Startoldi lixoradkasi - ushbu holat quyidagi psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadi: kuchli hayajonlanish, ba’zi hollarda bu hayajon sportchi faoliyatini asosiy maqsaddan chalg'itadi;
his-hayajonlarning beqarorligi, ularning birini ikkinchisi, ba’zan mutlaqo teskarisi bilan tez-tez almashib turishi;
' v) diqqatning chalg‘ishi, parishonxotirlik; . g) idrok va tasavvurdagi uzilishlar, sportchi start signali yoki murabbiyning maslahatlarini o‘z vaqtida eshitmasligi mumkin; xotiraning susayishi. Bunday holatda, sportchilar asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga talab darajasida e’tibor qaratmaydilar;
fikrlar chalkashib, biri ikkinchisiga o‘tib ketadi.
Ba’zi hollarda og‘izning qurishi, oshqozon buzilishi va hokazolar kuzatiladi.
Fiziologik nuqtai nazardan startoldi lixoradkasi kuchli hayajonlantiruvchi asab jarayonlarining ko‘tarilishi va tormozlovchi asab jarayonlarining susayishi bilan bog‘liqdir. Startoldi lixoradkasi ko‘pincha sportni yaqinda boshlagan sportchilarda yoki yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagan sportchilarda shuningdek, qiziqqon, har narsaga birdaniga qizishib ketadigan sportchilarda kuzatiladi. Ushbu emotsional holatni bartaraf etishda sportchining e’tiborini musobaqadan boshqa narsaga jalb etish yaxshi natija beradi. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
So‘zlashuv usuli—bunda sport murabbiysi yoki psixolog sportchining e’tiborini musobaqaga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan boshqa mavzularga qaratadi.
Qizitish mashqlari (tinchlantiruvchi va murakkab koordinatsiyali mashqlarni berish).