Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


 Pedagogning tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishda



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix31.12.2021
ölçüsü0,83 Mb.
#113487
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
zamonaviy talimda oqituvchining tyutorlik supervizorlik va moderatorlik faoliyati

2.2. Pedagogning tadqiqot faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishda 

ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalarning ahamiyati 

 

Ilg’or  xorijiy  pedagogik  tajriba  o‘qituvchilar  tomonidan  amaliy  ish 



jarayonida  egallangan  bilim,  malaka,  ko‘nikmalar  asosida  aniqlanib, 

pedagogik  mahorat,  pedagogika  fani  taraqqiyotining  asosiy  manbaalaridan 

biri  sifatida  talqin  qilinadi.  Ta’lim  oluvchilar  ta’lim-tarbiyasida  yangi 

imkoniyatlar ochadigan, ta’lim-tarbiyaviy ishni shakllantirishda yangi shakl, 

uslub  va  usullardan  foydalangan  holda  ijodiy  natijaga  erishadigan  tajribani 

ilg‘or ish tajribasi deb atash mumkin.  

Pedagogikaga oid adabiyotlarda 40 ga yaqin «Ilg‘or pedagogik tajriba» 

tushunchalari  mavjud.  Bu  tushunchalarning  hammasi  pedagogik  jarayonni 

maqsadga  yo‘naltiruvchi,  yuqori  ko‘rsatgichlarga  erishishga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi bir vosita sifatida talqin qilinadi.  

Ilg‘or  xorijiy  pedagogik  tajribaga  uch  xil  asosiy  yondashuv  mavjud. 

Ular: 


­  namuna  sifatida  boshqa  pedagoglar  ishlariga  nisbatan  yaxshi  natija 

ko‘rsatuvchi pedagogning o‘z ish tajribalariga yondashish

­  ilmiy  tekshirish  va  tajriba-sinov  ishlarini  hayotga  tadbiq  eta 

oladigan, yaxshi natijalarga erishadigan faoliyatlariga yondashish; 

­  yangi,  noyob  bilimlar  yaratuvchi  ijodiy  izlanuvchi  ijodkor 

pedagoglarga yondashish.  

Ilg‘or  ish  tajribalarni  izlash,  o‘rganish,  umumlashtirish,  amaliyotga 

tadbiq  etish  va  ommalashtirish  –  bularning  hammasi  o‘qituvchining  asosiy 

ish jarayonlari bosqichlaridir. Bu bosqichlar quyidagilardir: 

 Birinchi bosqich. Bu bosqichda pedagogik jarayon kuzatiladi.  Kuzatish 

davrida o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari, alohida pedagoglarning yaxshi 



45 

 

ishlari aniqlanadi. 



 Ikkinchi  bosqich.  Bu  bosqichda  to‘plangan  tajribalarni  umumlashtirish 

lozim.  O‘qituvchi-pedagogga  bor  dalillarni  tahlil  qilishga,  ikkinchi  darajali 

narsalardan  asosiysini  tanlashga  yordam  beradi.  Bunda  tajribaning  nazariy 

asoslanishi katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana bilish 

to‘g‘ri natija chiqarishga yordam beradi.  

Uchinchi bosqich. Bu bosqichda ilg‘or ish tajribalarini amaliyotga tadbiq 

etish va ommalashtirishdir. Birgina ta’lim muassasasi o‘z o‘qituvchilarining 

ilg‘or  ish  tajribalarini  izlashi,  topishi,  o‘rganishi,  umumlashtirishi  va 

ommalashtirishi  yoki  boshqa  o‘qituvchilarning  ilg‘or  ish  tajribalarini  shu 

muassasa  hayotiga  tadbiq  etishi  mumkin.  Amaliyotda  qo‘llash  uchun 

tanlangan  ilg‘or  ish  tajribalari  tanlashda  quyidagi  mezonlarga  ahamiyat 

berish lozim. 

­  uning dolzarbligi; 

­  dasturamalliligi; 

­ 

qo‘llash uchun shart-sharoitning yaratilganligi



­  tajribaning yaxshi natijaga olib kelishi

­ 

erishilgan natijaning turg‘unliligi. 



Bu  ilg‘or  ish  tajribasini  muassasa  hayotiga  tadbiq  etish  jarayonini 

kuzatish, qo‘yilgan maqsadga erishish sharoitlarini ko‘zda tutgani holda eng 

qulay  yo‘llarni  va  vositalarni  izlash  yo‘lida  izohlar  kiritish  lozim. 

Foydalanilayotgan usullar, uslublarni ko‘p marta takrorlash, uning natijalarini 

inobatga  olish,  ularni  doimiy  tahlil  etib  borish  darkor.  Olingan  natijalar 

asosida  kelgusi  ishni  shakllantirish  maqsadida  kerakli  xulosalar  chiqariladi. 

Boshqalar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  ilg‘or  ish  tajribalarni  tadbiq  etish 

jarayonida  yangi  pedagogik  tajriba  yanada  shakllanadi.  Metodistning 

kuzatishlari maxsus daftarida foto yozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida 



46 

 

qayd ztiladi, videokassetalarga, fotosuratlarga olinadi. 



Bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish tavsiya etiladi: 

1. O‘qituvchi ishining rejaga kura ko‘ra mazmuni. 

2.  Ishdagi  ijobiy  natijalarga  qanday  erishiladi  (tadbirlarni  o‘tkazish 

uchun  material  tanlash,  moddiy  muhitii  uyushtirish,  mazkur  masalaga  doir 

metodik  adabiyotni  o‘rganish,  ishni  rejalashtirishdagi  aniqlik,  ta’lim 

oluvchilar  imkoniyatlari  va  «ular  rivojlanishining  eng  yakin  zonasini 

o‘rganish»;  ta’lim  oluvchilar  bilan  ishlashning  eng  samarali  metod  va 

usullarini tanlash; tarbiyaviy ish barcha jihatlarining o‘zaro aloqasi; mazkur 

masala  bo‘yicha  o‘qituvchining  ish  tizimi;  ta’lim  oluvchilar  bilan  ishni 

tashkil qilish shakllarining xilma-xilligi va xokazo), 

3.  O‘qituvchiga  kuzatishlar  yakunlari  yuzasidan  chiqarilgan  xulosalar 

asosida ishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar. 

Individual  suhbatlar  o‘qituvchining  metodik  adabiyotni  va  undagi 

masalalardan  xabardorligini,  pedagogika  va  metodikaning  biror  bo‘limiga 

qiziqishini  aniqlash  imkonini  boradi,  chunki  aynan  mana  shu  qiziqish  ko‘p 

jihatdan  ta’lim  oluvchilar  bilan  olib  borilayotgan  ishlar  darajasini  aniqlaydi 

va  eng  yaxshi  tajribani  umumlashtirish  imkonini  beradi.  Suhbatlar  ham 

o‘qituvchilar ishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda 

yordam beradi. 

Ta’lim  oluvchilar  bilan  suhbatlashish  qiziqarli  material  beradi.  Ular 

egallangan bilimlarni tushunishi, ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmasini, ta’lim 

oluvchilarning  axloqiy  rivojlanganlik  darajalarini,  burch  hissini,  do‘stlik, 

rostgo‘ylik  va  haqqoniylikni  tushunishni,  ta’lim  oluvchilar  xatti-harakatlari 

va  qiziqishlari  motivlarining  axlokiy  yo‘nalganligi  va  hokazolarni  aniqlash 

imkonini beradi. O‘qituvchilar ish tajribasini o‘rganishda pedagogik hujjatlar: 

rejalar, konspektlar, kundaliklarni tekshirish va o‘rganishning ham ahamiyati 




47 

 

kam  emas,  Bu  quyidagilarni:  mazkur  bo‘lim  bo‘yicha  o‘quv  dastur  butun 



o‘rganish  davrida  o‘tilgan-o‘tilmaganligini,  darslar  turlarining  qanchalik 

xilma-xilligini, ularning bilim, malaka va ko‘nikmalarining tayanch dasturiga 

talablariga  muvofiqligini,  ta’lim  oluvchilarning  darsdan  tashqari  faoliyatlari 

mazmunliligi,  darsni  faoliyatning  boshqa  turlari  bilan  o‘zaro  aloqasi 

kuzatiladi  hamda  ishlarni  xisobga  olish  yangi  vazifalarni  belgilashda 

qanchalik  yordam  berishini  aniqlash  imkonini  beradi.  Uslubchi  tahlil 

qilinayotgan  jarayonni  ta’lim  oluvchilar  bilan  olib  boriladigan  ta’lim-

tarbiyaviy  ishdan  ajratish  mumkin  emasligini  unutmasligi  kerak. 

O‘qituvchining  mahoratini  to‘liqroq  baholash  uchun  faqat  ma’lum  bo‘lim 

bo‘yicha  darslarni  ko‘rish  yoki  faoliyatning  bir  turini  kuzatish  bilan 

cheklanish  kifoya  qilmaydi.  Ko‘rishda  o‘qituvchi  pedagogik  faoliyatining 

turli  jihatlarini  qamrab  olish  o‘rinlidir.  Bir  kun  davomida  kun  tartibidagi 

jarayonlarni  kuzatish  o‘qituvchilarning  ishini  rivojlanishida,  ishning  turli 

shakl  va  metodlarini  dialektik  o‘zaro  aloqa-da  hamda  o‘zaro  bog‘liqlikda 

ko‘rish imkonini beradi.  

Ammo  bu  uzoq  vaqt  davomida  o‘qituvchi  ishining  ayrim  tomonlarini 

tahlil  qilishni  istisno  etmaydi.  Masalan,  birinchi  ko‘ruv  o‘qituvchining 

ertalabki vaqt bo‘lagidagi ishini kuzatishga bag‘ishlanishi mumkin. Ikkinchi 

bor  darslarning  tashkil  etilishini  ko‘rish  mumkin.  Uchinchi  o‘qituvchining 

darsdan  tashqari  vaqtidagi  ishini  o‘rganishga  bag‘ishlanishi  mumkin. 

O‘qituvchining kunning ikkinchi yarmidagi ishini maxsus o‘rganishni tashkil 

etish mumkin. 

Ta’lim oluvchilar samarali  faoliyatlarining  tahlili  ayniqsa, boy  material 

berishi  mumkin.  U  o‘qituvchi  pedagogik  mahoratining  darajasini,  ta’lim 

oluvchilarga ta’lim  berishdagi  yutuqlarini,  ta’lim-tarbiyaviy ishlar metod va 

usullarining  samaradorligini,  uning  muntazamliligini  aniqlashga  yordam 




48 

 

beradi. 



Ta’lim  oluvchilarning  ishlari  qat’iy  tartibda  to‘planadi  va  batartib  qilib 

rasmiylashtiriladi.  Darslar  mavzusi,  dastur  mazmuni  mazmuni,  ta’lim 

oluvchining  familiyasi  va  ismi,  ish  bajarilgan  sana  qayd  etiladi.  Shunday 

qilib,  eng  yaxshi  pedagogik  tajribani  umumlashtirish  uni  oldindan  mufassal 

va  har  tomonlama  o‘rganishning  yuqorida  aytib  o‘tilgan  barcha 

metodlarining  majmuidan  foydalanishgina  uni  ob’ektiv  baholash  va  eng 

yaxshi  tajriba  sifatida  tavsiya  etish  imkonini  beradi.  Ilg‘or  pedagogik 

tajribani  o‘rganish  va  umumlashtirish  predmeti  ayrim  o‘qituvchilarning  ish 

metod  va  usullari  ham,  ta’lim  oluvchilar  muassasalari  butun  pedagogik 

jamoasinining  ish  tajribasi  ham  bo‘lishi  mumkin.  Eng  yaxshi 

o‘qituvchilarning  tajribasi  pedagogik  xodimlar  keng  doirasining  mulkiga 

aylanishi  uchun  uni  mufassal  o‘rganish,  puxta  taxlil  qilish  va  amaliyotda 

sinab  ko‘rish  kerak  bo‘ladi.  Metodistning  eng  yaxshi  pedagogik  tajribani 

umumlashtirish  bo‘yicha  ishi  aytib  o‘tilgan  talablarnn  ta’minlashdan 

iboratdir.  O‘qituvchilarning  eng  yaxshi  tajribasi  hujjat  materiallarida  ham 

berilishi  mumkin:  dars  va  boshqa  kun  tartibidagi  faoliyat  konspektlarida, 

ishning istiqbol (yillik) va kalendar rejalarida (2-3 haftaga), o‘qituvchilarning 

kundaliklarida,  turli  metodikalar  bo‘yicha  darslarning  videokasseta 

yozuvlarida, ochiq darslar va kun tartibi muhokamasining bayonnomalarida, 

bayramlar ertaliklari, tematik kechalar va ta’lim oluvchilar uchun konsertlar 

dasturlarida,  qo‘llanmalar  namunalarida,  ta’lim  oluvchilarning  eng  yaxshi 

applikatsiya, konstruksiyalash ishlaridl foto suratlar tarzida berilishi mumkin. 

Turli  sharoit  va  yil  fasllaridagi  ta’lim  oluvchilar  faoliyatining  foto  suratlari 

katta  qiziqishga  loyiq.  To‘plangan  materiallar  pedagogik  yig‘ilishlar, 

pedagogik  o‘qishlar,  ilmiy-amaliy  konferensiyalardagi  axborot  va 

dokladlarning mazmuni hisoblanadi. 




49 

 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin