Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasida


Dastlabki reja quyidagi tartibda tuzilishi maqsadga muvofi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/12
tarix28.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI BO\'YICHA USLUBIY TAVSIYA (2)

3. Dastlabki reja quyidagi tartibda tuzilishi maqsadga muvofiq

  • Kirish.

  • Asosiy qism

  1. Mavzuning nazariy asoslarini ifodalovchi bandi

  2. Uning mazmunini ochib beruvchi bandi.

  3. Mavzuning amaliy asoslarini, tadqiqot metodikasini, natijalarini, shuningdek ularni ishlab chiqishga tadbiqini ifodalovchi bandi.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.



4. Kirish qismi
Kurs ishining kirish qismida nimalarga e'tiborni qaratish zarur?
Kirish qismida talaba o‘rganayotgan muammoning dolzarbligini va uni axamiyatini asoslashi kerak. Buning uchun quyidagi ketma — ketlikda masalalarni yoritish lozim bo'ladi:

  • Mavzuning dolzarbligi;

  • Ishning maqsadi;

  • Ishning ob'ekti;

  • Ishning predmeti;

  • Ishning vazifalari;

  • Ishning metodologik asosi;

  • Kurs ishining tuzilishi va hajmi to‘g‘risidagi umumiy ma'lumotlar keltiriladi.



5. Asosiy qism
Kurs ishining asosiy qismida mavzuning axamiyati va mazmuni nazariy jihatdan yoritiladi. O‘rganilgan adabiyotlar, me'yoriy xujjatlar, ilmiy maqolalar va boshqa manbalardan to‘plangan ma'lumotlar to‘la tahlil qilinadi. Talaba tomonidan to‘plangan materiallar, olingan natijalar, yangiliklar, g‘oya va fikrlar asoslanadi. Tadqiqot uslubi (metodikasi) beriladi. Agar talaba mavzu bo‘yicha olgan natijalarini tanqidiy baholab, ulardan ma'lum xulosalar keltirib chiqara olsa olingan natijalarni rasmlar, chizmalar, diagrammalar va jadvallar vositasida bayon etsa kurs ishining qiymati, sifati yanada ortadi.


6. Xulosa qismi
Kurs ishining xulosa qismida ish bo‘yicha chiqarilgan xulosa va takliflar yoritiladi. Xulosa va takliflar aniq, lo‘nda va tushunarli qilib bayon etilishi kerak.
Kurs ishining himoya xay'ati kurs ishini baholayotganda uni xulosa qismida ishlab chiqarishga aniq amaliy taklif va tavsiyalar berilganligiga alohida ball berishlarini talaba e'tiborga olishi zarur. Amaliy taklif va tavsiyalar bevosita ishlab chiqarishda, ijtimoiy (ta'lim, atrof-muhitni himoya qilish, ma'naviy — ma'rifiy, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish), iqtisodiyot, fan, muxandislik, sanoat va qishloq xo‘jalik sohalarida qo‘llash uchun taklif qilinadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin