Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə3/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

Axborot tushunchasi


Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir. Axborot olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.


Asosiy qism
1.Kompyuter apparat va dasturiy ta’minoti
EHMning tarkibidagi arifmetik-mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar. Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Birinchi avlod EHMlari – bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan bazaviy EHM‖dir.
Birinchi avlod (1946-1955-yillarni o`z ichiga oladi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) olimlari tomonidan yaratilgan) EHMlarida elektron sxemalarning barcha elementlari alohida qismlar ko`rinishida tayyorlanar edi. Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo`lgan vakumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel shassi ustiga o`rnatilar, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga joylashtirilar edi. Shu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari ham mustahkamlab qo`yilar edi. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat ko`rinishga ega edi. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og`irlikka ega bo`lib, yuzlab kVt elektr energiyasi hisobiga ishlagan va ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha bo`lgan. Bunday EHMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi EHMlar kiradi. Misol uchun, 1953-yilda yaratilgan BESM-1 kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000 - 8000 amal bo`lib, xotirasi 4096 bayt ma`lumotni qabul qilgan.
Ikkinchi avlod EHMlari – bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi. Ikkinchi avlod (1955-1965-yillar o`rtalarini o`z ichiga oladi) EHMlari tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, kleylangan ikkinchi tomondan sirtida sxema elementlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar joylashgan plastmassa plastinkadan iborat bo`lgan.
Tranzistor va platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq energiya sarflar va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq qilishga imkon beradi.
Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik amalgacha bo`lib, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib kelinayotgan SA-501 modeli (AQSH,1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-6, POP-8, POP-11, SM-3, SM-4, SM-
1420, Ural-1, Ural-16 kabilar kiradi.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin