu borada o‘zlariga to‘qdirlar.
Professionallik. Professionallik chempionlarning o'zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha nafaqat egallagan malaka va ko‘nikmalarini ifodalaydi, balki chempion bo'lish uchun kerak bo'ladigan ko'plab bilimlarga egaligini ham ifodalaydi. Ushbu jihatlar ayniqsa ularning aniq raqib bilan jangga kirishishdan oldin unga qanday tayyorgarlik ko‘rishi borasida yanada yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan ular o'z raqiblari to‘g‘risida har tomonlama ma’lumot yig‘adilar, ularni tahlil qiladilar, ushbu tahlillar asosida raqibning taktik va psixologik jihatdan tutadigan yo‘llarini, turnir yoki o‘yin davomidagi strategiyasini oldindan bashorat qila biladilar.
Bundan tashqari ular o‘yin, jang, shaxmat partiyalari orasida qanday qilib o‘z vaqtida o‘zlarini psixo-fiziologik qayta tiklashni ham biladilar. Shuningdek, qulay startoldi holatini yaratishni, uzoq vaqt davomida optimal darajadagi musobaqalashuv holatini qanday saqlab qolishni va yana ko‘plab o‘z sohalariga oid sirlarni biladilar.
Sirlilik(“niqoblanish ”). Chempion sportchini hammataniganligi, hamma uni o‘rganishga intilishi sababli, u vaqt o'tishi bilan o‘ziga xos tashqi obrazga, qiyofaga ega bo‘lib boradi, sababi bu qiyofa uning boshqalar uchun olisroq, bir pog‘ona balandroqda turishi, hamma qatori bo‘lmasligi uchun xizmat qilib, uni o‘ziga tanish bo‘lmagan har xil kishilarning turli kutilmagan va u qadar zaruriyati boimagan muloqotlaridan, uning hayotiga, faoliyatiga, ayniqsa mas’uliyatli musobaqalar sharoitida huda-behuda aralashuvlaridan saqlaydi.
Agar sportchi “ochiq ko‘ngil” odamlar toifasidan bo‘lsa, odamlardan o‘zini olib qochishni istamasa, u “niqoblanish” usulini qo‘llashga majbur bo‘ladi, ya’ni u biroz sun’iyroq tarzda hayot kechirishga, xuddi artistlar kabi “obraz”da yashashga majbur bo‘ladi. Bunday sportchi hamisha, hamma joyda, o‘z xatti-harakatlarini o‘zi kuchli nazorat qilishi, har bir so‘zini o‘yiab gapirishi kerak bo‘ladi.
Irimchilik” — ushbu xususiyat sportchining o‘z atrofidagi tashqi hayotda va o‘zga kishilarning (unga halaqit beradigan) xatti-harakatlariga nisbatan o‘zini tezkor va kutilmagan qororlar chiqarishdan xalos qilish maqsadida amalga oshiradigan reaksiyalari hamda harakatlarining o'ziga xos dasturidan iboratdir. Bu holat uning asosiy (yetakchi) faoliyatidagi vazifalarni bajarishida o‘z diqqat

  • e’tiborini jamlash imkoniyatini beradi.

Sportchi turli ikkilanishlardan so‘ng, ya’ni bir necha irim- sirimlarni o‘zgartirib, ulardan mexanik tarzda foydalanib, o‘z tumorlarini, musobaqalashuv kuni kun tartibi, ovqatlanish tartibi va hokazolarni o‘zgartirib o‘z shaxsiyatini rivojlantirishda yangi sifat o‘zgarishiga yuz tutadi va mutloqo irimchiga aylanadi. Chempion sportchi o‘z hayotidagi barcha narsani “kun chiqishidan, to kun botguncha” bo‘lib o‘tadigan har bir narsani irimlashtiradi. Uning hayoti quyidagicha ko'rinishdan iborat bo‘ladi: ibodat qilish, jismoniy tarbiya, ovqatlanish, har kuni 2-3 marotaba zo‘r berib mashq qilish, shaxsiy kundalikni to'ldirish va uyqu oldidan ibodat. Sportchi bunday hayotni o‘zi uchun juda samarali deb o'ylaydi, (uning shaxsiyati kamol topganligi ham shunda) chunki u sportchini, uning shaxsiyatini (shu jumladan asab tizimini ham) begonalarning kutilmaganda uning hayotiga aralashishlaridan saqlaydi.
Qarshilik ko'rsatish” - bu shaxsni turli buzilishlardan himoya qiluvchi o‘ta mustahkam shaxsiy fazilatdir. Sportda shaxsni buzuvchi omillar sifatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin: keskin raqobat, pardaortidagijanglar, hakamlarning nohaqligi, raqiblarning, muxlislarning, matbuotning va boshqalarning dushmanlarcha munosabati.
Ilk bor ushbu shaxsiy fazilatni A.Karpov izohlab bergan — “Qarama-qarshilikka qarshi ichki kuchingiz bo‘lmasa, - degan edi u

  • katta shaxmatda sizning yo'lingiz faqat bir joyga olib boradi, u ham bo‘lsa — jinnixona” Bunday shaxsiy fazilatga ega bo‘lmagan sportchi o‘sha olimpiada janglarining so‘nggi kuniga borib, albatta betob boladi (shamollaydi, harorati ko‘tariladi, jarohat oladi va hokazo). Unda asab tizimlarining buzilishi va hokazolar yuz beradi. Bunday sharoitda o‘z faoliyatini barqaror ushlab turishga qodir sportchi- chempionlar o‘zlarining yuqorida tilga olingan shaxsiy fazilatlari evazigagina oqibatda g‘alabaga erishganlar. Demak, chempion sportchilarning fazilatlaridan eng muhimlari bu — qarshilik ko‘rsata bilish fazilatidir (R.M. Zagaynov).

Barqarorlik”- chempion sportchilar garchi o‘zlarining xususiy jihatlariga ko‘ra juda ko‘p farqlarga ega bo‘lsalar-da, bir jihatdan bir-birlariga juda o'xshaydilar. Bu jihat ularning asosiy faoliyatlarida barqaror ekanliklaridir. Ushbu barqarorlik avvalo ularning musobaqalashuv faoliyatida belgilangan darajadan hech qachon tushib ketmasliklarida, jangovor sifatlarini va texnik-taktik mahoratlarini ko‘rsata bilishlarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, chempion sportchilar o‘zlarining xarakterlariga oid va xatti-harakatlariga oid ko‘rsatkichlarda ham barqarordirlar. Ushbu barqarorlikning asosi esa ularning o‘zlarini-o‘zlari nihoyatda qattiqqo‘Uik bilan nazorat qila olishlaridadir. Ularning tashqi “obrazi”ning o‘ta kuchli jozibasi ham ayni mana shundadir, bu jozibali obraz — qiyofa ortida yashiringan nihoyatda ulkan qudrat, o'ziga ishonch, ko‘pchilik tomonidan afsungarlik, magnetizm, gipnotizm deb ataladigan g‘ayrat va shijoatni osongina uqib olish mumkin. Yuqori toifali aksariyat murabbiylar “barqarorlik”ni shaxsiy fazilat sifatida faqatgina bir yo‘l bilan — yillab davom etadigan izchil mashg‘ulotlar orqaligina tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydilar. Bunday og‘ir zahmatga esa kamdan- kam sportchilar bardosh bera oladilar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin