2.5. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar orqali ijobiy
fazilatlarni shakllantirish.
Ertaklarning inson hayotini go’zallashtirish, ma’naviy boyitish va uni
kamolotning eng yuksak cho’qqilariga ko’tarilish mumkinligi haqida A.S.Pushkin
shunday degan edi: «Kechqurun ertak tinglab, bu bilan o’tmishdagi la’nati
tarbiyamning kamchiliklarini to’ldiraman. Ertak qanday go’zal! Har qaysisi bir
doston!»
10
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham
ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar,
katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari
yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu
qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va
farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu
fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Ijobiy fazilatlar deganda biz avvalambor nimani tushunamiz? Insoniyat
ulug‘lagan fazilatlar, insondagi yaxshi sifatlar ijobiy fazilatlardir. Bularning eng
birinchisi aql-zakovatdir. Insonga eng kerakli narsa aqldir. Aql har ishning
boshidir. Aqlni doimo rivojlantirib, o‘stirib borish kerak. Buning uchun esa sabr
va ilmga muhabbat, mehnatkashlik darkor.
Kenja botir haqidagi ertaklarning asosiy g‘oyasi ham aql , bilim va
mehnatni ulug‘lashga qaratilgan. Bir qator ertaklarda o‘ta zehnli va farosatli
kishilar haqida hikoya qilinadi. Bularga «Uch aka-uka tamizchilar», «Uch zehnli
yigit», « Uch og’a-ini botirlar» , “Topqinchilar”, “Uch og‘ayni tahminchi”
ertaklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu ertaklarda faqat kenja o‘g‘il emas
uch aka-ukalarning barchasi aql va zakovatda tengi yo‘qdirlar.
“Uch og‘ayni tahminchi” ertagida bir podshoning uch o‘g‘li bo‘ladi.
Podshoh vafot etgach, boshqa odam podshoh bo‘libdi. Uch-to‘rt yil o‘tgach aka-
ukalarning ahvoli yomonlashibdi. Ular kelishib, boshqa yurtlarga ketishga ahd
10
A.S. Pushkin. Ertaklar haqida. O’zbek folklori, 2-kitob. Toshkent, 1941.- B. 11
42
qilishibdi. Tog‘u toshlarda qirq kun yurishgach, ovqatlari tugab och va tashna
qolishibdi. Uzoqdan bir shahar ko‘ringach oyoqlarining og‘riganiga ham qaramay
tez yurib ketayotganlarida, kattakoni birdan to‘xtab qolibdi, ukalariga qarab:
“-Bizdan ilgari bir tuya o‘tib ketibdi,-dedi. Besh-o‘n qadam bosganda
o‘rtanchasi:
-Bizdan ilgari yurgan tuyaning bir ko‘zi ko‘r ekan,-dedi. Tag‘in nariroqqa
yurib borishdi. Kichkinasi:
-O‘sha tuyaning ustida zaif kishi bor ekan, qornida bolasi bor ekan,-dedi.
Tag‘in bir oz yo‘l yurishdi. Orqadan bir qilich taqqan yigit kelib, ulardan bosib
o‘taveridi. Uchovlariga qarab-qarab o‘tdi. Bu uchovining kattasi:
-Ha, o‘rtoq, yo‘q yo‘qotdingizmi?-dedi. Haligi otliq odam to‘xtab:
-Yo‘q yo‘qotdim,-dedi. Podshovachcha:
-Yo‘qotganingiz tuyamidi?-dedi. Yo‘q yo‘qotgan:
-Yo‘qotganim tuya edi,-dedi. Kattakonining so‘zi tamom bo‘ldi.
O‘rtanchasi:
-Tuyaning bir ko‘zi ko‘rmidi?-dedi. U odam:
-Ha, bir ko‘zi ko‘r edi dedi,-dedi. Kichkinasi:
-Tuyaning ustida zaif kishi bormidi, ham u zaif og‘ir bo‘ylikmidi?-dedi.”
11
Bu gaplarni eshitgan yo‘lovchi ulardan tuyasini topib berishni talab qilib,
ularni podshoh oldiga olib boribdi. Podshoh yo‘lovchining arzini eshitgach, “sen
aytmay turib, ular aytgan bo‘lsa, moling shularni qo‘lida” debdi. Yigitlarni
chaqirib tuyani topib berishni talab qilibdi. Yigitlar tuyani ko‘rmaganliklarini,
barcha gaplarni tahminan aytganliklarini tan olishibdi. Podsho ularni tekshirib
ko‘rmoqchi bo‘lib bir sandiq olib kelishni buyurdi va sandiq ichidagi narsani bilib
berishni aytibdi. Aka-ukalarning kattasi sandiqqa qarab turib ichida anor borligini
aytibdi. Podsho ularning tahminchi ekanligiga ishonib, tuya yo‘qotgan yigitiga
tuyasini boshqa joydan izlashni buyuribdi.
11
Luqmoni hakim. O‘zbek xalq ijodi. Toshkent.: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nao‘riyoti, 1990.
29-30- b.
43
Podsho aka-ukalarni o‘tkazib, oldilariga non qo‘yibdi, yigitlar kulib qo‘yib
nonni ro‘mollariga tugib olibdilar. Podsho bir tovoqda osh qo‘ygan ekan, ular yana
kulib qo‘yib yeyishibdi. Ularning bu qilig‘idan podsho hayron bo‘lib, ularga javob
beribdi.
Yigitlar bir choyxonaga kirib choy ichibdilar. Podsho ularning orqasidan
poylab boribdi. “Kattokani :
-O‘tmish kishilar “Tuya ko‘rdingmi, yo‘q” deb aytgan ekan. “Ko‘rdim
dedim, tutildim, ko‘rmadim dedim, qutuldim”,-dedi. O‘rtanchisi:
-“O‘z uyim deb gapirma, tom orqasida odam bor, tilingni tiyib yur, nima
deyishingni bilasan, qo‘lingni yuvib yur, nima yeyishingni bilasan” deb o‘tganlar
gapirib o‘tgan ekan,-dedi. Kichkinasi:
-“Xudo saqlagan yerda, balo yo‘q”. Anorni topmaganda , o‘lardik,-dedi.
Kattakoni:
-Podshoni nima fahmladinglar?-dedi. Ikkovlari:
-Sen-chi?-dedi. Kattakoni:
-Men podshoni qul hisobladim,-dedi. O‘rtanchasi:
-Qul bo‘lsa ham, nonvoyning bolasi ekan,-dedi. Kichkinasi:
-It emgan qo‘yning yog‘iga osh qilib berdi-ya,-dedi.”
Bu gaplarni eshitib podsho turib ketdi. Onasining yoniga borib, o‘zining
kimni bolasi ekanligin so‘radi. Onasi erining podsho bo‘lganligini, lekin ularning
farzandi bo‘lmaganligini aytib berdi. Ularning bir nonvoy xizmatkori bo‘lar ekan.
Uning xotini farzand ko‘ribdiyu, o‘libdi. Shunda nonvoy bolani podshoning oldiga
olib chiqib, xotini o‘lganini, enagaga berishga qurbi yetmasligini aytib, farzand
qilib olishlarini so‘rabdi. Podsho nonvoyga “birovga aytsang o‘lasan” deb, bolani
olibdi. Uni sandiqda saqlashib, podsho xotinini xomilador deb aytishibdi. Kunlar
o‘tgach podsho farzandli bo‘lganini e’lon qilishibdi. O‘sha bola hozirgi podshoh
ekan.
Podshoh bir boyning qo‘rasidan qo‘y oldirib kelib so‘ydirgan ekan. O‘sha
boyni chaqirtirib, qo‘yni nimaning suti bilan boqqanini so‘rabdi. Boy
qo‘ychivonini chaqirib so‘rabdi. Qo‘ychivon o‘tgan yili qor qalin yoqqan vaqtda
44
bir qo‘yi tug‘ib, o‘zi o‘lganini, qo‘zichoqni itiga emdirganini aytibdi. Podsho
yigitlarning aql-zakovatiga qoyil qolibdi va buni qanday bilganlarini bilib olishni
xohlabdi.
U yigitlarni chaqirib, yo‘qolgan narsani ko‘rmay turib tuya ekanini qaerdan
bilganliklarini so‘rabdi. Yigitlarni kattasi: “Biz yurgan yo‘ldan tuya yurib ketgan
ekan. Uchchalamiz tuya o‘tibdi, deb kelayotgan edik. Tuya ekanini izidan bildik”,-
debdi.
Shunda podsho tuyaning bir ko‘zi ko‘rligini qanday bilganliklarini
so‘rabdi. O‘rtanchasi javob beribdi: “Yo‘lning bir yoqdagi o‘tini yeb ketaveribdi,
bir yog‘iga tegmabdi. Shundan bildikki, tuyaning bir ko‘zi ko‘r ekan.”-debdi.
Podsho yana tuyaning ustida kim borligini qanday bilganliklarini so‘rabdi.
Shunda eng kichik uka: “Yo‘lda tuyani cho‘ktirib tushibdi. Qum yerda qo‘lini
oldiga suyanib turib istihob qilibdi. Bildimki, zaif kishi ekan. Yana tuyaga minib
ketibdi,”-debdi.
Podsho sandiqni ichidagi anorning bitta ekanligini qanday bilganliklarini
so‘rabdi. Shunda katta aka turib: “Biz ham bir mamlakatning podshobachchasimiz.
Musofirchilikni ixtiyor qilib chiqqanmiz. Yo‘qchilikning azobini ko‘p tortdik. Har
bir narsani o‘ylab gapirishga o‘y qildik. Hammol sandiqni olib kelib qo‘ydi. Sandiq
yengil ko‘chdi. Shunda sandiq quruq emasdir, ichida biror narsa bordir, deb o‘y
qildim va anorni gapirdim”,-debdi.
Podsho uni qulning bolasi ekanligin qanday bilganliklarini so‘rabdi.
O‘rtancha uka: “...Podshoga mulk pisandmi? Mulkingizning baridan bir lagandagi
non baland ko‘rindi. Kishi avvaldan nimadan bahra olib kelgan bo‘lsa, olamda
hamma narsadan uning ko‘ziga o‘sha narsa baland ko‘rinadi. Bildikki, bu kishining
nasli qul ekan. Taxtu baxtingizdan, mulku shahringizdan nonning himmati baland
ko‘rindi, shundan biz bu kishining nasli nonvoy dedik”,-debdi.
Podsho qo‘yning it emganini qanday bilganlariinii so‘radi. Kichik uka:
“Oldimizga osh keldi, dimog‘imizga itning bo‘yi keldi. Bu yog‘da itning issi bor,
it emgan qo‘y bo‘lsa kerak, shuning yog‘idir, dedik”,-deb javob beribdi.
45
Podsho yigitlarning topqirligiga, har bir gapni o‘ylab gapirishlariga , o‘ylab
fikrlashlariga qoyil yolibdi. Ularga o‘z taxtini berib, kattasini podshoh, kichiklarini
unga vazir qilib, o‘zi Madinaga ketibdi.
Bu yigitlar podshovachcha edilar. Lekin aksariyat ertaklarda uchragandek
dangasa, boylik va maishatga berilgan emas edilar. Ular o‘z yurtlarida xizmatkor
bo‘lib yurishdan orlandilar, lekin mehnat va qiyinchiliklardan qochmadilar.
Boshqa yurtga borib o‘z mehnatlari bilan kun ko‘rishni xohladilar. Sayohatlari
davomida har bir narsaga aql va e’tibor bilan qaraganliklari sababli tahminchi
bo‘ldilar. Aqli va to‘g‘ri so‘zligi tufayli yana podsholikka erishdilar.
Yana bir ertakda ham aql va mehnatning ulug‘lanishini ko‘rishimiz
mumkin. Ammo bu ertakda kenja o‘g‘il akalariga nisbatan aqli va mehnatkashdir.
“Shirin uyqu” ertagida hikoya qilinishicha:
“Bir odamning uchta o’g’li bor ekan. Shu odam o’layotganida bolalariga:
“Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”, deb vasiyat qilib o’libdi.
Bu gapni ikkita katta o’g’li bir xil tushunibdi, kichik o’g’li esa undan boshqacha
tushunibdi.
Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta ko’rpani
to’shab kayf qilib, “uyquni shirin qilish” shunday bo’ladi-da, deb yotaveribdi.
Keyin ust-ustiga har xil shirin taomlarni yeb “ovqatni shirin qilib yeyish” mana
shunaqa bo’ladi, deb yuraverishibdi.
Kichik o’g’il esa ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin, ichgan
choyi undan ham shirin, uxlasa uyqusi ham shirin bo’lar emish. Shunday qilib,
uning borgan sari davlati ziyoda bo’lib, uyqusi shirin, ovqati mazali bo’lib bo’lib
bora bergan ekan.
Qani aytingchi, ota vasiyatini qaysi o’g’il to’g’ri tushuna olgan ekan?”
12
Bu ertak hajman kichik bo‘lganligi uchun uni dars davomida, dam olish
daqiqalarida hamm o‘qib berish mukin.
12
Aql bilan davlat. Xalq ertaklari to’plami, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti, 1995, 11- bet.
46
Ko’rinib turibdiki, ertak jajjigina. Ammo uning mazmun va g’oyasi hajm
jihatidan eng katta asarlar bilan bellasha oladi. Hamma gap bu ertakning
mazmunini bolalarga to’liq tushuntirib bera olitshda. Bu ish o’qituvchidan tajriba
va mahorat talab qiladi.
Ertaklarni tahlil qilishga ikki o’quvchi taklif qilinadi. Birinchi o’quvchi
asar mazmunini hikoya qilib beradi. Ikkinchi o’quvchi zarurat bo’lsa, to’ldiradi.
O’quvchilar ertak mazmunini hikoya qilib bo’lishgach, o’qituvchi sinfdagi boshqa
o’vuvchilarga ham savollar bilan murojaaat qilishi, ertak mazmunini barcha
o’quvchilar yaxshi o’zlashtirib olganliklariga qanoat hosil qilishi kerak. Keyin esa
savollar berib, javoblar oladi.
Savol: Ertakning nomi nima?
Javob: “Shirin uyqu”.
Savol: Unda kim yoki nima haqida hikoya qilingan?
Javob: Ertakda uch aka-ukalar haqida hikoya qilingan.
Savol: Voqea nimadan boshlanadi?
Javob: “Bir odamning uchta o’g’li bor ekan. Shu odam o’layotganida
bolalariga: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”, deb vasiyat qilib
o’libdi.
Savol: Voqea qanday davom etdi?
Javob: Bu gapni ikkita katta o’g’li bir xil tushunibdi, kichik o’g’li esa
undan boshqacha tushunibdi.
Savol: Katta o’g’illar qanday tushunishibdi?
Javob: Ikkita katta akasi yerlarga suv sepib, chorpoyani qurib, katta
ko’rpani to’shab kayf qilib, “Uyquni shirin qilish shunday bo’ladi-da”, deb
yotaveribdi. Keyin ust-ustiga har xil shirin taomlarni yeb “Ovqatni shirin qilib
yeyish mana shunaqa bo’ladi”, deb yuraverishibdi.
Savol: Kichik o’g’il qanday tushunibdi va nimalar qilibdi?
Javob: Kichik o’g’il esa ishlab-ishlab kelib, quruq yegan noni ham shirin,
ichgan choyi undan ham shirin, uxlasa uyqusi ham shirin bo’lar ekan.
Savol: Endi ayting-chi, natija qanday bo’libdi?
47
Javob: Akalarning narsalari tugab boribdi. Ukaniki esa tobora ko’payib
boribdi
Savol: Bolalar, qani aytinglar-chi, nima uchun shunday bo’libdi?
Bu savolga o’quvchilar to’g’ri javob bera olishmasa, o‘qituvchi o’zi javob
beradi: “Bolalar, kishi ishlasa, ishtahasi ochiladi. Shuning uchun xalqimiz “Ish
ishtaha ochar” degan maqolni yaratgan. Ishlagan odamga quruq va qattiq non ham
shirin tuyuladi. U o’sha nonni ishtaha bilan yeb qornini to’yg’azadi. Ishlab
charchaganligi uchun uyqusi keladi. Mazza qilib uxlaydi. Demak, uning uyqusi
ham shirin bo’ladi. Shuning uchun ertakda “quruq yegan noni ham shirin, ichgan
choyi undan ham shirin bo’lar emish” deyilmoqda. Akalari ishlamasdan yaxshi
ovqatlarni ko’p yeganlari uchun uxlay olmasdan qiynaladilar. Demak, ularning
uyqusi ham, yegan ovqati ham shirin bo’lmabdi.”
Savol: Endi aytingchi, kichik o’g’il yana nimalarga erishibdi?
Savol murakkabroq bo’lsa ham o’quvchilar o’ylanib javob topadilar. Buni
men o’z tajribamda ko’rdim.
Javob: Shunday qilib, uning borgan sari davlati ziyoda bo’lib, uyqusi
shirin, ovqati mazali bo’lib boravergan ekan.
Navbatdagi savol ertakning o’zidan olib beriladi.
Savol: Qani ayting-chi, ota vasiyatini qaysi o’g’il to’g’ri tushuna olgan
ekan?”
Javob: Kichik o’g’il ota vasiyatini to’g’ri tushuna olgan ekan.
Ertak qahramonlari odobli va go‘zal xulqli insonlar sifatida har yerda va
hammaga salom beradilar. Xattoki yovuz yalmog‘iz, qonxo‘r ajdar, devlarga
ro‘baro‘ kelganlarida ham ularga salom beradilar. “Kichkiinajon kichkina”
ertagida ham aka-ukalur salomi tufayli omon qoladilar.
Ertakda hikoya qilinishicha, bir podshoning farzandi yo‘q ekan, shuning
uchun u doim xafa ekan. Bir kuni bir qalandar uning dardini eshitib, uch olma
beribdi. Ikkita qizilini katta xotinlariga, oqini esa yaxshi ko‘rgan xotiniga berishni
tayinlabdi. Podsho qalandarning aytganini qilibdi. Ikki katta xotini olmalarini
48
darrov yeb qo‘yishibdi. Kenja xotin kir yuvayotgan ekan, olmani bir tishlabdi-da,
bir chetga qo‘yibdi. Shunda bir ilon uchib kelib uning olmasini olib qochibdi.
Oradan oylar o‘tib ikki katta xotinlar toyloqday, do‘mboqqina o‘g‘illar tug‘ishibdi.
Kenja xotin esa nimjon va kichkina o‘g‘il tug‘ibdi. Buni ko‘rgan podsho uni
otxonaga haydabdi.
Oradan yillar o‘tibdi, podshoning katta o‘g‘illari katta bo‘lishibdi,
ko‘pkarilarda g‘olib bo‘lib, sovrinlar oladigan bo‘lishibdi. Kenja o‘g‘il esa
kichraygandan kichrayib, o‘sib-o‘smay yuraveribdi. Onasi qayg‘uravergach, bir
kuni asta tashqariga chiqqan ekan, atrofdagi jamiki jonzotu hasharotlar unga salom
berib, xizmatiga shay turishgan emish. Buni ko‘rgan onasi o‘g‘lida bir sir borligini
bilib, xursand bo‘libdi.
Katta o‘g‘illar ovga boradigan bo‘lishibdi, ukasini esa olib ketishmas,
mazah qilib tashlab ketishar ekan. Bir kuni akalar yana ovga ketibdilar.
Kichkinajon-kichkina ham kalamushni egarlab, cho‘p miltiq, qilichini olib
ularning orqasidan ketibdi.
Akalarining o‘sha kuni ovi yurishmay, kech kirganini sezmay, adashib
qolishibdi. Tutun chiqib turgan tarafga yurib borishgan ekan, devlar makoniga
kirib qolishibdi. Qo‘rqqanlaridan tillari qotib:
“-Assalomu alaykum, dev akalar,-deyisha olishibdi. Devlarning kattasi:
-Vaalaykum assalom. Salom bermaganlaringda o‘rtadagi doshqozondagi
go‘shtga qo‘shib pishirgan bo‘lar edik,-debdi.”
Shahzodalar bergan salomi sababli bir muddatga jonlari omon qolibdi.
Lekin devlar ov qilib kelgach ularni yeyishlarini eshitgan Kichkinajon-kichkina
akalarini qozonga solmoqchi bo‘lgan devni laqqillatib, burgalariga chaqtirib,
holdan toydiribdi. Otimning karomatini ko‘r, deb Oq sichqonga ro‘baro‘ qilibdi.
Sichqon oyoqlarini kemirgan sari devning qitig‘i kelib, tom bo‘yi sakrab, kulgidan
o‘lar holatga kelibdi. Kurash bahonasida Kichkinajon-kichkina devning
quloqlarni shunday cho‘zibdiki, u hushidan ketibdi. Dev hushiga kelib tuz olib
kelish bahonasd akalarini aytib kelishga ketganida, aka-ukalar qochib qolibdilar.
49
Kichkinajon-kichkina akalarining hayotini saqlab qolibdi. Ammo akalari baribir
uni o‘zlariga o‘xshagan odam deb tan olmabdilar va ustidan kulibdilar.
Yo‘l yurib, bir yalmog‘izning makoniga borib qolibdilar. Ikki aka salom
berib uyga kirishsa, bir kampir o‘choqqa o‘t yoqib o‘tirgan emish. “Saloming
bo‘lmaganda, ikki yamlab, bir yutgan bo‘lar edim, odamzod naslidanmisan, yo
dev-parimisan. Bu yerga odamzol kelsa, oyog‘i kuyadi, dev-pari kelsa, beajal
o‘ladi”,-debdi kampir. Akalar o‘zlari qo‘rqib ketgan bo‘lsalarda, biz odamzod
naslidanmiz, tagimizda devlar zotidan, seni yegani keldik, deb yomon gap
qilishibdi. Kampir orqasiga o‘girilib bir ola qarash qilgan ekan, ikki aka ham ,
ularning tagidagi devlar ham qo‘rqqanlaridan hushlaridan ketib qolishibdi. Faqat
Kichkinajon-kichkina turgan joyida turaveribdi. Shunda yalmog‘iz unga qarab,
kimligini so‘rabdi. Kichkinajon-kichkina odam ekanligini, o‘g‘li yo‘qqa o‘g‘il,
qizi yo‘qqa qiz bo‘lib xizmat qilgani kelganligini aytib, kampirning ko‘nglini
yumshatibdi. Uning shirin gaplaridan yalmog‘iz kampir erib, bolam-bo‘tam deb,
uni tozayam mehmon qilibdi. Bu safar ham Kichkinajon-kichkina kampir ularni
pishirib yemoqchi ekanligini sezib, akalarini hushlariga keltirib, yashirib
qo‘yibdida, hiyla bilan kampirni o‘zini qozonga itarib yuboribdi. Yalmog‘iz
uyining zshigi tagida ikki ochilib turgan gul “bizni uzib, chakkangga taq”deb,
yolvoribdi. Kichkinajon-kichkina ularni uzib chakkasiga taqqan ekaan, ular go‘zal
qizlarga aylanibdi. Yigit ularni aklariga munosib ko‘ribdi. Bir akasini devlarni
joyiga boshliq qilib, devlarni unga xizmatkor qilib, ikkinchi akasi bilan yo‘lga
tushibdilar.
Yo‘l yurib, ilonlar va ajdarlar makoniga borib qolibdilar.
“...Ilonlar shohining oldiga Kichkinajon-kichkina assalomu alaykum, deb
kirib boribdi. Ilonlar shohi odamzodning shu shirin so‘zi borda , bo‘lmasa ularni
yutib quritar edim, debdi-da, bolani mehmon qilibdi. Gap orasida Kichkinajon-
kichkiina tog‘ orasida akalari va xizmatkorlari borligini aytibdi. Ilonlar shohi ularni
ham oldirib kelibdi. Kichkinajon-kichkiina akalariga:”Qo‘rkmanglar, ular bizga
tegishmaydi”,- debdi. Ilonlar shohi esa ichida: “Bularning salomi hurmati, bugun
tinch-omon saqlayman. Ertan mazza qilib yutaman”,-deb o‘ylabdi. Buni hech kim
50
bilmabdi. Shunday qilib ilonlar shohi har kecha ularni yutishni mo‘ljallab-rejalab
qo‘yar emish, ular bo‘lsa ertalab uning oldiga salom berib kirib, omon
qolisharmish.”
13
Ilonlar shohining Kichkinajon-kichkinaga o‘xshagan nimjon va kichkina
o‘g‘li bor ekan. Ular bir-birlarini ko‘ribdilar va uzoq vaqt ko‘rishmagan aka-
ukalardek xursand bo‘libdilar .Bu hodisani ilonshohning o‘ng qo‘l vaziri
tushuntirib beribdi. Ancha yillar avval podshohning kenja xotini bir tishlab
qo‘ygan oq olmani Ilon shohning vaziri olib qochib, uning xotiniga olib kelib
bergan ekan. Xotin uni yeb, farzand ko‘rgan ekan. Kichkinajon-kichkina va
ilonning yarimta bolasi yarimta bo‘lmaylik, bittammiz butun bo‘laylik deb qurbon
bo‘lishga tayyor bo‘lib turgan paytida ilonlar shohini bir donishmandi kelib, ularni
toqqa olib chiqibdi. Katta olov ichiga tashlabdi. Olov osmongacha ko‘tarilibdi,
o‘chgach esa uning o‘rnida bir-biridan go‘zal, bir-biridan pahlavon ikki yigit
o‘tirgan emish. Donishmand ularni Ilon shohning oldiga olib kelibdi. Ilon shoh
xursand bo‘lib, qirq kecha-kunduz to‘y qilibdi, parilar mamlakatiga borib u yerdagi
eng go‘zal ikki parini keltirib, ularga nikohlab beribdi. Aka-ukalar o‘z yurtlariga
qaytishibdi. Ota-onalari ularni o‘lgan deb o‘ylashgan ekan. Podshoh o‘g‘illarini
ko‘rib juda xursan bo‘libdi, u ham qirq kecha-kunduz to‘y qilibdi. Aqlli va dono
Kichkinajonni o‘z o‘rniga podshoh qilibdi.
Ertak qahramoni jismonan zaif bo‘lsa ham, aqlan yetuk, odobi va
shirinso‘zligi, uddaburonligi, topqirligi bilan o‘zidan ancha katta bo‘lgan devlar va
yalmog‘iz bilan qo‘rqmay olishib, g‘olib keldi. Uni odam o‘rnida ko‘rmagan
akalarini hayotini saqlab qolish uchun shirin so‘zi, zakovatini ayamadi. Yo‘llarida
uchragan harbir xatarni salomi va zukkoligi sababli yengib o‘tdi. Ertak qahramoni
bolalarga o‘rnak va namuna bo‘la oladigan qahramondir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ertaklarda ham aql-zakovat,
mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, rostgo‘ylik, odob va shirinso‘zlik,
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish kabi ijobiy fazilatlar ulug‘lanadi.
13
Ikki oy, ikki yulduz. O‘zbek xalq ertaklari. Toshkent.: “Meros”nashriyoti. 1992.65-bet.
51
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu fazilatlarni kamol toptirish uchun
o‘qituvchilar, ota-onalar ularga ko‘proq ertak o‘qishlariga sharoit yaratib berishlari
va, albatta, o‘qigan ertaklarining mazmuni va g‘oyasini tushuntirish uchun
birgalikda ishlashlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
|