21
O‘rta Osiyoda yahudiylik.
Yahudiylar O‘rta
Osiyoga
qadim zamonlardan ko‘chib kelganliklari haqida rivoyatlar
mavjud. Rivoyatlarga ko‘ra, ular Eron orqali O‘rta Osiyoga
kirib kelganlar. Ular miloddan avvalgi VIII asrlarda Assuriya
quvg‘inlari paytida Eronga ko‘chib kela boshlaganlar.
Miloddan avvalgi VIII asrda ba’zi yahudiylar Isroilni tark
etib, Misr, Eron o‘lkalarida boshpana topganlar. Forslarning
O‘rta Osiyoga bosqini natijasida yahudiylar ham ko‘chib kela
boshlaganlar. Ular milodning II asrida So‘g‘d
imperiyasi
davrida Marv (hozirgi Mari, Turkmaniston) shahriga kelib, u
yerdan Shahrisabz, Buxoro, Samarqand
shaharlariga tarqalib,
forsiy lahjalardan birida so‘zlashganlar.
Sayohatchi Veniamin Tudelskiyning 1165-yildagi ma’lumotiga
ko‘ra, o‘sha vaqtda Samarqandda 30 mingga yaqin yahudiy
millatiga mansub kishilar yashagan.
Yahudiylarning turmush tarzi,
urf-odatlari qadimiy
yahu diy, fors va mahalliy O‘rta Osiyo madaniyatlarining
qorishmasidan iborat. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda
yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida yahudiylar Eron,
Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon, Buxoro jamoalariga bo‘linib
ketgan. Yahudiylarning aksariyat qismi Buxoro shahri atrofida
istiqomat qilgani tufayli «Buxoro yahudiylari»
nomi bilan
tanilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yahudiy jamoalari
ham boshqa millat va konfessiya vakillari qatorida o‘z milliy,
diniy urf-odat va amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Hozirda Toshkent, Buxoro, Samarqand
shaharlarida Buxoro va
ashkenazi (Yevropalik) yahudiylarning milliy madaniy markazlari
va Respublikaning 3 ta hududiy tuzilmasida 8 ta sinagoga fao-
liyat ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: