Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


“Schwenk” yengil qurilish plitalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə23/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

6.4. “Schwenk” yengil qurilish plitalari
Yengil qurilish plitalari va ko‘p qavatli yengil qurilish plitalari– bular izolyatsion materiallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etiladigan eng ishonchli izolyatsion plitalarning biridir. Takomillashtirish tufayli, masalan mineral paxtadan qistirmali ko‘p qatlamli yengil qurilish plitalarini ishlab chiqish tufayli izolyatsion materialning bu turi kelajakda ham o‘z qiymatini yo‘qotmaydi.
Sement bog‘lovchili “Schwenk” yengil qurilish plitalari uzoq muddat davomida saqlangan, chirimagan yog‘ochdan olinadigan uzun tolalardan iborat. Bu juda bir jinsli yog‘och tolasiga yuqori sifatli sement aralashmasi singdiriladi, mustahkam plitalar tarzida presslanadi.
6.5. Mineral paxta qistirmali “Schwenk” yengil
izolyatsiya plitalari
Mineral paxtadan qistirmali “Schwenk” yengil izolyatsiya plitasi ichki qatlami mineral paxtadan va bir jinsli strukturaga ega yog‘och tolasidan 7,5 mm qalinlikdagi, sement bog‘lovchi yordamida biriktirilgan ikkita ustki qatlamdan iborat. Mineral paxtali ko‘p qatlamli “Schwenk” yengil qurilish plitalari barcha turdagi sanoat, xo‘jalik va jamoat binolarini, ayniqsa pavilonlarni qurish uchun yaroqlidir.
Bu plitalar yaxshi akustik xossalarga ham ega. Plita sirtining g‘ovak strukturasi va mineral paxta qistirmali plitalarning mutlaqo tovush yutishini ta’minlaydi.
Mineral paxtadan qistirmasi bo‘lgan “Schwenk” plitalari – bu ko‘p qatlamli yengil qurilish plitalarini ishlab chiqarishga qo‘yilgan yangi qadamdir.
6.6. Yog‘och qipig‘idan ishlangan ”Schwenk” izolyatsiya g‘ishtlari

Yog‘och qipig‘idan tayyorlangan “Schwenk” izolyatsion g‘ishtlari ikki tomonlama issiqlik izolyatsiyasini, issiqlikni optimal akkumulyatsiyalashni, yuqori havo singdiruvchanligini va juda yaxshi tovush izolyatsiyasini o‘zida mujassamlashtirgan. Sanab o‘tilgan xossalari tufayli bu g‘ishtlar ajoyib devor materiali hisoblanadi. Yog‘och ming yillar mobaynida sinalgan tabiiy izolyatsion material sifatida foydalanib kelinayotgani yog‘och qipig‘idan izolyatsion g‘isht yaratishga turtki bo‘ldi. Yog‘och qipiqlari minerallashtiriladi, ya’ni sement yordamida toshga o‘xshash materialga aylanadi. Bunda g‘ovakli struktura buzilmaydi, bu esa yaxshi izolyatsion xossalarni ta’minlash nuqtai nazaridan juda muhimdir. Shu tarzda olingan izolyatsion material qoliplarda presslanadi. Yog‘och qipiqli “Schwenk” izolyatsiya g‘ishtlaridan tiklangan devorlar yog‘och va betonning afzalliklariga ega bo‘lib, ularning kamchiliklarini o‘zida saqlamaydi.


Yog‘och qipiqlaridan tayyorlangan “Schwenk” izolyatsiya g‘ishtlaridan foydalanish oddiyligi bilan ajralib turadi. Ular quruq holida terilib, beton bilan to‘ldiriladi. Bunda issiqlik ko‘priklari bo‘lmaydi, chunki aralashma to‘ldirilgan choklar bo‘lmaydi.



Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin