Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə10/66
tarix02.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#114068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
FTIning jamiyat hayotiga ta’siri

Kishilik jamiyatida hozirgi zamon fan va texnikasining ahamiyatini baholash mushkul. Fan-texnika inqilobi rivojlangan mamlakatlarda aholi turmush darajasini oshishiga olib keldi. Ushbu mamlakatlarda bolalar o‘limi keskin qisqarib, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri birmuncha uzaydi. Turmush sharoitida tubdan o‘zgarish bo‘ldi, televizorlar, magnitofonlar, videotexnika, personal kompyuterlar oddiy uy jihozlariga aylandi. Hayot nisbatan qulay va go‘zalroq tus oldi.

Mamlakatlar rivoji haqida so‘z ketganda, ularda FTI yutuqlarining qay darajada foydalanilayotganligiga ahamiyat beriladi.

Texnik vositalar, tanlash imkoniyatlarini hamda shaxs erkinligi darajasini oshiradi va inson o‘z ehtiyojlari hamda maqsadiga mos keluvchi sharoitni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson organizmida o‘zi tomonidan yaratilgan sun’iy muhitga psixosomatik moslashish muammosi yuzaga keladi. Insonning moslashish imkoniyatlari jonli tabiatning boshqa shakllariga nisbatan birmuncha yuqori.

Albatta, FTI jamiyat va shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda, barcha moddiy boyliklarni ko‘plab miqdorda ta’minlab, insonni baxtli qila oladi, deyish mumkin emas. FTI inson qo‘liga atom energiyasini berdi, ammo undan qanday foydalanish jamiyatga bog‘liq. U inson manfaatlari uchun xizmat qilishi ham, sayyoramizni yadro urushi tufayli vayron qilishi ham mumkin.

Yana bir misol. FTI radio va televizorni yaratdi va bu bilan dunyo haqidagi axborotlarni olish imkoniyatini oshirdi. Lekin, inson o‘zining barcha bo‘sh vaqtlarini ma’lum darajada televizor qarshisida o‘tkazsa, boshqa insonlar va tabiat bilan muloqot qilish xususiyatidan mahrum bo‘lib, nokommunikal bo‘lib qoladi, ko‘rish darajasi pasaydi va h.k. Shu boisdan FTI yutuqlaridan ongli ravishda foydalanish lozim.

FTI inson bilan, uning xohish va istaklari bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan fan, insonga istalgan narsani beradi, ikkinchi tomondan esa, FTIning o‘zi ma’lum darajada insonga ta’sir ko‘rsatadi-ki, buni u sezmasligi mumkin. FTI davridagi inson turmush tarzining ruhiy nuqtai nazardan marakkablashib borishi, uning umumiy jismoniy faolligini kamayishi bilan bog‘liq tarzda kuzatilayotgan bo‘lsa-da, u endi avvalgi inson emas.

Fan insonning istaklarini bajaradi degan iboraga yana bir jiddiy qo‘shimcha qilish mumkin. Fanning biron-bir yutug‘ini hayotga tadbiq etish orqali ko‘zda tutilgan natija bilan birga ba’zi noqulay oqibatlar ham yuzaga keladi. Buni sanoatda, qishloq xo‘jaligida, energetikada ko‘rish mumkin.

Masalan: inson tabiat bilan kurashmoqda, uni o‘ziga bo‘ysindirmoqda, g‘alaba qilmoqda deb juda ko‘p yozilar edi. Bunday g‘alabaning natijasi ayon: tabiat muvozanati buzilmoqda, o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib, noyob bo‘lib bormoqda va “Qizil kitob”ga kiritilmoqda, daryolar, dengizlar, okeanlar, atmosfera, litosfera ifloslanmoqda.

Ma’lumki, insonning tabiat ustidan g‘alabasi, futbol o‘yinidan keyingi raqiblari o‘rtasidagi keyingi uchrashuvgacha bo‘lgan g‘alaba singari emas ekan. Inson tabiatdan tashqarida yashay olmaydi. U tabiat mahsuli uning qo‘ynida hayot kechiradi. Shu boisdan ham tabiatda nimaki o‘zgaradigan bo‘lsa, barchasi oxir oqibatda insonda namoyon bo‘ladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin