“TARIX VA FILOLOGIYA”
KAFEDRASI
Место для логотипа
3- mavzu. Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish masalalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
2019-yil 8-may,
PQ-4312-son
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
3-Bob, §3. Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
maktabgacha ta’lim sohasida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvatlarini oshirishga yanada rag‘batlantirish va manfaatdorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa manbalardan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi shakllarini yanada rivojlantirish:
1
mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat ta’lim tashkilotlari binolarini bepul asosida berish;
2
ko‘p kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qo‘llab-quvvatlash
2
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish
3
hamma joyda bolalarni umumiy boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish
Maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng ko‘lamini o‘z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:
har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari — “Pley-guruhlar”
maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish dasturi — “Home visits”
yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);
2
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obyektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;
3
respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tarmog‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar
4
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish;
5
maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.