Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

Hinduiylik.
Hinduiylik murakkab din bo‘lib, u uzoq davr 
mobaynida shakllangan.


22
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda braxmanlik bilan bud-
daviylik o‘rtasidagi raqobat natijasida hinduiylik dini yuzaga 
keldi. Bu dinga Hindiston aholisining 83 foizi e’tiqod qiladi.
Hinduiylikda besh qoida ustuvor hisoblanadi:
1) Vedalarning muqaddasligi;
2) (pir, ustoz) ning tan olinishi;
3) muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4) sanskrit muqaddas til ekanligi;
5) sigirning muqaddas ekanligi tan olish.
Hinduiylikda braxmanlar deb ataluvchi ruhoniylar asosiy 
o‘rin egallaydi. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa 
vakillaridan, balki oddiy xalqdan yoki ayollardan bo‘lishi 
mumkin. Ular eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini 
ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni 
yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. 
Hinduiylikning o‘ziga xos jihati tabaqalanish, ya’ni, kasta 
tizimining mavjudligidir.
HINDUIYLIK DINIDA TABAQALANISH TO‘RTgA 
BO‘LINADI
Braxmanlar (Ruhoniylar)
Kshatriylar (Harbiylar)
Vayshiylar (Savdogarlar, hunarmandlar)
Shudriylar (Past tabaqalar)
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva 
xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni 
yaratgan xudosi sanalsa-da, asosan Vishnu va Shivaga sig‘iniladi. 
Shundan kelib chiqib, hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:


23
1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi (Shivaizm).
2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi (Vishnuizm).
Shiva – kambag‘allar xudosi sanalib, «Rigveda» manbasida 
Pudra nomi bilan zikr etilgan.
Vishnu – «Rigveda» manbasida u quyosh xudosi – birinchi 
darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, 
Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U «Krishna bilan qo‘shilib 
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi».
Hinduiylikda «Mahobxorat» va «Ramayana» dostonlari o‘ziga 
xos muqaddas o‘rin egallaydi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib 
tasvirlanadi.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, 
moma qaldiroq, osmon, quyosh, bilan bog‘liq afsonalar mavjud. 
Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuiylik bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha 
kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, 
ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar 
atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish 
kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida 
bajariladi. Sigir muqaddas hayvon sifatida xudolar qatorida 
e’zozlanadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, Shivaning 
ma’budlik o‘rinini to‘ldirdi. Vishnuiylikda muqaddas hayvon 
maymun bo‘lib «Rigveda»da «Vrishakani (erkak maymun) 
timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin», degan 
rivoyat keltirilgan. Maymun «Ramayana» dostonidagi odam-
xudo – Ramning ittifoqchisi maymun-xudo Xanumanning vakili 
sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki 
xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy 
sohasi, marosimiy tizimi murakkablashib ketgan. Xalq ommasi 
orasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom 
etmoqda.


24

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin