Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari
6.2. IZOROK Mineral paxta tayyorlash uchun xom-ashyo materiallarini tanlash avvalo ishlab chiqariladigan mahsulotga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo bo‘lib gabbro-bazaltli tog‘ jinslari xizmat qiladi (48- rasm). Ishlab chiqarishda xom-ashyo komponentlarning kimyoviy, mineralogik va fraksion tarkibi, uning namligini aniq nazorat qilish ishlab chiqarishdagi omillardan biridir (48-54 rasmlar).
48- rasm. Izorok mineral paxtasi ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
49-rasm. Xom-ashyoni qazib olish.
II. Komponentlarni xumdonlarda eritish 15000S haroratda amalga oshirilib, o‘nlab parametrlar kompyuter yordamida nazorat qilinib, zarur kimyoviy tarkibli va qovushqoqlikdagi eritma tayyorlanadi.
50- rasm. Komponentlarni tayyorlash va eritish.
Eritish vannali xumdon yoki kokslash vagrankasida amalga oshiriladi. Vannali xumdon gorelkalar yordamida qizdiriladigan rezervuardan iborat bo‘lib, unga komponentlar dozatorlar yordamida o‘lchab solinadi. Kokslash vagrankasi esa mahsuldorligi oshirilgan so‘ngi avlod eritish agregatidir.
III.Eritma sentrefugaga tushib, markazdan qochuvchi kuchlar yordamida tola hosil bo‘ladi va havo oqimi yordamida tola yig‘ish kamerasiga o‘tkaziladi. Kamerada tolaga bog‘lovchi, modifikatsiyalovchi qo‘shimcha va changdan xoli qiluvchi qo‘shimchalar bilan ishlov beriladi.
Tola vallari minutiga 7000 marta aylanuvchi ko‘p valli sentrefuga yordamida hosil qilinadi. Hosil qilingan tola baraban turidagi kamerada cho‘ktiriladi va unga suv shimdirmaydigan va changdan xoli qiluvchi qo‘shimchalar bilan ishlov beriladi.
IV. Mineral tolali gilamni hosil qilish uchun tolani tegishli ravishda taqsimlash mayatnikli taqsimlagich yordamida bir necha qavat qilib, tolalar yo‘nalishini har xil qilib joylanadi. Keyin mineral tolalardan xosil qilingan ko‘rpa qo‘shimcha zichlanadi.
51- rasm. Mineral tolali gilamni hosil qilish.
V. Hosil qilingan ko‘rpa issiqlik ishlov berish kamerasiga o‘tkaziladi. U yerda bog‘lovchi polimerizatsiyalashadi va zarur xossalarga -qalinlik, zichlik va mustahkamlikka erishadi.
52- rasm. Mineral paxtaga issiqlik ishlovini berish.
VI. Mahsulotni zamonaviy kesish uzeli vertikal freza va gorizontal tasmali arralar bilan jihozlangan bo‘lib, ular uzunligi, kengligi va qalinligi bo‘yicha aniq o‘lchamdagi mineral plita va ko‘rpalarni hosil qilish imkonini beradi.
53- rasm. Mahsulotni zamonaviy kesish uzeli.
VII. Mahsulotni termochidamli plenkaga upakovka qilish ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot turiga qarab ishlash rejimi avtomatik ravishda boshqariladigan uchta mashinadan iborat liniyada amalga oshiriladi. Konveyerning manipulyatorlari mineral plita va ko‘rpalarni avtomatik ravishda o‘lchamlari bo‘yicha saralaydilar.
54- rasm. Mahsulotni termochidamli plenkaga upakovka qilish.
VIII. Quruq sharoitli yopiq omborda saqlanayotgan tayyor mahsulot iste’molchining talabiga ko‘ra avtomobil yoki temir yo‘l transporti yordamida yetkazib berilishi mumkin.