108
INJIL
(yunoncha – «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik
dinlarining asosiy muqaddas manbai. Yahudiylar «Injil»i «Kitve
kadesh» va «Tanax» ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan
tan olinadigan Injil «Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd»dan iborat
bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat.
IMON
– arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi – ishonch
demakdir. Shariatda esa janob payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalom Olloh tarafidan keltirgan barcha xabarlarga til bilan
iqror bo‘lib, dil bilan tasdiqlashga imon deyiladi. Ya’ni Qur’oni
karim va Hadisi shariflar orqali Alloh to‘g‘risida, jannat, do‘zax,
qiyomat kabilar haqida berilgan xa barlarga ishonch – imondir.
Ma’naviy-axloqiy fazilat sifatida esa imon faqat insongagina xos
ruhiy hodisa jumlasiga kiradi.
ILOHIY KITOBLAR
– muayyan dinda muqaddas va ilohiy
hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan
payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ayrimlariga esa kitoblar
nozil etgan. 100 sahifa va 4 kitob – 100 sahifadan 10 sahifani
Odam (a.s.)ga, 50 sahifani Shis (a.s.)ga, 30 sahifani Idris (a.s.)
ga, 10 sahifani Ibrohim (a.s.) ga yuborgan. Muso (a.s.)ga Tavrot,
Dovud (a.s.)ga Zabur, Iso (a.s.)ga Injil va Muhammad (a.s.)ga
Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar
bir yo‘la bir daf’ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on
hazrati Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shak-
lida yuborilgan.
Dostları ilə paylaş: